Ruzmetova Gulira’no Atabekovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson kapitalini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5189.
Ilmiy rahbar: Sherov Alisher Bakberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Dilshod Tuxtaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida inson kapitalini rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yoʻnalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida inson kapitali (HC – human capital) omilini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect), boshqaruv va institutsional sifat (GIQ – Governance and Institutional Quality), ekologik sifat (EQ – Environmental Quality), infratuzilma rivojlanishi (ID – Infrastructure Development) omillari orqali bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli taklif etilgan;
mintaqani inson kapitali ko‘rsatkichlari asosida “K-means” klasterlash usuli bo‘yicha “yuqori darajadagi inson kapitali klasteri – {Urganch sh.}”, “o‘rta darajadagi inson kapitali klasteri – {Xiva sh., Yangiariq, Yangibozor}”, “o‘rta darajadan past inson kapitali klasteri – {Bogʻot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot}”, “past darajadagi inson kapitali klasteri – {Tuproqqa’la}” ga ajratish taklif etilgan;
inson kapitalini ifodalovchi ta’lim sohasiga investisiyalar, sogʻliqni saqlash xarajatlari, bandlik darajasi omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.48%; +0.26%; +0.67%) va uzoq muddatli (+6.34%; +5.29%; +2.46%) ta’sir darajasini aniqlash modeli taklif etilgan;
mintaqa inson kapitalini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining
2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi determinantlar inson kapitali (HC – human capital) omilini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect), boshqaruv va institutsional sifat (GIQ – Governance and Institutional Quality), ekologik sifat (EQ – Environmental Quality), infratuzilma rivojlanishi (ID – Infrastructure Development) omillari orqali bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisidagi PQ-54-sonli qarorining ijrosi haqida”gi 70-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-maydagi 7-2117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi inson kapitali omilini mintaqa iqtisodiy o‘sishiga bevosita ijobiy ta’siri hamda boshqaruv va institutsional sifat, ekologik sifat, infratuzilma rivojlanishi omillari orqali esa bilvosita ijobiy ta’sirlarni shuningdek, ushbu ta’sirlar orqali yuqoridagi omillarning umumiy ta’sir darajalarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqani inson kapitali ko‘rsatkichlari asosida “K-means” klasterlash usuli bo‘yicha “yuqori darajadagi inson kapitali klasteri – {Urganch sh.}”, “o‘rta darajadagi inson kapitali klasteri – {Xiva sh., Yangiariq, Yangibozor}”, “o‘rta darajadan past inson kapitali klasteri – {Bogʻot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot}”, “past darajadagi inson kapitali klasteri – {Tuproqqa’la}” ga ajratish bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisidagi PQ-54-sonli qarorining ijrosi haqida”gi 70-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-maydagi 7-2117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga (sinflarga) ajratish hamda ushbu hududlarda inson kapiatlini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bergan;
inson kapitalini ifodalovchi ta’lim sohasiga investisiyalar, sogʻliqni saqlash xarajatlari, bandlik darajasi omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.48%; +0.26%; +0.67%) va uzoq muddatli (+6.34%; +5.29%; +2.46%) ta’sir darajasini aniqlash modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisidagi PQ-54-sonli qarorining ijrosi haqida”gi 70-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-maydagi 7-2117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida inson kapitalini asosiy ko‘rsatkichlarining mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq instrumentlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqa inson kapitalini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisidagi PQ-54-sonli qarorining ijrosi haqida”gi 70-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-maydagi 7-2117-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasini amaliyotda qo‘llash orqali mintaqa inson kapitalini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyatini aniqlashga zamin yaratgan.