Kamalova Nigora Baxadirovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq tillarida ertaklar matnining uslubiy va pragmatik xususiyatlari», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4158.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xadjieva Dilbar Tadjimuratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ermetova Jamila Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi xalq ertaklarining pragmalingvistik va stilistik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi ertak matnlarining pragmalingvistik xususiyatlari, muloqot aktlarining ertak personajlari nutqida qo‘llaniladigan lokusion, illokusion va perlokusion harakatlarning ikki tildagi ertaklar matnidagi qo‘llanishidagi o‘xshashliklar va farqlar qiyosiy tarzda o‘rganilib va farqli jihatlari aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi ertaklar matnlaridagi implikatura va uning turlarining qo‘llanish xususiyatlari – nutqiy implikatsiya va so‘z ma’nolarining kinoyaviy tarzda ifodalanishi, madaniy va ijtimoiy kontekst hamda bu ertaklar jamiyat me’yorlari va qadriyatlarini aks ettirishi hamda shakllantirishi ertaklar misolarida ochib berilgan;
ertak nomlarining pragmatik intensiyalari (maqsadlari), ularning mazmunini etkazishdagi xususiyatlari, o‘rganilayotgan tillardagi ertak funksiyalari va ular tinglovchi yoki o‘quvchi muhokamasini qanday yo‘naltirishi pragmalingvistik tahlil bilan dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida ertaklar matnining uslubiy farqlari, fonostilistik, leksik va sintaktik tasviriy vositalarning qo‘llanishi va funksiya xususiyatlari hamda ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari aniqlanib, bu vositalarning obraz yaratish, estetik ta’sir kuchini oshirish va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni etkazishdagi roli lingvostilistik yondashuv asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi xalq ertaklarining pragmalingvistik va stilistik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillarida ertaklar matnining uslubiy farqlari, fonostilistik, leksik va sintaktik tasviriy vositalarning qo‘llanishi va funksiya xususiyatlari hamda ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari aniqlanib, bu vositalarning obraz yaratish, estetik ta’sir kuchini oshirish va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni etkazishdagi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janr tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” nomli fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 28-fevraldaǵi 91/1 -son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning ingliz va qoraqalpoq ertaklari matnlarining stilistik xususiyatlari fonostilistik, leksik-stilistik, sintaksis-stilistik xususiyatlari haqidagi nazariy materiallar bilan boyitilishiga, ishning ilmiy darajasi oshishiga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi ertaklar matnlaridagi implikatura va uning turlarining qo‘llanish xususiyatlari – nutqiy implikatsiya va so‘z ma’nolarining kinoyaviy tarzda ifodalanishi, madaniy va ijtimoiy kontekst hamda bu ertaklar jamiyat me’yorlari va qadriyatlarini aks ettirishi hamda shakllantirishiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2025-yil 18-fevraldagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning ingliz va qoraqalpoq xalqi madaniyatini ertaklarda aks ettiruvchi ko‘rgazmalari, tayyorlangan ekspozisiya materiallarining boyitilishiga, saviyasining oshirilishiga erishilgan;
ertak nomlarining pragmatik intensiyalari (maqsadlari), ularning mazmunini etkazishdagi xususiyatlari, o‘rganilayotgan tillardagi ertak funksiyalari va ular tinglovchi yoki o‘quvchi muhokamasini qanday yo‘naltirishiga doir xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlarining malakasini oshirishda, turli to‘garak, seminar va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 2-dekabrdagi 109-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh yozuvchilarning asarlarida va ularning nomlarining pragmatik intensiyalari (maqsadlari), ularning mazmunini etkazishdagi xususiyatlari, o‘rganilayotgan tillardagi ertak funksiyalari va ular tinglovchi yoki o‘quvchi tahlilini qanday yo‘naltirishi, pragmalingvistik tahlildagi mahorati takomillashtirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi ertak matnlarining pragmalingvistik xususiyatlari, ya’ni muloqot aktlarining ertak personajlari nutqida qo‘llaniladigan lokusion, illokusion va perlokusion harakatlarning ikki tildagi ertaklar matnidagi qo‘llanishidagi o‘xshashliklar va farqlariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan 2025-yil 22-yanvar kuni efirga uzatilgan "Ertekler álemine sayaxat" eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradio kompaniyasining 2025-yil 25-fevraldagi 05-22/43-son ma’lumotnomasi). Natijada ertaklarning tilimizda tutgan o‘rni, milliy-madaniy, urf-odat, tarbiya xususiyatlarini xalqqa tushuntirish asosida yosh avlodning ertaklarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga erishilgan.