Xo‘shmurodova Mexrgiyo Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining klinik-nevrologik asoratlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3824.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirhotam Mirhoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Toxirovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining klinik-nevrologik xususiyatlarini o‘rganib, tashxislash mezonlari va optimal terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanishida prenatal, antenatal va postnatal xavf omillarining birgalikdagi ta’siri kasallikning klinik kechishi va og‘irlik darajasini baholashdagi ahamiyati isbotlangan;
chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar bilirubin ensefalopatiyasida nevrologik buzilishlarni baholash BIND va KSD shkalalari bilan laboratoriya ko‘rsatkichlar, ya’ni qondagi bilirubin darajasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlari asosida erta tashxislash, xavfni stratifikatsiya qilish, bemorlarni dinamik va klinik jihatdan prognozlash ahamiyati aniqlangan;
klinik-nevrologik (BIND, KSD), neyrofiziologik (NSG, EEG) va neyrobiokimyoviy (NSE, S100) ko‘rsatkichlari asosida chaqaloqlarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanishida markaziy asab tizimi zararlanishini ifodalovchi dastlabki prognostik markyorlar aniqlangan;
chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanish xavf omillari, klinik-nevrologik va neyrobiokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida erta tashxislash mezonlari takomillashtirilganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining xavf omillarini aniqlash, erta tashxislash usullari, klinik kechish bosqichlari va asoratlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanishida prenatal, antenatal va postnatal xavf omillarining birgalikdagi ta’siri kasallikning klinik kechishi va og‘irlik darajasini baholashdagi ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktabr №83/24 son bilan tasdiqlangan «Neonatal va postnatal davrdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 29.12.2024 yildagi №179 sonli buyrug‘i bilan va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasining 23.10.2024 yildagi №901-9-128-TB/2024 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi №18/66 sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: bilirubin ensefalopatiyasiga olib keluvchi eng muhim etiologik omillar va xavf omillarini aniqlash yordamida jamiyatda kasallikni rivojlanishini oldini olish chora tadbirlari va sog‘lom ona va sog‘lom bola tatbiqi asosida jamiyatda sog‘lom turmush tarzi, tashqi muhitning nojo‘ya ta’sirlarini oldini olish va aholida sog‘lom tibbiy madaniyatnii shakllanishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining asoratlarini oldini olishda keltirib chiqaruvchi omillarni va xavf omillarini bartaraf etish orqali bolalar serebral falajligi, sensonevral karlik, psixomotor rivojlanishdan ortda qolish kabi asoratlari oldini olishga erishishga yordam berdi. Bu esa o‘z navbatida davlat byudjeti mablag‘larini nogironlik uchun to‘lov, bolalarning har 1 yilda statsionarda 2 marta yotib davolanish, individual yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimida o‘qitish uchun ajratiladigan summani kamaytirishga imkon berdi. Xulosa: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasini rivojlantiruvchi eng muhim etiologik sabablari va asosiy xavf omillarini aniqlash kasallikning og‘ir kechishini va asoratini oldini olishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar bilirubin ensefalopatiyasida nevrologik buzilishlarni baholash BIND va KSD shkalalari bilan laboratoriya ko‘rsatkichlar, ya’ni qondagi bilirubin darajasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlari asosida erta tashxislash, xavfni stratifikatsiya qilish, bemorlarni dinamik va klinik jihatdan prognozlash ahamiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda №83/24 bilan tasdiqlangan «Neonatal va postnatal davrdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 29.12.2024 yildagi №179 sonli buyrug‘i bilan va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasining 23.10.2024 yildagi №901-9-128-TB/2024 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi №18/66 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bilirubin ensefalopatiyasini o‘tkazgan bolalarda klinik-nevrologik holati va psixomotor rivojlanishini dinamik va klinik jixatdan prognozlash va asoratlarini oldini olish bolalardagi psixomotor rivojlanishdan ortda qolishini aniqlash, nogironlikni oldini olish, jamiyatda ularning ijtimoiylashuviga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ibi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining og‘ir kechishining asorati bolalar serebral falajligining giperkinetik shakli hisoblanadi va bunday bolalar uchun bolalikdan nogironlik belgilanadi. Davlat byudjeti tomonidan har yili ajratilgan 11280000 so‘m ajratiladi. Kasallikning erta tashxislash va asoratini oldini olish har bir bemor uchun 11280000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xususan, chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasini erta aniqlash, kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish va jamiyatda profilaktik tadbirlar va prenatal skrining orqali amalga oshirildi va 1 nafar bemor uchun yiliga 11280000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining klinik-nevrologik holati va og‘irlik darajasini erta tashxislash asoratlarini oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkon beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik-nevrologik (BIND, KSD), neyrofiziologik (NSG, EEG) va neyrobiokimyoviy (NSE, S100) ko‘rsatkichlari asosida chaqaloqlarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanishida markaziy asab tizimi zararlanishini ifodalovchi dastlabki prognostik markyorlar aniqganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktabr №83/24 son bilan tasdiqlangan «Neonatal va postnatal davrdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 29.12.2024 yildagi №179 sonli buyrug‘i bilan va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasining 23.10.2024 yildagi №901-9-128-TB/2024 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi №18/66 sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: bilirubin ensefalopatiyasini erta tashxislash va bosh miya zararlanish darajasini aniqlash yordamida jamiyatda nogironlikni kamaytirishga, bolalardagi ruhiy va nutqiy rivojlanishdan ortda qolishni oldini olish esa ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ijtimoiylashuviga, sog‘lom oilaviy muhitni targ‘ib qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bilirubin ensefalopatiyasini og‘irlik darajasini erta aniqlash uning asoratlarini aniqlashga qaratilgan tekshiruvlar mablag‘ini tejash imkonini beradi. Bilirubin ensefalopatiyasini og‘ir shaklini o‘tkazgan 1 nafar bolani tashxislash uchun o‘rta hisobda 975000 so‘m pul sarflanadi. Shunday ekan asoratini oldini olish, qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilmaydi. Davlat byudjeti va oila byudjeti tomonidan 975000 so‘m moliyaviy tomondan sarflanishini oldini olishga erishiladi. Xulosa: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasini erta tashxislash, asoratlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar va laborator mezonlar orqali bajarildi va 1 nafar bemor uchun 975000 so‘m sarflanmaslik imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanish xavf omillari, klinik-nevrologik va neyrobiokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida erta tashxislash mezonlarini takomillashtirish aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktabr №83/24 son bilan tasdiqlangan «Neonatal va postnatal davrdagi bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 29.12.2024 yildagi №179 sonli buyrug‘i bilan va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 23.10.2024 yildagi №901-9-128-TB/2024 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi №18/66 sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: bilirubin ensefalopatiyasini erta aniqlash uchun tuzilgan mezonlar orqali kasallikni erta aniqlash natijasida kasallikning og‘ir asoratlari bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi.Jamiyatda bolalar orasida nogironlikni kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga olib keldi .Shuningdek sog‘lom turmush tarzi va oila salomatligini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bilirubin ensefalopatiyasining erta aniqlash uchun sarflangan mablag‘-300000 so‘m sarflansa, kech tashxislash yoki asoratlangan shaklini tashxislash uchun esa har bir bolaga ajratilgan summa 975000 so‘m sarflanadi. Erta aniqlash va kech aniqlash o‘rtasidagi iqtisodiy farq 675000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: erta aniqlash natijasidagi iqtisodiy samaradorlik 675000 so‘mni tashkil qildi,bu esa davlat byudjeti va oilaning moliyaviy harajatlarini kamaytirishga olib keldi.