Zha Bo ning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkum o‘simliklarining diterpenoid alkaloidlari va ularning biologik faolligini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/K1274.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Marat Sabirovich, kimyo fanlari doktori, Rossiya fanlar akademiyasi  akademigi; Xodjaniyazov Xamid Utkirovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamadalieva Nilufar Zokirjonovna, kimyo fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkumlariga mansub 7 tur o’simliklarning ikkilamchi metabolitlarini ajratib olish, kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash hamda ular asosida samarali dori vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkumining etti turdagi o‘simliklari tarkibidan jami 176 ta birikma, shu jumladan, 26 ta yangi va 107 ta ma’lum diterpenoid alkaloidlar, shuningdek, 43 ta boshqa sinf birikmalari ajratilgan;
ajratib olingan diterpenoid alkaloidlarining fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda, antiaritmik, analgetik, o‘smaga qarshi va mikroblarga qarshi biologik faolligi tizimli ravishda tadqiq qilingan;
ilk bor Aconitum barbatum var. puberulum (N-acetylsepaconitin  va N-deacetyllappaconitin) va Delphinium iliense (Sinchianidin C va D) o’simliklari tarkibidan yangi birikmalar ajratib olingan; 
Aconitum barbatum var. puberulum dan C20-diterpenoid alkaloidlarining yangi uglerod skeletli vakili barpuberudin (AB-1), qayta guruhlangan yangi C18-diterpenoid alkaloidlari barpubeninlar A-B (AB-6 va AB-7) ilk bora aniqlangan;
birinchi marotaba Delphinium naviculare var. lasiocarpum o‘simligining kimyoviy tarkibi tadqiq qilingan va lappakonitin mavjudligi aniqlangan;
ilk marotaba Aconitum smirnovii o‘simligidan ajratilgan smirnotin A ning antiaritmik faolligi, shuningdek, Delphinium iliense o‘simligidan ajratib olingan sinchianidin C va D larining analgetik ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
birinchi marta yarim-preparativ YuSSX va preparativ YuSSX texnologiyalarini birlashtirilgan holda foydalanib, Allapinnin substansiyasidan oltita standart alkaloidlar ajratilgan, bu esa Allapinin substansiyasi sifatini nazorat qilishda tozalik standartlarini ta’minlash imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkum o‘simliklarining diterpenoid alkaloidlari va ularning biologik faolligini o‘rganish” bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida: 
Delphinium pseudoaemulans o‘simligi diterpenoid alkaloidlarini ajratish va tozalash, shuningdek, ularning in vitro inson saratoni A549 va HeLa hujayralariga sitotoksikligi natijalari asosida o‘smaga qarshi vosita yaratish ixtirosiga Xitoy Xalq respublikasi patenti (№ ZL201810714295.7, 2018 yil) olingan.  Natijada o‘simlik alkaloidlari asosida ekologik toza, samarali dori vositasi yaratish imkonini bergan;
Delphinium aemulans o‘simligi diterpenoid alkaloidlari asosida kaliy kanali (IKv) toklarini ingibirlash ixtirosi uchun Xitoy Xalq respublikasi patenti olingan (№ 2024100199358, 2024 y). Natijada o‘simlik alkaloidlari asosida kaliy kanalini ingibirlovchi yangi vosita yaratish imkonini bergan;
Delphinium iliense Huth osimligi diterpenoid alkaloidlaridan potensial  analgetik vosita ishlab chiqish ixtirosiga Xitoy Xalq respublikasi patenti olingan (№ 2025103304327, 2025 y). Natijada o‘simlik diterpenoid alkaloidlari asosida samarali analgetik  vositalar yaratish imkonini bergan; 
Shinjon Shafei Ya Biological Technology Co., Ltd (Xitoy X.R.) va Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Fizika va kimyo texnika instituti (XTIPC) bilan xamkorlik bitimiga asosan ko‘p miqdorda lappakonitin ishlab chiqarish uchun Delphinium naviculare var. lasiocarpum o‘simligi xomashyosi bilan ta’minlashni kafolatlab Xitoyning Shinjon va Sinxay viloyatlarida madaniylashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini boshlagan (Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Shafei Ya Biological Technology Co., Ltd ma’lumotnomasi15.05.2025y). Natijada o‘simlik diterpenoid alkaloidlari asosida samarali dori vositasi islab chiqarish uchun xomashyo bilan ta’minlash kafolatlangan; 
Allapinin  substansiyasininig farmakologik faol qo‘shimchasi (FFQ) sifatini nazorat qilish uchun O‘simlik moddalari kimyosi institutining GMP korxonasida tozalik standartlari sifatida ajratilgan to‘rtta birikmadan foydalanilgan (O‘simlik moddalari kimyosi institutining 23.06.2025y., 01-02/499-son malumotnomasi). Natijada Allapinin substansiyasini ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish tizimini yaxshilash, me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash va klinik sharoitlarda qo‘llashni kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish