Bekmurodova Saodat Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalari misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4773. 
Ilmiy rahbar: Qurbonov Alisher Boboqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03. 
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Juraev Xusan Otamurodovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa innovatsion klasterlarida yangi turdagi mahsulotlar yaratishning iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimlashtirilgan hamda innovatsion klasterlar faoliyat ulushini aniqlovchi ko‘rsatkichlarni uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
innovatsiyalar hisobiga yaratilgan qo‘shilgan qiymatning bir birlikka o‘sishi joriy qilinadigan innovatsiyalar sonini oshirish hamda ularning real sektor va hudud bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlari tizimlashtirilgan;
klasterlarning innovatsion xarajatlar sarflash hisobiga oshgan qo‘shimcha daromad(D_(d ) ), xarajat 〖(L〗_d)lar tahlili asosida umumiy holda     D_(d )> L_d   (0,69>0,39), xususiy holda       D_(d )> L_d  (0,721>0,531) ekanligi aniqlanib, innovatsion faoliyatning hayotiy sikli D_(d )= L_d bo‘lgunga qadar davom etishi ilmiy asoslanib faoliyat siklini uzaytiruvchi innovatsion klasterning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti va tarmoqlari tarkibidagi innovatsion mahsulotlar hajmining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
mintaqa innovatsion klasterlarida yangi turdagi mahsulotlar yaratishning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda innovatsion klasterlar faoliyat ulushini aniqlovchi ko‘rsatkichlarini uslubiy yondashuvi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 16-avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435-son qaror ijrosi bo‘yicha 399-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi 2024-yil 16-dekabrdagi 01-07-175-son, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi 04-41-1480-son ma’lumotnomalari). Natijada Qashqadaryo viloyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, innovatsiyalarni baholovchi ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash bo‘yicha yondashuvlar tizimlashtirilgan; 
innovatsiyalar hisobiga yaratilgan qo‘shilgan qiymatning bir birlikka o‘sishi joriy qilinadigan innovatsiyalar sonini oshirish hamda ularning real sektor va hudud bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlari tizimlashtirish bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi 2024-yil 16-dekabrdagi 01-07-175-son, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi 04-41-1480-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llash asosida mintaqaning iqtisodiy barqarorlik darajasini ta’minlashda sanoatni tuman va shaharlar kesimida joylashtirish imkoniyatini yaratgan; 
Qashqadaryo hududida klasterlarning innovatsion xarajatlar sarflash hisobiga qo‘shimcha daromad(D_(d ) ), xarajat 〖(L〗_d) tahlili asosida umumiy holda D_(d )> L_d  (0,69>0,39), xususiy holda D_(d )> L_d  (0,721>0,531) ekanligi aniqlanib, innovatsion faoliyatning hayotiy sikli D_(d )= L_d bo‘lgunga qadar davom etishi ilmiy asoslandi hamda innovatsion faolyatni siklini uzaytiruvchi innovatsion klasterning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish asosida chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-son qarorining ijrosi bo‘yicha belgilangan 34-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi 2024-yil 16-dekabrdagi 01-07-175-son, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi 04-41-1480-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni qo‘llash asosida viloyat iqtisodiyoti klasterlarning innovatsion texnologik transferlarning darormad va xarajatlari tahlili asosida hayotiy sikli belgilab olingan; 
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning 2025-2029-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi 2024-yil 16-dekabrdagi 01-07-175-son, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi 04-41-1480-son ma’lumotnomalari). Mazkur model asosida Qashqadaryo viloyatining 2022-2026-yillarda YaHMning o‘sish sur’atiga ko‘ra 5,5 foizdan 6,8 foizgacha etishi hamda uning tarkibidagi omillar yalpi unumdorligi ham o‘suvchi tendensiyaga ega bo‘lishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish