Murodov Sirojiddin Ahmatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyatida tarqalgan Cistanche Hoffmanns.& Link turkumi vakillarining  bioekologiyasi va dorivorlik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B631.
Ilmiy rahbar: Xojimatov Olimjon Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Tashpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Karshibaev Xazratkul Kilichievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatida tarqalgan Cistanche turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari va tabiiy resurslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati hududida tabiiy holda tarqalgan Cistanche turkumi turlarining 38 ta geobotanik maydoni ajratilib, Geografik Axborot Tizimi (GAT) xaritalari yaratilgan;
Cistanche turlarining o‘shish hududlaridagi iqlim va edafik sharoitlarga mos bioekologik xususiyatlari aniqlanib, har bir turning adaptatsion strategiyalari ilmiy asoslangan; 
Cistanche turlarining o‘sish parametrlari, generativ organlarning rivojlanish sur’atlari va ekologik omillar bilan hosildorlik potensiali o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik ochib berilgan; 
Cistanche turkumiga mansub turlar tarkibidagi glikozidlar, fenol birikmalar va flavonoidlar miqdori aniqlanib turkum turlarining dorivor xususiyatlari va etnobotanik ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatida tarqalgan Cistanche (Hoffmanns & link) turkumu vakillarining bioekologiyasi va dorivorlik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyatida tabiiy holda tarqalgan Cistanche turkumi turlari ishtirokida ajratilgan 19 ta maydonning keng qamrovli tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari sifatida yaratilgan zamonaviy GAT xaritalari Buxoro viloyatida Cistanche turkumi turlari kadastri va monitoringini amalga oshirishda Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan cho‘l dorivor o‘simliklari monitoringini olib borishda jarayoni amaliyotida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 8 avgustdagi 3-492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Cistanche turkumining Buxoro viloyatida tarqalgan turlarini muhofaza qilish va biologik xilma-xilligini saqlab qolish chora tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan; 
Cistanche turkumi turlarini tarqalishin aks ettiruvchi xaritalar, o‘simlik tabiiy resurslari holati va ularning etnobotanik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar A-FA-2021 144 – sonli “O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor va yo‘qolish xavfi ostidagi o‘simliklarning elektron depozitariysini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 17 iyuldagi 4/1255-1624 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati hududida tarqalgan Cistanche turkumi turlarini (Cistanche salsa, Cistanche flava, Cistanche mongolica) 38 ta maydondagi tabiiy resuslari maydonlarini aniqlash, ularning resurs holatini baholash, dorivorlik xususiyatlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish