Kadirov Bexruzbek Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Helicobacter pylori va vegetativ distoniya sindromi bilan bog‘liq yara kasalligi bo‘lgan bemorlarning davosini optimallashtirish» 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/Tib1152.
Ilmiy rahbar: Xamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01. 
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Helicobacter pylori va vegetativ distoniya sindromi bilan kechuvchi oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda eradikatsion terapiya bilan birga atipik neyroleptiklarning ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda vegetativ buzilishlar bezovtalikka moyillik sabababi bo‘lishi va yuqori darajada vegetativ ta’minotning etishmovchiligi aniqlangan;
ilk bor yara kasalligining polietiologik ekanligiga asoslangan holda Helicobacter pylori bilan zararlangan bemorlarda vegetativ distoniya patogenezdagi asosiy bo‘g‘inlardan biri ekanligi isbotlangan;
ilk bor oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lgan bemorlarda vegetativ distoniya ularning hayot sifatini keskin pasaytirishi, og‘riq sindromini kuchaytirishi va psixoemotsional holatni buzishi asoslangan;
ilk bor sulpiridni nafaqat Helicobacter pylori ga, balki vegetativ patogenez bo‘g‘iniga ham ta’sir ko‘rsatishi eradikatsion kvadroterapiya tarkibiga kiritishning samaradorligini isbotlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Helicobacter pylori va vegetativ distoniya sindromi bilan kechuvchi oshqozon hamda o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda eradikatsion terapiya bilan birga atipik neyroleptiklarning ta’sirini o‘rganish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda vegetativ buzilishlar bezovtalikka moyillik sabababi bo‘lishi va yuqori darajada vegetativ ta’minotning etishmovchiligi aniqlanganligi asosida “Helicobacter pylori bilan bog‘liq yara kasalligi va vegetativ distoniya sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda atipik neyroleptik bilan birgalikda eradikatsion terapiyaning samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Uning doirasida ushbu toifadagi bemorlarda xavotirga moyillik, hissiy labillik va hayotiy muhim funksiyalarning vegetativ ta’minotining etishmovchiligida namoyon bo‘ladigan og‘ir psixovegetativ buzilishlar aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1458-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023 yil 24 apreldagi №125 sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2023 yil 25 apreldagi №65 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: psixovegetativ holatlarni baholashni joriy etish klinik diagnostika sifatini oshirish, yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashga yondashuvni individuallashtirish va ularning psixoemotsional holatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: psixovegetativ buzilishlarni maqsadli korreksiyalash orqali uzoq muddatli simptomatik davolanish xarajatlarini kamaytirish har bir bemor uchun o‘rtacha 645000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixovegetativ buzilishlarni aniqlash aniqroq klinik ko‘rinishni shakllantirish, davolashga yondashuvni individuallashtirish, uning samaradorligini oshirish 645000 so‘mni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor yara kasalligining polietiologik ekanligiga asoslangan holda Helicobacter pylori bilan zararlangan bemorlarda vegetativ distoniya patogenezdagi asosiy bo‘g‘inlardan biri ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha “Helicobacter pylori bilan bog‘liq yara kasalligi va vegetativ distoniya sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda atipik neyroleptik bilan birgalikda eradikatsion terapiyaning samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023 yil 24 apreldagi №125 sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2023 yil 25 apreldagi №65 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vegetativ buzilishlarni bartaraf etish orqali terapiya samaradorligini oshirish, residivlar va asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy davolash kurslari va tekshiruv xarajatlarining kamayishi har bir bemor uchun o‘rtacha 672300 so‘mni tejashni ta’minladi. Xulosa: Helicobacter pylori bilan kasallangan bemorlarda vegetativ distoniyaning yara kasalligi patogenezida asosiy rol o‘ynashini isbotlash patogenetik terapiyani takomillashtirish, qaytalanish va asoratlar chastotasini kamaytirish, shuningdek, har bir bemor uchun 672300 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lgan bemorlarda vegetativ distoniya ularning hayot sifatini keskin pasaytirishi, og‘riq sindromini kuchaytirishi va psixoemotsional holatni buzishi asoslanganligi bo‘yicha “Helicobacter pylori bilan bog‘liq yara kasalligi va vegetativ distoniya sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda atipik neyroleptik bilan birgalikda eradikatsion terapiyaning samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Uning doirasida birinchi marta ushbu toifadagi bemorlarda vegetativ distoniyaning mavjudligi hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtirishi, og‘riq sindromini kuchaytirishi, psixoemotsional holatni buzishi va standart terapiya samaradorligini pasaytirishi asoslangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023 yil 24 apreldagi №125 sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2023 yil 25 apreldagi №65 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hayot sifatini baholash davolashni o‘z vaqtida tuzatish va bemorlarning qoniqishini oshirish, takroriy kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tashriflar sonining kamayishi va qo‘shimcha dori-darmonlar uchun xarajatlarning kamayishi har bir bemor uchun o‘rtacha 701800 so‘mni tejashni ta’minladi. Xulosa: vegetativ distoniyaning yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati, og‘riq sindromining og‘irligi va psixoemotsional holatga salbiy ta’sirini asoslash, tashxislash aniqligini oshirish, terapevtik taktikani moslashtirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 701800 so‘mni tejashga erishish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor sulpiridni nafaqat Helicobacter pylori ga, balki vegetativ patogenez bo‘g‘iniga ham ta’sir ko‘rsatishi eradikatsion kvadroterapiya tarkibiga kiritishning samaradorligini isbotlaganligi asosida “Helicobacter pylori bilan bog‘liq yara kasalligi va vegetativ distoniya sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda atipik neyroleptik bilan birgalikda eradikatsion terapiyaning samaradorligi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Uning doirasida Helicobacter pylori ham, vegetativ boshqaruv bo‘g‘iniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan eradikatsion kvadroterapiya tarkibiga sulpirid - atipik neyroleptikni kiritish samaradorligi isbotlangan, bu esa davolashning umumiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2023 yil 24 apreldagi №125 sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2023 yil 25 apreldagi №65 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: modifikatsiyalangan terapiyani qo‘llash residivlar chastotasining pasayishiga, yaralarning tez bitishiga va davolanishga sodiqlikning oshishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: davolanish muddatini qisqartirish va takroriy terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish har bir bemor uchun o‘rtacha 728500 so‘mni tejashni ta’minladi. Xulosa: Helicobacter pylori assotsirlangan yara kasalligi va vegetativ buzilishlar bilan og‘rigan bemorlarni eradikatsion terapiyasi tarkibiga sulpiridni kiritish davolash samaradorligini oshirdi, kasalxonada davolanish muddatini qisqartirdi va har bir bemor uchun o‘rtacha 728500 so‘mni tejash imkonini bergan.
Xulosa: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixovegetativ buzilishlarni kompleks tashxislash va korreksiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyani joriy etish, shu jumladan eradikatsion terapiya tarkibida sulpiridni qo‘llash davolash samaradorligini oshirish, kasallikning qaytalanishi va asoratlari chastotasini kamaytirish, kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan keyngaytirilgan xolda foydalanishi: olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbigi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15-yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish