Sobirov Bekzod Nizomboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “She’riy matn o‘zbekcha tarjimasida badiiy mahorat masalasi (I.Yusupov ijodi misolida)”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1844.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Duysenbaev Olimjon Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nzamatdinov Jenisbay Mnajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Matyakupov Sadulla Gaipovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijodiy dunyoqarash o‘ziga xosligi va she’riy matn tarjimasi yaxlitligini Ibroyim Yusupov lirikasi timsolida nazariy umumlashtirish, uni tarjimada to‘g‘ri aks ettirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tarjimashunosligi va estetikasida qardosh tillar she’riyati tarjima nazariyasi, asliyat va tarjima munosabati, she’riy matnni qayta tiklash va ifoda uslubi ba’zi qirralarining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
matnda asliyat va tarjima matnlari o‘rtasidagi ekvivalentlik turli darajalarda namoyon bo‘lishi, til va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar tufayli intralingvistik va ekstralingvistik unsurlar tarjimada tengday saqlanib qolmasligi she’riy matnlar tadqiqi asosida aniqlangan;
she’riy matnning shakliy va ma’no jihatidan tuzilishi, manbaa til va tarjima tilining o‘zaro bog‘liqlik nisbati, tillararo madaniy kodlar munosabati, tillarning o‘ziga xos grammatikasi va leksik tuzilmalaridagi tafovutlar kabi xususiyatlar matnni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadigan omil ekanligi, tarjimon asliyat matnining funksional jihatdan muhim elementlarini tanlash tamoyili asosida belgilashi va ierarxiya tamoyili asosida mazkur elementlarning ustuvorligini hal qilishi lozimligi isbotlangan;
tarjimonning o‘quvchida asliyat matnida namoyon bo‘lgan emotsional-estetik tuyg‘ularni uyg‘ota olishi, tarjima matni resipientiga o‘tkaziladigan emotsional-estetik ta’sirning asliyat matnidagi aynan shu ta’sirga mutanosibligini oldindan ko‘ra bilishi badiiy matnlar tarjimasi sifatini oshiruvchi omil bo‘lishi dalillanib, badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo’llashdagi turli tendensiyalarining mavjudligi lingvomadaniy moslashuv strategiyasining eng samarali usul ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov she’rlari o‘zbekcha tarjimalarining qiyosiy tahlili, qardosh tillardan tarjima masalalari tahlili jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek tarjimashunosligi va estetikasida qardosh tillar she’riyati tarjima nazariyasi, asliyat va tarjima munosabati, she’riy matnni qayta tiklash va ifoda uslubi ba’zi qirralarining o‘ziga xos jihatlari hamda matnda asliyat va tarjima matnlari o‘rtasidagi ekvivalentlik turli darajalarda namoyon bo‘lishi, til va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar tufayli intralingvistik va ekstralingvistik unsurlar tarjimada tengday saqlanib qolmasligiga doir ilmiy nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-apreldagi 225/1-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy jarayon va adabiy aloqalar, o‘zbek tarjimashunosligi va estetikasida qardosh tillar she’riyati tarjima nazariyasida asliyat va tarjima munosabati tadqiqi boyitilgan;
she’riy matnning shakliy va ma’no jihatidan tuzilishi, manbaa til va tarjima tilining o‘zaro bog‘liqlik nisbati, tillararo madaniy kodlar munosabati, tillarning o‘ziga xos grammatikasi va leksik tuzilmalaridagi tafovutlar kabi xususiyatlar matnni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadigan omil ekanligi, tarjimon asliyat matnining funksional jihatdan muhim elementlarini tanlash tamoyili asosida belgilashi va ierarxiya tamoyili asosida mazkur elementlarning ustuvorligini hal qilishi lozimligiga oid xulosalar televidenie ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 15-apreldagi 05-22/215-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima va uning ahamiyatiga doir turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash samaradorligi oshgan;
tarjimonning o‘quvchida asliyat matnida namoyon bo‘lgan emotsional-estetik tuyg‘ularni uyg‘ota olishi, tarjima matni resipientiga o‘tkaziladigan emotsional-estetik ta’sirning asliyat matnidagi aynan shu ta’sirga mutanosibligini oldindan ko‘ra bilishi badiiy matnlar tarjimasi sifatini oshiruvchi omil ekanligiga, badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo’llashdagi turli tendensiyalarining mavjudligi lingvomadaniy moslashuv strategiyasining eng samarali usul ekanligiga doir ilmiy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining ekspozisiyalari tarjimalari adabiy qiymatini aniqlashda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 21-may kungi 01-02/03-116-son ma’lumotnomasi). Natijada Ibrayim Yusupov she’riyati va o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari, adabiy jarayon va qiyosiy tarjimashunoslikka doir ilmiy nazariy xulosalar ishlab chiqilgan.