Erniyozov Norkul Bekniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision kimyoviy reagent-sorbentlarni ishlab chiqish va ularni metallurgiya sanoati pul`palaridan nodir metallarni ajratib olish jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5546.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Sobirov Baxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision kimyoviy reagent-sorbentlarni ishlab chiqish va ularni metallurgiya sanoati pul`palaridan nodir metallarni ajratib olish jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatbaho metall ionlariga nisbatan yuqori selektivlikka, termik va kimyoviy barqarorlikka va osmotik bosimga chidamlilikka ega bo‘lgan ion almashinuvchi sorbentlarni shakllantiruvchi funksional guruhlar orasida boradigan kimyoviy reaksiya mexanizmlari aniqlangan;
organomineral ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalangan holda olingan kompozision kimyoviy sorbentlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini ularning tabiati, turi, miqdori va nisbatiga, shuningdek, pul`pa va eritmalardan qimmatbaho metallarni sorbsiyalash jarayonining texnologik parametrlariga qarab o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
pul`pa va eritmalardan nodir metallarni sorbsiyalash jarayonida qo‘llash uchun organo-noorganik ingredientlar va boshqa oligomerlar asosida kompozision kimyoviy ion almashinuvchi sorbentning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
qimmatbaho metallar rudalarini pul`pa va eritmalardan sorbsiyalash jarayonida qo‘llash uchun yaratilgan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy sorbentlarni sorbiyalash jarayonining kinetikasi aniqlangan;
metallurgiya sanoati pul`pasi va eritmalaridan qimmatbaho metallarni sorbsiyalash jarayonida qo‘llash uchun mo‘ljallangan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy sorbentlar olishning resurstejamkor innovatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozision kimyoviy reagent-sorbentlarni ishlab chiqish va ularni metallurgiya sanoati pul`palaridan nodir metallarni ajratib olish jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqilgan KXR-OKs sinfiga mansub kompozision ion almashinuvchi sorbent «Navoiy KMK» AJ MITL (Markaziy ilmiy tadqiqod laboratoriya)da amaliyotga joriy etilgan («Navoiy KMK» AJning 2025 yil 24 iyuldagi 23/01-01-07/520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tannarxi arzon bo‘lgan KXR-OKs-5 markali ion almashuvchi sorbent pul`padan 5 martagacha oltinni tanlab sorbsiya qilib, yuqori natijalar olish imkonini bergan;
KXR-OKs sinfiga mansub kompozision ion almashinuvchi sorbentni olishning ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyasi «Navoiy KMK» AJ MITL va «KIMYOTEXREAG» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy KMK» AJ ning 2025 yil 24 iyuldagi 23/01-01-07/520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, KXR-OKs sinfiga mansub kompozision ion almashinuvchi sorbentni olish bo‘yicha tashkilot standarti (TU-Uz.10-90-2025) va texnologik reglament (TR-40.4-14952796-011:2025) ishlab chiqilgan hamda tannarxi import qilinayotgan AM-2V sorbentiga nisbatan 30% ga arzonlashtirish imkonini bergan.