Raximova Madina Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transformatsiyalashayotgan iqtisodiyot sharoitida shaharlarni rivojlantirish tizimini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3584.
Ilmiy rahbar: Erkaeva Gulbaxor Panjievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc. 03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transformatsiyalashayotgan iqtisodiyot sharoitida shaharlarni rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlarni rejalashtirish uch bosqichga - shaharlarni rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirish, strategiya ishlab chiqish va aniq loyihalarni amalga oshirish kabi turlarga ajratilib, har bir bosqich bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlari tizimlashtirilgan;
iqtisodiy oʻsish sur’ati sust boʻlgan 6 ta hududda aholi daromadlarining o‘sishi iqtisodiyot tarkibida qishloq xoʻjaligi ulushining ko‘payishi natijasida yuz berayotganligi (koeffisient: 0.0389, t qiymat: 2.0305*), tez sur’atda o‘sayotgan 7 ta hududlarda esa sanoat va xizmatlar sohasida yangi korxonalar hamda ish oʻrinlarini yaratilishi (koeffisient: -0.0662, t qiymat: - 3.0949**) aholida shaharlardagi qulay sharoitlarda yashashga rag‘bat uyg‘otishi qat’iy ta’sir (fixed effect) modeli vositasida asoslangan;
shaharlar kengayish intensivligini va fazoviy (hududiy) yoʻnalishini aniqlashda foydalaniluvchi vertikal o‘sish indeksini VHG=((〖B^(k+))〗_(t+1))/((〖B^(k-1-))〗_(t+1) )-((〖B^(k+))〗_t)/((〖B^(k-1-))〗_t ) formulasi asosida hisoblash usuli, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar miqdori ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasi o‘zgarishining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatsiyalashayotgan iqtisodiyot sharoitida shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaharlarni rivojlantirish jarayonida muallif tomonidan taklif etilgan shaharlarni rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirish, strategiyani ishlab chiqish va aniq loyihalarni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha takliflar berish, hududlar master-rejalarini ishlab chiqishning texnik topshiriqlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 13-06/1009-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30- noyabrdagi 03-03-03/10777-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi Qarshi, Kitob va Koson tumanlari hududlari uchun ishlab chiqiladigan master-rejalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
iqtisodiy oʻsish sur’ati sust boʻlgan 6 ta hududda aholi daromadlarining o‘sishi iqtisodiyot tarkibida qishloq xoʻjaligi ulushining ko‘payishi natijasida yuz berayotganligi (koeffisient: 0.0389, t qiymat: 2.0305*), tez sur’atda o‘sayotgan 7 ta hududlarda esa sanoat va xizmatlar sohasida yangi korxonalar hamda ish oʻrinlarini yaratilishi (koeffisient: -0.0662, t qiymat: - 3.0949**) aholida shaharlardagi qulay sharoitlarda yashashga rag‘bat uyg‘otishi qat’iy ta’sir (fixed effect) modeli natijalardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha mahalliy hokimliklar qarorlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 28-yanvardagi 13-06/1009-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30- noyabrdagi 03-03/10777-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi 2024-yilning III choragi holatiga viloyatda 2248 ta er uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga hissa qo‘shgan;
shaharlar kengayish intensivligini va fazoviy (hududiy) yoʻnalishini aniqlashda foydalaniluvchi vertikal o‘sish indeksini VHG=((〖B^(k+))〗_(t+1))/((〖B^(k-1-))〗_(t+1) )-((〖B^(k+))〗_t)/((〖B^(k-1-))〗_t ) formulasi asosida hisoblash usuli, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar miqdori ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif viloyat hududlarida ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha loyihalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 13-06/1009-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30-noyabrdagi 03-03/10777-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi Nishon tumanida 10 ta 5 qavatli uylar qurilishi bo‘yicha loyihani shakllantirishga imkon bergan;
Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasi o‘zgarishining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ssenariylarini amalga oshirish yuzasidan raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan viloyatda raqamlashtirish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 13-06/1009-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30-noyabrdagi 03-03/10777-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 9-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatida raqamlashtirish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 6-4-0-Q/24-sonli qarori loyihasini shakllantirishga xizmat qilgan.