Tajibaev Jur’at Xamroevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston shaharlarining tarixiy hududlari “dizayn kod” qoidalarini shakllantirish tamoyillari (Buxoro va Samarqand shaharlari misolida)”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/A131.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Matniyazov Zafarbek Erkinovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannob Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mustaev Baxrom Baxodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot sifatida: “O‘zshaharsozlikLITI” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaharning anʼanaviy arxitekturasi, madaniyati va tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, tarixiy hududlar uchun “dizayn-kod” qoidalarini shakllantirishning asosiy xususiyatlari va tamoyillarini ilmiy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy hududlarning me’moriy-muhit xususiyatlarini, fazoviy tuzilmasini, madaniy identifikatsiyasini hisobga olgan holda dizayn-kod elementlarining ikki turi, ya’ni, tarixiy muhit uslubini takrorlaydigan, an’anaviy me’morchilikning o‘ziga xos jihatlarini yanada kuchaytiradigan “boyituvchi” turi va tarixiy muhitga stilistik jihatdan moslashtirilgan, tarixiy obektlarning vizual ustuvorligini buzmasdan umumiy muvozanatni saqlaydigan “ko‘rinmas” turi asoslangan;
me’moriy obektlarning joylashuvi, ko‘rish nuqtalari, hududiy chegaralari, hajmiy-rejaviy va kompozisiyaviy echimlari bo‘yicha, ko‘cha toifalari o‘rtasidagi dizayn-kod qoidalarining ta’sir doirasini belgilovchi, ularning vizual va funksional chegaralarini aniqlovchi “dizayn-kod chizig‘i” tushunchasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
me’moriy yodgorliklarning qadimiyligi, tarixiy hudud va chegaralari, o‘ziga xosligi, noyob badiiy echimlari, ranglar uyg‘unligi, bezak va ornamentlari asosida, tarixiy muhitni muhofaza qilish, shaharning vizual imidjini shakllantirish, funksional va estetik jozibadorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dizayn-kodning beshta ustuvor tamoyili - “tarixiylik”, “an’anaviylik”, “individuallik”, “qulaylik” va “moslashuvchanlik” ishlab chiqilgan;
Buxoro va Samarqandning tarixiy hududlari uchun ularning an’anaviy arxitekturasi, tabiiy-iqlim sharoitlari va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda, dizayn-kod elementlarining funksional va rejaviy echimlarini belgilovchi “Dizayn-kod” tavsiyanomalari ishlab chiqilgan, shuningdek, ushbu hududlarga mos kichik me’moriy shakllar va fasad elementlarining virtual modellar katalogi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston shaharlarining tarixiy hududlari ’dizayn-kod’ qoidalarini shakllantirish tamoyillari (Buxoro va Samarqand shaharlari misolida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaharlarning tarixiy markazlarida joylashgan me’moriy obidalar, moddiy va madaniy meros obektlari, bino va inshootlarning tarixiylik belgilari hamda dominantlik omillari, milliy an’analar va qadriyatlar asosida rivojlanayotgan turizm, xizmat ko‘rsatish va tijorat obektlarining jozibadorligini taminlash, shuningdek, tarixiy rekreatsion joylar infratuzilmasining sifatini oshirish, hudud individualligini ta’kidlash maqsadida “dizayn-kod” elementlarining “boyituvchi” va “ko‘rinmas” turlari konseptual jihatdan asoslab taklif etilgan, ushbu yondashuv asosida yaratilgan kichik me’moriy shakllarning virtual modellari oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Shahar kichik me’moriy shakllari” nomli texnikaviy shart loyihasini ishlab chiqishda amaliy asos sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17- oktyabrdagi 354-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2D va 3D formatdagi dizayn-kod elementlarining virtual modellarini ishlab chiqish orqali tarixiy hududlarda qo‘llanilishi tavsiya etilgan kichik me’moriy shakllarning namunaviy bazasi kengaytirilgan, tarixiy hududlar uchun bajariladigan loyihalarning standartlashtirilishiga, ularni nazorat qilish va boshqarish mexanizmlarining soddalashtirilishiga xizmat qilgan;
tarixiy hududda dizayn-kod bo‘yicha bino fasadlarining rang echimlarini aniqlash usullari va ko‘chalar toifasi o‘rtasidagi chegaralarni “dizayn-kod chizig‘i” orqali belgilash takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Fasadlar. Texnik shartlar” nomli texnikaviy shartni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17-oktyabrdagi 353-son ma’lumotnomasi). Natijada, me’moriy hududlarda, jumladan shaharning tarixiy qismlarida joylashgan bino va inshootlar fasadlarining ishchi loyihalarini tuzishni hamda ularni tartibga solish qoidalarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
me’moriy yodgorliklarning tarixiy chegaralari, ko‘rish nuqtalari, mavsumiy koloritlari, vizual jozibadorlik xususiyatlari, bezak va ornamentlariga asoslangan holda “dizayn-kod” qoidalarini shakllantirishga doir, ustuvor tamoyillar -“tarixiylik”, “an’anaviylik”, “individuallik”, “qulaylik” va “moslashuvchanlik” asosida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan “DIZAYN KOD. Umumiy talablar” nomli texnikaviy shart loyihasini ishlab chiqishda amaliy asos sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17- oktyabrdagi 352-son ma’lumotnomasi). Natijada, “dizayn-kod” talablarini shakllantirish, tarixiy hududlarni me’moriy jihatdan kompleks tarzda qayta tashkil etish, ularni muhofaza qilish va himoya hududlarini belgilash, shuningdek, ushbu jarayonlarni tartibga solish bo‘yicha amaliy samaradorlikka erishilgan;
tarixiy hududlarning me’moriy va madaniy an’analariga hamda zamonaviy shaharsozlik talablariga muvofiq holda, dizayn-kod elementlarining funksional va rejaviy echimlarini belgilovchi, yangi dizayn konsepsiyasiga ega ko‘cha elementlarining virtual modellar to‘plami ishlab chiqilgan. Ushbu innovatsion dizayn-kod ishlanmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan sanoat namunasi sifatida ro‘yxatga olinib, 2023-yil 27-fevralda № SAP 02459, № SAP 02460, № SAP 02463, № SAP 02464, № SAP 02467, № SAP 02468 raqamli patentlar bilan huquqiy jihatdan muhofaza qilingan. Natijada, dizayn-kod elementlarini standartlashtirilgan shaklda tizimli joriy etish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu shahar muhitining vizual yaxlitligini ta’minlash, estetika va funksionallikni muvozanatlashtirish, hududning arxitektura brendini shakllantirish hamda hududlararo identifikatsiyani kuchaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish