Kazaxbaev Saparbay Atabaevitshning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past navli Markaziy Qizilqum fosfaritlari asosida murakkab o‘g‘itlar olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4378.
Ilmiy rahbar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03. 
Rasmiy opponentlar: Allaniyazov Davran Orazimbetovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sherqo‘ziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum va Qoraqalpog‘iston fosforitlari asosida yuqori tovar xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Porlitau fosforitlarining kimyoviy va minerologik tarkibini aniqlash orqali ulardan bentofosfat o‘g‘itlarini olish uchun imkoni bor ekanligi isbotlangan;
past navli Porlitau va Markaziy Qizilqum fosforitlarini sulfat, nitrat va xlorid kislotalar bilan parchalash orqali murakkab o‘g‘itlar olish jarayonining texnologik omillari grafoanalitik usulda asoslangan;
NKFO‘ ga sulfogumat va sulfat kislotali ishlov berish orqali olingan o‘g‘itlarning tovar xossalarining yaxshilanishi, ya’ni ular kuchli gigroskopiklik sinfidan, gigroskopiklik sinfiga o‘tishi isbotlangan;
past navli fosforitlarni xlorid kilotasi bilan parchalash orqali murakkab o‘g‘itlar olish va ularning tarkibiga nitratli va kaliyli tuzlarni qo‘shish orqali ularning tovar xossalarini yaxshilash imkonoyatlari yaratilgan;
tovar xususiyatlari yaxshilangan murakkab o‘g‘itlarni olish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri qonuniyatlari o‘rganilgan va nitrokalsiyfosfat o‘g‘itlarini noorganik qoshimchalar bilan kondisionerlash orqali yangi turdagi namunalar olingan;
past navli fosforitlardan sulfogumat, nitrat va xlorid kislotalar ishtirokida supergumafos, NKFO‘, NPK, NPKCa murakkab o‘g‘itlarini olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Qizilqum va Qoraqalpog‘iston past navli fosforitlaridan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sulfogumat va past navli fosforit asosida tarkibida 1,5-2,0 % gacha gumin kislotasi bo‘lgan supergumafos olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 25 apreldagi 4-son malumotnomasi). Natijada, qishloq xojaligini arzon tarkibida gumatlar bo‘lgan o‘g‘it bilan taminlash imkonini bergan;
past navli fosforitlarni sulfat, xlorid va nitrat kislotali parchalash mahsulotlari tarkibiga karbamid, sulfoko‘mir va kaliy tuzlarini qo‘shish yo‘li bilan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 25 apreldagi 4-son malumotnomasi). Natijada, yaxshi fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan NPK va NPKCa o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish