Tagaev Kamol Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy loyihalashtirish tizimida rahbar kadrlarni tayyorlash masalalari: falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1387
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Turdiev Behruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy loyihalashtirish tizimida rahbar kadrlarni tayyorlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini loyihalashda sinergetik yondashuvni (ochiq, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi murakkab ijtimoiy tizim, tartibsizlik va xaosni bartaraf ettirish, muvofiqlashtiruv, o‘zgaruvchanlik va barqarorlik) qo‘llash hamda boshqarishda passiv ijrochilik emas, balki ijtimoiy jarayonlarni faol boshqaruvchisi va “loyihaviy kompetensiya”, “ma’naviy lider”, “ijtimoiy barqarorlik uchun strategik salohiyat” fazilatlarini shakllantirish muhimligi aniqlangan;
rahbar kadrlar tayyorlashning konseptual paradigmalari va professional kompetensiyani aniqlovchi diagnostik me’zonlari asosida liderlik aspektlari - ijtimoiy-psixologik (emotsional tuyg‘ulari, stressga bardoshliligi), kommunikativ (jamoani boshqarish, tanqidiy baholash) va axloqiy (halollik, adolatparvarlik, mas’uliyatlilik) komponentlar aloqadorligiga bog‘liqligi hamda liderlik imidjini shakllantirishning modulli strukturasiga xos (shaxsiy salohiyat, strategik fikrlash, ijtimoiy hamkorlik) uchun funksional mezonlar ochib berilgan;
rahbar kadrlarni tayyorlash zarurati zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida baholanib, u bozor munosabatlarining institusional shakllanishi, milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasi, sanoat taraqqiyotining intensivligi, demokratik boshqaruv mexanizmlarining evolyusiyasi kabi konseptual asoslar isbotlab berilgan;
ochiq, adaptiv va innovatsion o‘zgaruvchan kadrlar tayyorlash tizimini ijtimoiy loyihalashning asosiy xarakteristikasi sifatida innovatsion jarayonlardagi adekvat o‘zgarishlarning (institusional moslashuvchanlik, ichki strukturaviy elastiklik) mexanizmlari innovatsion texnologiyalarga, raqamli boshqaruv elementlariga, proektiv fikrlashga, kompetensiya asosidagi baholash qobiliyatiga bog‘liqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy loyihalashtirish tizimida rahbar kadrlarni tayyorlash masalalarining falsafiy tahlilini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini loyihalashda sinergetik yondashuvni (ochiq, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi murakkab ijtimoiy tizim, tartibsizlik va xaosni bartaraf ettirish, muvofiqlashtiruv, o‘zgaruvchanlik va barqarorlik) qo‘llash hamda boshqarishda passiv ijrochilik emas, balki ijtimoiy jarayonlarni faol boshqaruvchisi va “loyihaviy kompetensiya”, “ma’naviy lider”, “ijtimoiy barqarorlik uchun strategik salohiyat” fazilatlarini shakllantirish muhimligiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Vuxoriu xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi amaliy loyiha obektidagi masalalarpi ilmiy metodologik va pragmatik tahlillarni amalga oshirishda, nazariy xulosalar chiqarishda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 15-iyuldagi № 02/342-son ma’lumotnomasi) Natijada, ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirishda va akademik tahlillarni boyitishda muhim ilmiy dalil sifatida xizmat qilgan.
rahbar kadrlar tayyorlashning konseptual paradigmalari va professional kompetensiyani aniqlovchi diagnostik me’zonlari asosida liderlik aspektlari - ijtimoiy-psixologik (emotsional tuyg‘ulari, stressga bardoshliligi), kommunikativ (jamoani boshqarish, tanqidiy baholash) va axloqiy (halollik, adolatparvarlik, mas’uliyatlilik) komponentlar aloqadorligiga bog‘liqligi hamda liderlik imidjini shakllantirishning modulli strukturasiga xos (shaxsiy salohiyat, strategik fikrlash, ijtimoiy hamkorlik) uchun funksional mezonlariga doir ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “Madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarda hokimlarning mas’uliyatini oshirish” hamda 41-bandi “Boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-falsafiy aspektlari: tizimli yondashuv” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 15-iyuldagi 02/863-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ijtimoiy tartibini yuksatirish va ijtimoiy tartib mohiyati, jamiyat barqaror rivojlanishidagi muhim tamoyil ekanligi, nazariy, pragmatik mohiyatini tushuntirish orqali tadbirlarning sifati, mazmuni ilmiy va akademik jihatdan takomillashishiga xizmat qilgan;
rahbar kadrlarni tayyorlash zarurati zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida baholanib, u bozor munosabatlarining institusional shakllanishi, milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasi, sanoat taraqqiyotining intensivligi, demokratik boshqaruv mexanizmlarining evolyusiyasi kabi konseptual asoslariga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-son “Aholini ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini aniqlash va ularni ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilligini kuchaytirish” 2021-2022 yy amaliy loyihasi obektida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 15-iyuldagi 04/11-9158-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy metodologik sifatini takomillashtirishga, akademik tahlillarni boyitishga muhim ilmiy dallilar sifatida xizmat qilgan;
ochiq, adaptiv va innovatsion o‘zgaruvchan kadrlar tayyorlash tizimini ijtimoiy loyihalashning asosiy xarakteristikasi sifatida innovatsion jarayonlardagi adekvat o‘zgarishlarning (institusional moslashuvchanlik, ichki strukturaviy elastiklik) mexanizmlari innovatsion texnologiyalarga, raqamli boshqaruv elementlariga, proektiv fikrlashga, kompetensiya asosidagi baholash qobiliyatiga bog‘liqligi asoslangan ilmiy yangiliklar va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida keltirilgan “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 24-maydagi 02-02-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya xodimlarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan.