Mardonov Kamol Karomat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sud hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Yu1649.
Ilmiy rahbar: Xidoyatov Baxtiyor Batirovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Davlyatov Valisher Xakimjanovich - yuridik fanlar doktori, professor; Shayzakov Shodiyor Ibragimovich - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sud hujjatlarini ijro etishda (jazolarni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmatlaridan tashqari) qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati tushunchasi, ahamiyati hamda ushbu faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni tahlil etish, o‘rganilgan manba va tadqiqot materiallari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash, uning monitoringi mexanizmini takomillashtirish uchun mol-mulk yo‘qligi sababli undiruv amalga oshirilmagan qarzdorlar hisobini aniq yuritish, mol-mulk va pul mablag‘lari aniqlanganda ijro majburiyatini bajarish imkoniyatini ta’minlash maqsadida “Majburiyatlar reestri”ni joriy etish lozimligi asoslantirilgan;
fuqarolarning minimal kundalik turmush ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi sababli undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishi, ularning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanishi lozimligi asoslantirilgan;
davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni saqlash, hisobini yuritish va sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat funksional vazifasiga mos bo‘lganligi sababli tegishli Majburiy ijro byuro (MIB)sining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi lozimligi asoslantirilgan;
ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud yoki boshqa organ hujjati bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilganda qonuniylikni ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni tegishli axborot olingan kunning ertasidan kechiktirmay ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qilish lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Sud hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish asosida:
sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash, uning monitoringi mexanizmini takomillashtirish uchun mol-mulk yo‘qligi sababli undiruv amalga oshirilmagan qarzdorlar hisobini aniq yuritish, mol-mulk va pul mablag‘lari aniqlanganda ijro majburiyatini bajarish imkoniyatini ta’minlash maqsadida “Majburiyatlar reestri”ni joriy etish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–1-son Farmonining ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 20 dekabrdagi 27/2-363-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash, uning monitoringi mexanizmini takomillashtirishga, shuningdek “Majburiyatlar reestrini joriy etish va uning ishlash mehanizmini yanada yaxshilashga xizmat qilgan;
fuqarolar minimal kundalik turmush ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi sababli undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishi, ularning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–1-son Farmonining ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 20-dekabrdagi 27/2-362-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi fuqarolardan qarzdorlik uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishiga hamda fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish taqiqlanishiga oid qoidaning belgilanishiga xizmat qilgan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yishning har bir holati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan jarayon alohida nazoratga olinishi hamda mol-mulkning yagona hisobi yuritilishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015-yil 28-dekabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 128-son buyrug‘ining 3.6-bandini ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020-yil 11-sentyabrdagi 222-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 23-dekabrdagi 27/2-366-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yishning har bir holati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan jarayon alohida nazoratga olinishi hamda mol-mulkning yagona hisobi yuritilishi ustidan prokuror nazoratining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
prokurorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlash bilan bir qatorda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining belgilangan tartib va umumiy shartlarga amal qilgan holda ijro etilganligiga alohida e’tibor qaratish lozimligi”ga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015-yil 28-dekabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 128-son buyrug‘ining uchinchi bandini ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020-yil 11-sentyabrdagi 222-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 23-dekabrda 27/2-365-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi prokurorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlash bilan bir qatorda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining belgilangan tartib va umumiy shartlarga amal qilgan holda ijro etilganligiga alohida e’tibor qaratishga, pirovardda sud hujjatlarining ijro etilishi samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qilgan;
Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shartligi”ga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni 61-band bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 23-dekabrdagi 27/2-364-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi sud hujjatlarining ijro etilishi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.