Saloxiddinov Ma’rufjon Maxmadkul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Al`sgeymer kasalligini erta tashxislashda regionar miya tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3863.
Ilmiy rahbar: Ismailova Munojat Xayatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Shuxrat Usarovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Al`sgeymer kasalligini erta bosqichlarda tashxislash uchun regionar miya tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash usullarini ishlab chiqish va klinik amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) orqali amalga oshirilgan miqdoriy tahlil gippokamp va medial chakka soxalaridagi atrofiyani aniqlashda yuqori sezgirlik va spesifiklik namoyon qilgani ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Al`sgeymer kasalligining engil darajasida gippokamp, entorinal po‘stloq va bodomsimon tana kabi miya subregionlaridagi hajmiy o‘zgarishlarni avtomatik va aniq tahlil qilish imkonini bergani aniqlangan;
ilk bor avtomatlashtirilgan tahlil natijalariga ko‘ra, gippokamp hajmining sezilarli kamayishi Al`sgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada kamaygani kasallikning erta biomarkeri ekanligi asoslangan;
ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritm doirasida MRT ma’lumotlari asosida miyaning regional tuzilmalar xajmini baholash Al`sgeymer kasalligini erta tashxislash, qayta yuzaga chiqish xavfini baholash va shaxsiylashtirilgan diagnostika taktikasini belgilash mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Al`sgeymer kasalligini erta tashxislashda regionar miya tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: ilk bor magnit-rezonans tomografiya (MRT) orqali amalga oshirilgan miqdoriy tahlil gippokamp va medial chakka soxalaridagi atrofiyani aniqlashda yuqori sezgirlik va spesifiklik namoyon qilgani ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha “Al`sgeymer kasalligini erta tashhislashda bosh miya hududiy tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash usuli” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 13-maydagi 05-24-t-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif RIRSIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 2024-yil 21-avgustdagi №45-sonli xamda ibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2024-yil 27-noyabrdagi №108-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/66-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: kasallikning simptomlarsiz davridayoq aniqlanishi bemorlarni erta ro‘yxatga olish va individual kuzatuvga olish imkonini beradi; iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho PET-KT, biopsiya va funksional kognitiv testlar o‘rnini avtomatlashtirilgan MRT tahlilini ko‘llash asosida har bir bemor uchun o‘rtacha 600000 so‘m miqdorida xarajat kamaygan va jami 65 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 39000000 so‘mni tashkil etgan; xulosa: avtomatlashtirilgan SI tahlilini klinik amaliyotga joriy etish orqali Al`sgeymer kasalligini erta va arzon tashxis qilish imkoni yaratilgan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Al`sgeymer kasalligining engil darajasida gippokamp, entorinal po‘stloq va bodomsimon tana kabi miya subregionlaridagi hajmiy o‘zgarishlarni avtomatik va aniq tahlil qilish imkonini bergani aniqlanganligi bo‘yicha “Al`sgeymer kasalligini erta tashhislashda bosh miya hududiy tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash usuli” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 13-maydagi 05-24-t-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif RIRSIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 2024-yil 21-avgustdagi №45-sonli xamda ibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2024-yil 27-noyabrdagi №108-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/66-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: kasallikning simptomlarsiz davridayoq aniqlanishi bemorlarni erta ro‘yxatga olish va individual kuzatuvga olish imkonini beradi; iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho PET-KT, biopsiya va funksional kognitiv testlar o‘rnini avtomatlashtirilgan MRT tahlilini ko‘llash asosiadi har bir bemor uchun o‘rtacha 600000 so‘m miqdorida xarajat kamaygan va jami 65 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 39000000 so‘mni tashkil etgan; xulosa: sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Al`sgeymer kasalligining engil darajasidagi hajmiy o‘zgarishlarni avtomatik va aniq tahlil qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor avtomatlashtirilgan tahlil natijalariga ko‘ra, gippokamp hajmining sezilarli kamayishi Al`sgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada kamaygani kasallikning erta biomarkeri ekanligi asoslanganligi bo‘yicha “Al`sgeymer kasalligini erta tashhislashda bosh miya hududiy tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash usuli” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 13-maydagi 05-24-t-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif RIRSIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 2024-yil 21-avgustdagi №45-sonli xamda ibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2024-yil 27-noyabrdagi №108-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/66-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: kasallikning simptomlarsiz davridayoq aniqlanishi bemorlarni erta ro‘yxatga olish va individual kuzatuvga olish imkonini beradi; iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho PET-KT, biopsiya va funksional kognitiv testlar o‘rnini avtomatlashtirilgan MRT tahlilini ko‘llash asosiadi har bir bemor uchun o‘rtacha 600000 so‘m miqdorida xarajat kamaygan va jami 65 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 39000000 so‘mni tashkil etgan; xulosa: gippokamp hajmining sezilarli kamayishi Al`sgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni erta biomarkeri ekanligi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritm doirasida MRT ma’lumotlari asosida miyaning regional tuzilmalar xajmini baholash Al`sgeymer kasalligini erta tashxislash, qayta yuzaga chiqish xavfini baholash va shaxsiylashtirilgan diagnostika taktikasini belgilash mezoni ekanligi asoslanganligi bo‘yicha “Al`sgeymer kasalligini erta tashhislashda bosh miya hududiy tuzilmalari hajmini miqdoriy baholash usuli” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 13-maydagi 05-24-t-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif RIRSIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 2024-yil 21-avgustdagi №45-sonli xamda ibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2024-yil 27-noyabrdagi №108-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 10/66-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: kasallikning simptomlarsiz davridayoq aniqlanishi bemorlarni erta ro‘yxatga olish va individual kuzatuvga olish imkonini beradi; iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho PET-KT, biopsiya va funksional kognitiv testlar o‘rnini avtomatlashtirilgan MRT tahlilini ko‘llash asosiadi har bir bemor uchun o‘rtacha 600000 so‘m miqdorida xarajat kamaygan va jami 65 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 39000000 so‘mni tashkil etgan; xulosa: sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritm Al`sgeymer kasalligini erta tashxislash, qayta yuzaga chiqish xavfini baholash va shaxsiylashtirilgan diagnostika taktikasini belgilash mezoni ekanligi asoslangan.