Aslanov Said Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-falsafiy aspektlari: tizimli yondashuv”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1369
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Qahorova Matlyuba Mannofovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shirinov Anvar Qanotovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli yondashuv asosida boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-falsafiy aspektlari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv funksiyalarining ijtimoiy yaxlitlikni saqlash, faoliyatga qarab taqsimlash kabi tarkibiy xususiyatlari va boshqaruv faoliyatining tizimlilik, funksionallik, qadriyatga asoslanganlik, ijtimoiy mas’uliyat kabi tamoyillari hamda boshqaruv subektlari va obektlari o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tizimlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash tamoyillari ochib berilgan;
jamiyatda boshqaruvning funksional maqomi ijtimoiy shartlanganlik (o‘z-o‘zini boshqarish, barqaror rivojlantirish), moslashuvchanlik (vaziyatga mos, subekt-obekt munosabati) kabi prinsiplarga tayanishi, ijtimoiy zaruriyatlar majmuasi orqali yaxlitlikni ta’minlash, subektiv va obektiv omillarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy o‘zgarishlarga javob bera oladigan dinamik tizim sifatida xususiyatlari jamiyatda barqarorlik, muvozanat va taraqqiyot mezonlariga xizmat qilishi asoslangan;
boshqaruv strukturasidagi analitik vositalar, sun’iy intellekt va resurslar raqamli boshqaruv modelini shakllantirishda va optimallashtirishda tipologik mezon ekanligi, faoliyat samaradorligini baholash indikatori sifatida xususiyat kasb etishi hamda ijtimoiy manfaat mezonlari asosida boshqaruv samaradorligini oshirish paradigmasining yangilanishidagi ahamiyati aniqlashtirilgan;
xodimlarni boshqarish tizimi modellarining intellektual parametrlari (analitik fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish), ijtimoiy-texnologik asoslari (feedback, KPI, HRM platformalar, AI-reyting) va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida shaxsga yo‘naltirilganlik, intellektual sarmoyani qo‘llab-quvvatlash, tezkor va aniq natijadorlik tamoyillari inson kapitalini rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini maqbullashtirish mezoni sifatida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-falsafiy aspektlarini tizimli yondashuvlar asosida tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruv funksiyalarining ijtimoiy yaxlitlikni saqlash, faoliyatga qarab taqsimlash kabi tarkibiy xususiyatlari va boshqaruv faoliyatining tizimlilik, funksionallik, qadriyatga asoslanganlik, ijtimoiy mas’uliyat kabi tamoyillari hamda boshqaruv subektlari va obektlari o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tizimlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash tamoyillariga oid tahlillar, ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bajarilgan IL-662204237-son “Xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalari shakllanishi va rivojlanishining ilmiy-amaliy asoslari” (2023-2024 yy) amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 29-maydagi 04-6136-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv faoliyati jarayonida oʻz-oʻzini takomillashtirishga koʻmaklashuvchi intellektual parametrlarni ochib berishga, personal boshqaruv modelining samaradorlik darajasini oshirishga metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
jamiyatda boshqaruvning funksional maqomi ijtimoiy shartlanganlik (o‘z-o‘zini boshqarish, barqaror rivojlantirish), moslashuvchanlik (vaziyatga mos, subekt-obekt munosabati) kabi prinsiplarga tayanishi, ijtimoiy zaruriyatlar majmuasi orqali yaxlitlikni ta’minlash, subektiv va obektiv omillarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy o‘zgarishlarga javob bera oladigan dinamik tizim sifatida xususiyatlari jamiyatda barqarorlik, muvozanat va taraqqiyot mezonlariga xizmat qilishiga doir umumlashmalar va xulosalardan Imom Vuxoriu xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil Amaliy loyiha obektidagi masalalarni ilmiy metodologik va muammoli tahlillarni amalga oshirish faoliyatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 24-maydagi 02/257-son ma’lumotnomasi) Natijada, pragmatik tahlillarni amalga oshirishga, tadqiqotlarning mazmuni va ilmiy saviyasini takomillashuviga xizmat qilgan;
boshqaruv strukturasidagi analitik vositalar, sun’iy intellekt va resurslar raqamli boshqaruv modelini shakllantirishda va optimallashtirishda tipologik mezon ekanligi, faoliyat samaradorligini baholash indikatori sifatida xususiyat kasb etishi hamda ijtimoiy manfaat mezonlari asosida boshqaruv samaradorligini oshirish paradigmasining yangilanishidagi ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklar va takliflardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi 5.1. Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish hamda 5.1.1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarni bajarishda, o‘quvlar va mafkuraviy targ‘ibot ishlarini olb borishda foydalanilgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 21-maydagi 02/02-48-son ma’lumotnomasi). Natijada, saylovoldi dasturining davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xodimlarni boshqarish tizimi modellarining intellektual parametrlari (analitik fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish), ijtimoiy-texnologik asoslari (feedback, KPI, HRM platformalar, AI-reyting) va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida shaxsga yo‘naltirilganlik, intellektual sarmoyani qo‘llab-quvvatlash, tezkor va aniq natijadorlik tamoyillariga oid ilmiy-nazariy tahlillar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan, 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “Madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlar” 41-bandi hokimlarning mas’uliyatini oshirish, tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ishga tushirish hamda, hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha ravishda ma’naviyat sektorlari tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-maydagi 10/291-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv faoliyatini o‘z-o‘zini takomillashtirishga, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ijtimoiy texnologiyalarni qo‘llash samaradorligining nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil etishga xizmat qilgan.