Juraeva Sarvinoz G‘afur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Maqbaralar me’morligi va ularning tipologik echimlari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/A170.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Gilmanova Nafisa Valiaxmedovna, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqbaralar me’morligining o‘ziga xos jihatlari va ularning tipologik echimlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqbaralar tipologik echimiga ko‘ra dastlab kvadrat (chortoq) kompozisiyada shakllanganligi; keyinchalik peshtoqli, sakkizqirrali, xochsimon, aylanasimon, tashqarisi to‘rtburchak ichi aylanasimon tarhiy echimlar rivojlanganligi; XIV-XV asrlarda tarhiy echimlar takomillashib, qo‘shimcha xonalar (ziyoratxona, ayvon, masjid, xonaqoh, ba’zi hollarda chillaxona) qo‘shilib, o‘lchamlari hajmiy jihatdan oshganligi asoslangan;
dastlabki maqbaralar arxitekturasida kub va gumbaz shaklining ustuvorligi, ularda X asrdan boshlab peshtoq qismlarining rivojlana boshlaganligi, temuriylar davri maqbaralarida ulug‘vorlik va hashamdorlikning oshganligi, so‘nggi o‘rta asrlarda esa arxitektura echimlarining yana soddalasha borganligi aniqlangan;
ilk maqbaralar (IX-X asrlar) bir qobiqli yarimsharsimon shakldagi gumbaz bilan yopilganligi, XI-XII asrlardan ikki qobiqli konussimon gumbaz ham qo‘llanila boshlaganligi, XIV-XV asrlardan gumbaz balandliklari baland barabanlar hisobiga sezilarli darajada oshganligi asoslangan;
Movarounnahrda maqbaralar bir kamerali va ko‘p kamerali tipologiyada shakllanganligi, bir kamerali maqbaralar - markaziy, peshtoq-gumbazli, chillaxonali kompozisiyada, ko‘p kamerali maqbaralar esa bo‘ylama o‘qli, ko‘ndalang o‘qli, xochsimon, majmuaviy kompozisiyalarda bunyod etilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maqbaralar me’morligi va ularning tipologik echimlari mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maqbaralar tipologik echimiga ko‘ra dastlab kvadrat (chortoq) kompozisiyada shakllanganligi; keyinchalik peshtoqli, sakkizqirrali, xochsimon, aylanasimon, tashqarisi to‘rtburchak ichi aylanasimon tarhiy echimlar rivojlanganligi; XIV-XV asrlarda tarhiy echimlar takomillashib, qo‘shimcha xonalar (ziyoratxona, ba’zi hollarda chillaxona) qo‘shilib, o‘lchamlari hajmiy jihatdan oshganligi asoslanganligi hamda dastlabki maqbaralar arxitekturasida kub va gumbaz shaklining ustuvorligi, ularda X asrdan boshlab peshtoq qismlarining rivojlana boshlaganligi, temuriylar davri maqbaralarida ulug‘vorlik va hashamdorlikning oshganligi, so‘nggi o‘rta asrlarda esa arxitektura echimlarining yana soddalasha borganligi aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatilarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 23 iyundagi 04-10/2548-son, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil 27 iyundagi 02-02/02/1/1852-son ma’lumotnomalari). Natijada Movarounnahrda maqbaralarning rivojlanish bosqichlari, tipologik echimlari xususida aniq tasavvur hosil qilish imkoni yaratilgan;
dastlabki maqbaralar (IX-X asrlar) bir qobiqli yarimsharsimon shakldagi gumbaz bilan yopilganligi, XI-XII asrlardan ikki qobiqli konussimon gumbaz ham qo‘llanila boshlaganligi, XIV-XV asrlardan gumbaz balandliklari baland barabanlar hisobiga sezilarli darajada oshganligi asoslangan hamda Movarounnahrda maqbaralar bir kamerali va ko‘p kamerali tipologiyada shakllanganligi, bir kamerali maqbaralar - markaziy, peshtoq-gumbazli, chillaxonali kompozisiyada, ko‘p kamerali maqbaralar esa bo‘ylama o‘qli, ko‘ndalang o‘qli, xochsimon, majmuaviy kompozisiyalarda bunyod etilganligi aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatilarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 23 iyundagi 04-10/2548-son, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil 27 iyundagi 02-02/02/1/1852-son ma’lumotnomalari). Natijada maqbaralarning tipologik va konstruktiv echimlari xususida ilmiy asoslangan tushunchalar olish imkoniyati yaratilgan;
respublikamizda yakka tartibda qurilgan maqbaralar soni jihatidan Farg‘ona (77 ta) va Qashqadaryo (75 ta) viloyatlarida ko‘pligi, davr bo‘yicha esa XIX asrda maqbaralar ko‘p qurilganligi (76 ta), maqbaralarning tipologik jihatidan asosan bir va ikki kamerali tarzda shakllanganligi, XV-XVI asrdan Xorazm va Buxoro hududlarida uch kamerali tipologiyada ham maqbaralar qurilganligi, Samarqand viloyatining Nurobod tumani Tim qishlog‘ida joylashgan 977 yilda qurilgan Arab ota maqbarasi haqidagi ilmiy ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 03 oktyabridagi 06-28-856-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning O‘zbekiston hududidagi maqbaralarning o‘ziga xos me’moriy echimlari xususida ilmiy ma’lumotlar olishiga erishilgan.