Aripov Islomjon Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo viloyatida tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishini geoekologik riskini baholashning ilmiy asoslari», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr341.
Ilmiy rahbar: Radkevich Mariya, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Rafikova Nodira A’zamovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishi natijasida kelib chiqadigan geoekologik risklarni baholash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi sho‘rlanishning barcha turdagi salbiy ta’sirini va sodir bo‘layotgan jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish imkonini beradigan sho‘rlanishning ekologik risklarini tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan;
geoekologik riskni baholashning risklarning ham sifat, ham miqdoriy tahlilini amalga oshirish imkonini beradigan birlashtirilgan tavsifiy-statistik metodi takomillashtirilgan;
umumiy ifloslanish ko‘rsatkichidan foydalangan holda sho‘rlanishning geoekologik risklarini baholash modelining yangicha talqini yaratilgan;
sizot suvlari sathining paxta va bug‘doy hosildorligiga ta’sir ko‘rsatish qonuniyatlari aniqlandi, sizot suvlari minerallashuvi va sizot suvlari sathining kompleks mezoniga qarab hosildorlikni o‘zgarishining matematik modellari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi tuproq sho‘rlanishining geoekologik riskini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi sho‘rlanishning salbiy ta’sirini va sodir bo‘ladigan jarayonlarning o‘zaro aloqadorligini hisobga olish imkonini beradigan tasniflash sxemasiga  oid faktik materiallar, tahlil va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida sho‘rlanishga qarshi kompleks kurashish rejasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 03-03/3-12233-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo viloyatida sho‘rlanish bilan bog‘liq ekologik risklarga qarshi yanada samarali kurashish imkoniyati oshishiga erishilgan;
geoekologik riskni baholaydigan, sifat hamda miqdoriy tahlil qilish imkonini beradigan, birlashtirilgan, tavsiflovchi statistik metoddan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida tuproq tahlillarini o‘tkazishda samarali natijaga erishish usullarini keng qo‘llashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 03-03/3-12233-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarni ham miqdor, ham sifat jihatdan yanada samarali tahlil qilish imkonini bergan;
jamlanma ifloslanish ko‘rsatkichidan foydalangan holda geoekologik sho‘rlanish riskini baholash modelidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 03-03/3-12233-son ma’lumotnomasi). Natijada, geoekologik sho‘rlanish riskini baholashning o‘zgartirilgan modeli, sho‘rlanishdan va erlarni sho‘rini yuvish bo‘yicha meliorativ ishlardan kelib chiqadigan ekologik risklarning xarajatini baholashning metodi, algoritmi va hisoblash metodikasi shaklida taqdim etish imkonini bergan;
sizot suvlari sathining g‘o‘za va bug‘doy hosildorligiga ta’sirining aniqlangan qonuniyatlari va “minerallashish-sizot suvlari sathi” kompleks mezoniga qarab hosildorlikni o‘zgartirishning matematik modellaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini zamonaviy usullar orqali hisoblashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 03-03/3-12233-son ma’lumotnomasi). Natijada, meliorativ ishlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda tuzatishlar kiritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish