Abdullaev Olimjon G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada agrosanoat majmuasini klasterlash mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4772.
Ilmiy rahbar: Samieva Gulnoza Toxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norquvvatova Gulmira Izzatulaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada agrosanoat majmuasini klasterlashtirish mexanizmini takomillashrish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida mintaqa agrosanoatini tarmoqlar va hududlararo klasterli rivojlantirish mexanizimlarini gibrid texnologiyalar asosida takomillashtirish taklif etilgan;
mintaqada agrosanoat korxonalarida iqtisodiy samaradorligini oshirishda klasterlar sinergiya oqimining quyi (w_L=0,329) va yuqori (w_U=0,547) vazn koeffitsientlari oralig‘idagi hududlarning (w_opt=0,493) vazn ko‘rsatkichli sinergitik quvvatidan foydalanish mezonlari ilmiy asoslangan;
besh halqali FRM (Five Ring Model) klaster modeli strategik belgilarining mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga ta’sir darajalarini baholash asosida agrosanoat korxonalarini vertikal integratsiya usulida subklasterli rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
klasterlashtirilgan mintaqa agrosanoatini rivojlantirishning vaqt seriyali va ko‘p omilli modellar asosida 2025-2029-yillar bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatida agrosanoat majmuasini klasterlashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida mintaqa agrosanoatini tarmoqlar va hududlararo klasterli rivojlantirish mexanizimlarini gibrid texnologiyalar asosida takomillashtirish taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-may 05/04-04-223-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyatida agrosanoat klasterlari a’zolarining umumiy manfaatlarini meyyorlashtirish mezonlarini algortmik optimallshtirish asosida subektlarning samarador integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan, gibrid texnologiyalar asosida takomillashtirilgan rivojlantirish mexanizmlari asosida tarmoqda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish imkoniyatlari oshgan;
mintaqada agrosanoat korxonalarida iqtisodiy samaradorligini oshirishda klasterlar sinergiya oqimining quyi (w_L=0,329) va yuqori (w_U=0,547) vazn koeffitsientlari oralig‘idagi hududlarning (w_opt=0,493) vazn ko‘rsatkichli sinergitik quvvatidan foydalanish mezonlaridan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-may 05/04-04-223-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyatida agrosanoatni hududlararo klasterlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan. Agrosanoat klasterlari faoliyati natijasida hosil bo‘lgan sinergitik quvvatni hisoblash uslubiyotini takomillashtirish asosida turli darajali sinergetik quvvatga ega klaster hududlarini guruhlashga imkon berishi ularning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishida tarmoq samaradorligini 7,7 foiz, innovatsion faollikni 24,3 foiz, eksport salohiyatini 29,8 foiz oshirishga erishilgan;
klasterlashtirishning besh halqali FRM (Five Ring Model) klaster modeli strategik belgilarining mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga ta’sir darajalarini baholash asosida takomillashtirilgan agrosanoat korxonalarini vertikal integratsiya usulida subklasterli rivojlantirish mexanizmidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-may 05/04-04-223-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyati agrosanoatda tizimli ishlab chiqarish komplekslarini shakllantirishga xizmat qilgan. Agrosanoat klasterlarini subklasterli kengaytirish negizida, gibrid texnoligiyalar asosida rivojlantirish mexanizmining besh bo‘ginli takomillashtirish belgi (komponent)lari bo‘yicha 20 dan ortiq mintaqaviy strategik ahamiyatli amaliyotning joriy etilishiga zamin yaratilgan;
klasterlashtirilgan mintaqa agrosanoatini rivojlantirishning vaqt seriyali va ko‘p omilli modellar asosida 2025-2029-yillar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-may 05/04-04-223-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyatida klasterlashtirilgan agrosanoati orqali maydonlarini optimal joylashtirish, joriy resurslardan samarali foydalanish asosida qo’shimcha mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilgan. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va mahsuldorlikning oshishiga, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ko‘laming kengayishiga, agrologistika tizimini optimallashtirishga, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga, meva-sabzavotchilda, chorvachilikda qayta ishlash jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.