Samanova Shaxlo Boxtiyarovnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insonni tabiatdan ma’naviy-axloqiy begonalashuvi ijtimoiy-falsafiy muammo sifatida”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal180
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurullaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi insonni tabiatdan ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olish imkoniyatlari va strategik vazifalarini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiat tizimlarining izdan chiqishi, ifloslanish, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi kabi jarayonlar – global ekologik inqiroz va tabiiy muhitni faqat manfaat obekti sifatida qabul qilishi orqali yuzaga keladigan ma’naviy uzilish – insonni tabiatdan begonalashuvining paradigmal o‘zgarishlar modelida ekologik zarar individual hodisa sifatida namoyon bo‘lishi (ishlab chiqarish madaniyati, texnologik taraqqiyot, noantropotsentrik tafakkur ustuvorligi) asoslab berilgan;
begonalashuvning obektiv va subektiv omillarini (urbanizatsiya, iqtisodiy manfaat, axloqiy befarqlik, individualizmning kuchayishi) aniqlash orqali inson-tabiat-inson munosabatlarida faqat utilitar, foydaparast munosabat emas, tolerant (murosali), ijtimoiy mas’uliyatli, demokratik tamoyillarga amal qilish zarurati hamda begonalashuvni boshqarishning institusional tizimini ekologik ong va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish takomillashtirish yo‘nalishlari ochib berilgan; 
inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikka ekzistensial yondashuv asosida differensial uyg‘unlik (ekologik-axloqiy spiritual-ekzistensial, kollektiv-madaniy) turkumlashtirilgan hamda “tabiat-jamiyat-inson” tizimi munosabatlarida ma’naviy-axloqiy begonalashuvni oldini olishning obektiv shart-sharoitlari (tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, global ekologik muvozanatni saqlash) aniqlashtirilgan; 
tabiatdan begonalashuvni baholash indikatorining aholining ekologik ong darajasi, ekologik mas’uliyat kabi mezonlari, ekologik ta’limda aksiologik yondashuvni kuchaytirish, ijtimoiy institutlar rolini kuchaytirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy platformalarni kengaytirish kabi strategik yo‘nalishlar hamda ekologik huquqiy ongni rivojlantirish, ekologik huquqbuzarliklar ustidan qat’iy nazorat, ekologik monitoring markazlari faoliyatini jonlantirish, “yashil siyosat” asosida qarorlar qabul qilish kabi mexanizmlari takomillashtirilgan; 
O‘zbekistonda ekologik siyosatni mustahkamlash va rivojlantirishning huquqiy (ekologik qonunchilikni takomillashtirish), ma’naviy-axloqiy (“tabiat – qadriyat”, ekologik axloq) va innovatsion (raqamli ekologik platformalarni rivojlantirish, davlat–ilmiy institutlar–fuqarolik jamiyati kooperatsiyani yaratish) kabi yo‘nalishlari, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirishning “milliy taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishning potensial (ekologik ta’lim-tarbiyani modellashtirish, fuqarolik mas’uliyati) imkoniyatlari va strategik (“yashil taraqqiyot” tamoyillari, ekologik monitoring tizimi) vazifalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insonni tabiatdan ma’naviy-axloqiy begonalashuvi sabablari, oqibatlari hamda bartaraf etish yo‘llarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
tabiat tizimlarining izdan chiqishi, ifloslanish, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi kabi jarayonlar – global ekologik inqiroz va tabiiy muhitni faqat manfaat obekti sifatida qabul qilishi orqali yuzaga keladigan ma’naviy uzilish – insonni tabiatdan begonalashuvining paradigmal o‘zgarishlar modelida ekologik zarar individual hodisa sifatida namoyon bo‘lishi (ishlab chiqarish madaniyati, texnologik taraqqiyot, noantropotsentrik tafakkur ustuvorligi)ga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-mart 2025-yildagi PQ-115-son “O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 11-apreldagi 14-07-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita faoliyatida konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlar hamda davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda “Birgalikda kuchmiz” g‘oyasi ostida yoshlarni umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi targ‘ibot tadbirlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
begonalashuvning obektiv va subektiv omillarini (urbanizatsiya, iqtisodiy manfaat, axloqiy befarqlik, individualizmning kuchayishi) aniqlash orqali inson-tabiat-inson munosabatlarida faqat utilitar, foydaparast munosabat emas, tolerant (murosali), ijtimoiy mas’uliyatli, demokratik tamoyillarga amal qilish zarurati hamda begonalashuvni boshqarishning institusional tizimini ekologik ong va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish takomillashtirish yo‘nalishlariga oid ilmiy xulosalar, taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston ekologik harakati faoliyatida, jumladan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, “Ekologiya kodeksi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2025-yil 5-apreldagi 04/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, insonlarda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish ma’naniyatini shakllantirish va mamlakatimizda atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi ishlar samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikka ekzistensial yondashuv asosida differensial uyg‘unlik (ekologik-axloqiy spiritual-ekzistensial, kollektiv-madaniy) turkumlashtirilgan hamda “tabiat-jamiyat-inson” tizimi munosabatlarida ma’naviy-axloqiy begonalashuvni oldini olishning obektiv shart-sharoitlari (tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, global ekologik muvozanatni saqlash)ga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirgan “EKOSAN” xalqaro xayriya jamoat fondida bajarilgan 01-177/21-son “Sog‘lom turmush – salomatlik garovi” (2022 y) loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2025-yil 3-apreldagi 01-06/138-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatini yuksaltirish, aholining ekologik toza mahsulotlarini iste'mol qilish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlarini ta'minlashga yo'naltirilgan seminar-treninglar, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda nazariy va amaliy material sifatida xizmat qilgan;
tabiatdan begonalashuvni baholash indikatorining aholining ekologik ong darajasi, ekologik mas’uliyat kabi mezonlari, ekologik ta’limda aksiologik yondashuvni kuchaytirish, ijtimoiy institutlar rolini kuchaytirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy platformalarni kengaytirish kabi strategik yo‘nalishlar hamda ekologik huquqiy ongni rivojlantirish, ekologik huquqbuzarliklar ustidan qat’iy nazorat, ekologik monitoring markazlari faoliyatini jonlantirish, “yashil siyosat” asosida qarorlar qabul qilish kabi mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2024-yilda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston  Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 21-fevraldagi 05-09-216-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir shaxsda ekologik axloqiy madaniyatini yuksaltirishga. xususan, yoshlar ongida tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga doir bilimlarni shakllantirishga hamda ekotafakkurini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ekologik siyosatni mustahkamlash va rivojlantirishning huquqiy (ekologik qonunchilikni takomillashtirish), ma’naviy-axloqiy (“tabiat – qadriyat”, ekologik axloq) va innovatsion (raqamli ekologik platformalarni rivojlantirish, davlat–ilmiy institutlar–fuqarolik jamiyati kooperatsiyani yaratish) kabi yo‘nalishlari, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirishning “milliy taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishning potensial (ekologik ta’lim-tarbiyani modellashtirish, fuqarolik mas’uliyati) imkoniyatlari va strategik (“yashil taraqqiyot” tamoyillari, ekologik monitoring tizimi) vazifalariga doir taklif-tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 15-apreldagi 10/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, insonni tabiatdan ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olish bilan bog‘liq ekologik muammolarning ijtimoiy-falsafiy jihatilarini yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish