Xasanova Maftuna Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Masjidlar arxitekturasi va ularning kompozision-tipologik echimlari: an’ana va zamonaviylik (Toshkent shahri misolida)”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/A116.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Abdurahimov Rustam Botirjanovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent masjidlari arxitekturasini ochib berish va ularning kompozision-tipologik echimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy masjidlar tarhiy echimida kvadrat, to‘g‘ri to‘rturchak shakllar ustuvorlik qilgan bo‘lsa, bugungi kunda barpo etilayotgan zamonaviy masjidlar tipologiyasida sakkizqirrali (ba’zida to‘qqizqirrali), kvadrat, aylanasimon, “hi-tech”, to‘g‘ri to‘rtburchak kabi rejaviy shakllar ustuvorlik kasb etayotganligi aniqlangan;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida Toshkentda masjidlar soni o‘zgarib turganligi, jumladan 1868 yilda 297 ta, 1873 yilda 248 ta, 1911 yilda 345 ta, 1912 yilda 333 ta masjid bo‘lganligi, shaharning evropa qismida ham masjidlar ko‘payib, 1911 yilda ularning soni 12 taga etganligi dalillangan;
zamonaviy masjidlar arxitekturasini shakllantirishda peshtoq, minora, gumbaz kabi an’anaviy hajmiy-kompozisiyaviy elementlar muhim ahamiyat kasb etayotganligi asoslangan;
Toshkent shahrida bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 135 ta masjidlarning joylashuv o‘rni Toshkent shahri xaritasida belgilanib, masjidlar qurilish uslublariga ko‘ra an’anaviy (82 ta), xorij ta’sirida (49 ta), “hi-tech” (4 ta) kabi uchta turga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masjidlar arxitekturasi va ularning tipologik echimlari (Toshkent shahri misolida) mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tarixiy masjidlar tarhiy echimida kvadrat, to‘g‘ri to‘rturchak shakllar ustuvorlik qilgan bo‘lsa, bugungi kunda barpo etilayotgan zamonaviy masjidlar tipologiyasida sakkizqirrali (ba’zida to‘qqizqirrali), kvadrat, aylanasimon, “hi-tech”, to‘g‘ri to‘rtburchak kabi rejaviy shakllar ustuvorlik kasb etayotganligi aniqlanganligi hamda XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida Toshkentda masjidlar soni o‘zgarib turganligi, jumladan 1868 yilda 297 ta, 1873 yilda 248 ta, 1911 yilda 345 ta, 1912 yilda 333 ta masjid bo‘lganligi, shaharning evropa qismida ham masjidlar ko‘payib, 1911 yilda, ularning soni 12 taga etganligi dalillanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 23 iyundagi 04-10/2535-son, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil 27 iyundagi 02-02/1847-son ma’lumotnomalari). Natijada Toshkent masjidlarining rivojlanish bosqichlari, tipologik echimlari va sonlari xususida aniq tasavvur hosil qilish imkoni yaratilgan;
zamonaviy masjidlar arxitekturasini shakllantirishda peshtoq, minora, gumbaz kabi an’anaviy hajmiy-kompozisiyaviy elementlar muhim ahamiyat kasb etayotganligi asoslanganligi hamda Toshkent shahrida bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 135 ta masjidlarning joylashuv o‘rni Toshkent shahri xaritasida belgilanib, masjidlar qurilish uslublariga ko‘ra an’anaviy (82 ta), xorij ta’sirida (49 ta), “hi-tech” (4 ta) kabi uchta turga ajratilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 23 iyundagi 04-10/2535-son, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil 27 iyundagi 02-02/1847-son ma’lumotnomalari). Natijada bugungi kunda faoliyat olib borayotgan Toshkent masjidlarining qurilish uslublari va ularning arxitekturasi bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar olish imkoniyati yaratilgan.