Kodirov Orifjon Sharipovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metan asosida to‘yingan, to‘yinmagan naften hamda aromatik uglevodorodlar sintezi va ishlab chiqarish texnologiyasi”, 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi  (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T810.
Ilmiy maslahatchi: Nurmanov Suvankul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: “Sholi qobig‘idan amorf kremniy dioksidini olish usuli” (№IAP 7776), “Natriy nitrit, metall oksidlari va rux oksidini ishlab chiqarish usuli” (№IAP 7627), “Aromatik uglevodorodlarni ishlab chiqarish uchun kompleksli katalizator tayyorlash usuli” (№ IAP 07023).
II. Tadqiqotning maqsadi: metan asosida gomogen va geterogen katalitik sharoitlarda aromatik va naften uglevodorodlari olish texnologiyasini ishlab chiqish va olingan birikmalarni qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sholi qipig‘i asosida mezogen g‘ovakli kremniy oksidi olish usuli ishlab chiqilgan (Uz IAP №7776, 2023 y.);
ilk bor 25-40 °C haroratda 0,5 M xlorid kislotasi eritmasida 120 minut mineralsizlantirilgan, neytralangan 85 Mesh o‘lchamgacha maydalangan sholi qobig‘i oksidlab-kuydiriliganda, mayda dispers amorf kremniy dioksidi hosil bo‘lishi isbotlangan; 
sholi qipig‘i asosida mezogen g‘ovakli kremniy oksidi olinib, etilen asosida siklogeksan, siklogeksen, benzol va ularning gomologlari sintezida termik va kimyoviy barqaror, yuqori solishtirma yuza va mexanik mustaxkamlikka ega katalizator tashuvchisi sifatida qo‘llash mumkinligi asoslangan;
natriy nitrit, metall oksidlari va rux oksidi olishning yangi usuli ishlab chiqilgan (IAP 7627);
ilk bor sharli tegirmonning aylanma barabanida erigan natriy nitratining 308-320 °C haroratda donador rux bilan ta’siridan natriy nitriti va rux oksidi hosil bo‘lishi aniqlangan;
aromatik uglevodorodlarni olish uchun kompleksli katalizator tayyorlash usuli ishlab chiqilgan (IAP 07023);
metall oksidlari va mahalliy bentonit xomayoshsi asosida kompleks katalizator tarkibi aniqlanib, gomogen-geterogen katalitik sharoitda etilen asosida siklogeksan, siklogeksen, benzol va ularning gomologlari olingan;
ilk bor naften uglevodorodlari olinish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi maxsulotlar beton aralashmalari uchun samarali superplastifikatorlar ekanligi asoslangan;
benzol gomologlarining sement klinkeri maydalash intensifikatorlik xususiyatlari aniqlanib, beton tarkibida kal`sit miqdorining yuqoriligi, suv qo‘shib aralashtirilgan sement donalarining yupqa plyonka bilan qoplaydigan kalsiy gidrosulfoalyuminat (3CaOAl2O3 3CaSO431H2O) hosil qiladigan 3-5 % miqdorda gips kiritilishi gidratatsiya reaksiyasini oldi olishi isbotlangan;
sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchi intensifikator («Polimetnaf ssb-ip» va «Polimetnaf lig-ip») betonning termik barqarorligi va fizik-mexanik  xossalariga ta’siri aniqlanib, mustahkamligi 45-52 % ga oshirishi isbotlangan;
metan asosida naften va aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Metan asosida gomogen va geterogen katalitik sharoitlarda aromatik va naften uglevodorodlari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
selektiv katalizatorlarda etilendan aromatik uglevodorodlarni gomogen-geterogen katalitik sharoitlarda olish texnologiyasi «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKning 2024 yil 12 avgustdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, etilen asosida siklogeksan, siklogeksen, benzol va ularning gomologlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
sholi qipig‘idan olingan mezog‘ovakli kremniy oksididan katalizator tashuvchisi sifatida foydalanib aromatik uglevodorodlar gomologlarini olish texnologiyasi «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan («Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKning 2024 yil 12 avgustdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, geterogen katalizatorlar tashuvchisini mahalliylashtirish asosida erituvchi narxini 7,4 % ga arzonlashtirish imkonini bergan;
natriy nitrat asosida olingan metall oksidli katalizatordan foydalanib benzol gomologlari olish texnologiyasi «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKning 2024 yil 12 avgustdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, geterogen katalizatorlar tashuvchisini mahalliylashtirish va universal erituvchilar ishlab chiqarish imkonini bergan;
metan asosida turli o‘rinbosarlar saqlagan aromatik uglevodorodlari olish texnologiyasi «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKning 2024 yil 12 avgustdagi 01-5/12-357-sone ma’lumotnomasi). Natijada, «Polimetnaf ssb-ip» va «Polimetnaf lig-ip» sement klinkerini maydalash intensifikatorlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
etilen va butadien-1,3 asosida naften uglevodorodlari olish texnologiyasi «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QKning 2024 yil 12 avgustdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, beton aralashmalari uchun mahalliy superplasifikatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish