Zakirova Munisa Shuhrat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy shaharsozlikda sanoat hududlarining joylashuvi va ekologik asoslari”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/A150. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Adilov Zarifjon Himmatovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02. 
Rasmiy opponentlar: Salimov Orifjon Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Eshatov Ikrom Qo‘zievich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkentboshplan LITI” Bosh loyiha instituti davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar muhitidagi sanoat hududlarini ekologik talablar bo‘yicha shakllantirish tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar hududida ekologik barqaror sanoat zonalarini tabiiy-geografik, antropogen, ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik jihatdan joylashtirishni samardor tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
sanoat hududlarini shahar muhiti bilan o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, shovqinni kamaytirish, ekologik talablardan kelib chiqqan holda kompleks qayta shakllantirish orqali tasniflangan;
shahar muhitida sanoat zonalari atrofidagi mavjud sanitar muhofaza hududlari negizida “yashil belbog‘” larni tashkil qilish, qurilish iqlimiy va ishlab chiqarish turlarini inobatga olgan holda post-sanoat hududlarni eko-rekonstruksiya, eko-renovatsiya va rekul`tivatsiya qilish tamoyillari ishlab chiqilgan;
sanitar muhofaza hududlarini vizual jozibadorligi landshaft kompozisiya echimlari, hududga mos kichik arxitekturaviy shakllar, hududning umumiy estetik qiyofasini shakllantirish, sanoat hududi va shahar muhiti uyg‘unligini ta’minlash orqali “dizayn kod” innovatsion yondashuvlari ishlab chiqilgan;
sanoat hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda manzarali va tashqi ta’sirlarga chidamli daraxtlar, buta turlari sanoat ishlab chiarish turlarini hamda iqlimiy mintaqalarni inobatga olgan holda qo‘llash bo‘yicha o‘simliklar assortimenti shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy shaharsozlikda sanoat hududlarining joylashuvi va ekologik asoslari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
shahar hududida ekologik barqaror sanoat zonalarini iqlimiy, antropogen, ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik jihatdan joylashtirishni samarador tashkil etishni takomillashtirish orqali shahar muhitida sanoat zonalari atrofidagi mavjud sanitar muhofaza hududlari negizida “yashil belbog‘” larni tashkil qilish yuzasidan olingan xulosalar “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan ShNQ 3.01.05-22 raqamli “Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish” nomli shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2605-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat hududlarini shaharsozlik nuqtai nazaridan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
sanoat hududlarini shahar muhiti bilan o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, shovqinni kamaytirish, ekologik talablardan kelib chiqqan holda kompleks qayta shakllantirish yuzasidan olingan xulosalar “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan ShNQ 3.01.05-22 raqamli “Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish” nomli shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2605-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat hududlarini shaharsozlik nuqtai nazaridan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
sanitariya-muhofaza hududlarini vizual jozibadorligi landshaft kompozisiya echimlari, hududga mos kichik arxitekturaviy shakllar, hududning umumiy estetik qiyofasini shakllantirish, sanoat hududi va shahar muhiti uyg‘unligini ta’minlash yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “dizayn kod. Umumiy talablar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24-06/2605-son ma’lumotnomasi). Shahar hududida joylashgan sanoat zonalari muhitini ishchi loyihalarini tuzish, hamda ularni tartibga solish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan; 
sanoat hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda manzarali va tashqi ta’sirlarga chidamli daraxtlar, buta turlari sanoat ishlab chiqarish turlarini hamda iqlimiy mintaqalarni inobatga olgan holda qo‘llash bo‘yicha olingan xulosalar “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan ShNQ 3.01.05-22 raqamli “Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish” nomli shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2605-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat hududlarini shaharsozlik nuqtai nazaridan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish