Shonazarova Sevara Rashidovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped4224
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xushboq Bobonazarovich, Termiz davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01  
Rasmiy opponentlar: 
birinchi opponent - Sultonova O‘g‘iloy Nabievna - Termiz davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
ikkinchi opponent - Babamuratov Erkin Xaitovich - Termiz davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aksiologik yondashuv asosida falsafiy  tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati mazmunini empirik, individual va refleksiv tahlil qilish natijalariga ustuvorlik berish orqali xususiylik va umumiylik tavsifiga ega falsafiy tushunchalar integrativ tuzilma asosida shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xususiy va umumiy tavsifga ega falsafiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-funksional modelning jarayonli komponenti metodik tamoyillar va innovatsion o‘qitish usullarining ichki aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning faoliyat natijalarini formativ va summativ baholash hamda innovatsion o‘qitish usullarining didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi metodik muhitni yaratish orqali o‘quvchilarda falsafiy tushunchalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida falsafiy tushunchalarni shakllantirishga oid faoliyat samaradorligi learningapps.org dasturi asosida yaratilgan nostandart testlar hamda adaptiv-reproduktiv o‘quv topshiriqlaridan foydalanish orqali aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari: 
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati mazmunini empirik, individual va refleksiv tahlil qilish natijalariga ustuvorlik berish orqali xususiylik va umumiylik tavsifiga ega falsafiy tushunchalar integrativ tuzilmasini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabr 01/11-1-992-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xususiy va umumiy tavsifga ega falsafiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-funksional modelning jarayonli komponenti metodik tamoyillar va innovatsion o‘qitish usullarining ichki aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2020-2021-yillarda bajarilgan I1-XT-0-17222 raqamli “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyhasini bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining  2025-yil 2-may № 200 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning faoliyat natijalarini formativ va summativ baholash hamda innovatsion o‘qitish usullarining didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi metodik muhitni yaratish orqali o‘quvchilarda falsafiy tushunchalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” kabi dasturlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 19-may 2025-yil 05-09-688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni shakllantirish faoliyati samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida falsafiy tushunchalarni shakllantirishga oid faoliyat samaradorligi learningapps.org dasturi asosida yaratilgan nostandart testlar hamda adaptiv-reproduktiv o‘quv topshiriqlaridan foydalanish orqali aniqlashtirishga doir metodik taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2020-2023-uillarda bajarilgan Al-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining  2025-yil 27-aprel № 201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda aksiologik yondashuv asosida falsafiy tushunchalarni shakllantirish imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish