Galieva Zul`fiya Ibraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xitozanning nanostruktur kompozision  birikmalarning gepatoprotektorlik ta’sirining molekulyar mexanizmlari», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V713.
Ilmiy rahbar: Inoyatova Firuza Hidoyatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergasheva Mukarram Jo‘rabaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning o‘tkir toksik shikastlanishi modelida xitozanning yangi nano xosilalarini ta’sir molekulyar mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba jigarning o‘tkir tetraxlormetanli shikastlanishi modelida yuqori molekulyar (YuMX) va past molekulyar xitozan (PMX), shuningdek nanosulfat xitozan (NSX) va nanoaskorbat xitozan (NAX) ning mos ravishda 10 mg/kg, 25 mg/kg, 10 mg/kg va 50 mg/kg miqdoridagi gepatoprotektiv dozalari aniqlangan;
birinchi marta jigarning o‘tkir toksik shikastlanishini davolashda sitoliz sindromlari, mezenximal yallig‘lanishi, xolestaz va gepatotsellyulyar etishmovchilikni korreksiyalash bilan namoyon bo‘lgan nanosulfat xitozanning yuqori samaradorligi isbotlangan;
jigarning o‘tkir toksik shikastlanishini nanosulfat xitozan bilan davolashda yadro transkripsiyasi omili ekspressiyasi susayishi va sFAS-ligand darajasini pasayishi aniqlangan;
xitozan nanosulfatni 10 mg/kg dozada qo‘llashda jigar to‘qimalarida regenerativ jarayonlarning kuchayishi, Knodel bo‘yicha gistologik indeksning 3,6 ballgacha, shuningdek, yallig‘lanish reaksiyasining biokimyoviy indeksining minimal darajaga pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xitozanning nanotuzilmali kompozision birikmalarining gepatoprotektiv ta’sirining molekulyar mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba jigarning o‘tkir tetraxlormetanli shikastlanishi modelida YuMX va PMX, shuningdek NSX va NAXning mos ravishda 10 mg/kg, 25 mg/kg, 10 mg/kg va 50 mg/kg miqdoridagi gepatoprotektiv dozalari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/311-t-son bilan tasdiqlangan “Xitozan hosilalari bilan jigar shikastlanishlarida metabolik buzilishlarni korreksiya qilish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.06.2024 yildagi 322-son va Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.06.2024 yildagi 28/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: YuMX, PMX, NSX va NAXning gepatoprotektiv xususiyatlarini o‘rganish va talqin qilish jigarning o‘tkir va toksik shikastlanishlarini davolashda samaradorlikni aniqlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik: mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarilgan preparatlardan davolash jarayonida foydalanish o‘tkir toksik gepatitni davolash muddatini qisqartirish natijasida muayyan byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta jigarning o‘tkir toksik shikastlanishini davolashda sitoliz sindromlari, mezenximal yallig‘lanishi, xolestaz va gepatotsellyulyar etishmovchilikni korreksiyalash bilan namoyon bo‘lgan nanosulfat xitozanning yuqori samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/311-t-son bilan tasdiqlangan “Xitozan hosilalari bilan jigar shikastlanishlarida metabolik buzilishlarni korreksiya qilish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.06.2024 yildagi 322-son va Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.06.2024 yildagi 28/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: NSX preparatlari bilan yuqoridagi sindromlarni korreksiya qilish o‘tkir toksik jigar shikastlanishlarini davolashda juda samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarilgan preparatlardan davolash jarayonida foydalanish o‘tkir toksik gepatitni davolash muddatini qisqartirish natijasida muayyan byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: jigarning o‘tkir toksik shikastlanishini nanosulfat xitozan bilan davolashda yadro transkripsiyasi omili ekspressiyasi susayishi va sFAS-ligand darajasini pasayishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/311-t-son bilan tasdiqlangan “Xitozan hosilalari bilan jigar shikastlanishlarida metabolik buzilishlarni korreksiya qilish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.06.2024 yildagi 322-son va Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.06.2024 yildagi 28/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ushbu molekulyar o‘zgarishlarning korreksiyasi preparat samaradorligini belgilaydi va o‘tkir toksik jigar shikastlanishlarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik: mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarilgan preparatlardan davolash jarayonida foydalanish o‘tkir toksik gepatitni davolash muddatini qisqartirish natijasida muayyan byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xitozan nanosulfatni 10 mg/kg dozada qo‘llashda jigar to‘qimalarida regenerativ jarayonlarning kuchayishi, Knodel bo‘yicha gistologik indeksning 3,6 ballgacha, shuningdek, yallig‘lanish reaksiyasining biokimyoviy indeksining minimal darajaga pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/311-t-son bilan tasdiqlangan “Xitozan hosilalari bilan jigar shikastlanishlarida metabolik buzilishlarni korreksiya qilish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.06.2024 yildagi 322-son va Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.06.2024 yildagi 28/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: regenerativ jarayonlarning, Knodel indeksi va yallig‘lanish biomarkerlarining o‘rganilishi jigar shikastlanishlarini samarali davolashda muhim. Iqtisodiy samaradorlik: mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarilgan preparatlardan davolash jarayonida foydalanish o‘tkir toksik gepatitni davolash muddatini qisqartirish natijasida muayyan byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish