Musaeva Zumrad Muxitdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Shaharlarni rekonstruksiya qilishda bolalar ta’lim muassasalari joylashuvining shaharsozlik va ekologik masalalari”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/A154.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Adilov Zarifjon Himmatovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, professor; Qosimov Ilxom Maribovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkentboshplan LITI” Bosh loyiha instituti davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaharlar rekonstruksiyasi jarayonida bolalar ta’lim muassasalarini shaharsozlik va ekologik jihatdan joylashuvi takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari holatini kompleks baholashning shaharsozlik yondashuvi, joylashuv tamoyili, hajmiy-fazoviy echim, qurilish materiallari, tabiiy yoritilish, shamollatish, ko‘kalamzorlashtirish, o‘yin maydonchalari, ichki makon funksionalligi, energiya tejamkorlik, sanitariya-gigiena holati va rekonstruksiya imkoniyati mezonlari asosida tahliliy matrisa ishlab chiqilib, ushbu matrisa asosida MTT holatini baholash, joylashtirish muammolarini aniqlash va qarorlar qabul qilishni ilmiy asoslash uchun axborotlar bazasini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan;
MTT etishmovchiligini bartaraf etish bo‘yicha mavjud MTT binolarida qo‘shimcha guruhlar tashkil etish yoki qo‘shimcha bino qurish, maktab binolarida maktabgacha tayyorlov guruhlarini joriy etish, idoraviy bog‘chalarni tiklash, yangi obektlar qurish, rennovatsiya qilingan eski bog‘chalarni qayta ishga tushirish, oilaviy bolalar bog‘chalari turlarini ochish va xususiy bog‘chalarni rivojlantirish kabi kompleks amaliy choralar modeli, uni amalga oshirish bo‘yicha MTTlari joylashuvining amaliy holatlari asosida uchta – mustaqil bino, mavjud binolarga qo‘shilgan va vertikal (ko‘p qavatli) bog‘cha tamoyillari tizimlashtirilgan hamda ular asosida qayta qurish, to‘ldirish va kompleks rivojlantirish usullari ishlab chiqilgan;
MTTlarini hududiy va funksional jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish maqsadida ularning turi, sig‘imi, joylashuvi va arxitektura qulayligiga asoslangan klassifikatsiya modeli tizimlashtirillgan;
MTTlarni ekologik jihatdan xavfsiz joylashtirish maqsadida, havo ifloslanishi (avtomobil yo‘llariga yaqinlik), shovqin darajasining yuqoriligi, qurilish materiallarining ekologik xavfsizligi kafolatlanmaganligi, yashil hududlar etishmasligi, issiqlik orollari effekti, suv resurslaridan samarasiz foydalanish, elektromagnit nurlanish manbalariga yaqinlik va radiatsion fonni nazorat qilmaslik kabi omillarni inobatga olgan holda kompleks yondashuv modeli ishlab chiqilgan;
ekodizaynning maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun energiya tejamkorligi, yashil hudud ustuvorligi, chiqindilarni kamaytirish, ekologik materiallardan foydalanish hamda sog‘lom mikroiqlim yaratish kabi tamoyili birinchi marta tizimlashtirilgan va MTTlari uchun ekologik barqarorlikni ta’minlaydigan amaliy loyihalash modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharlarni rekonstruksiya qilishda bolalar ta’lim muassasalarini joylashuvining shaharsozlik va ekologik muhiti dizaynini kompleks tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shahar hududida maktabgacha ta’lim muassasalarini joylashtirishda ekologik xavfsizlik, funksional qulaylik va barqaror rivojlanish tamoyillarini inobatga olgan holda ularning joylashuvini shaharsozlik, ekologik va demografik jihatdan samarali tashkil etish, hududiy rejalashtirishda yashil hududlar ulushini oshirish, energiya tejamkor ekodizayn echimlaridan foydalanish, shuningdek, ko‘p mezonli baholash asosida MTTlar uchun maqbul joylashtirish variantlarini aniqlash yuzasidan olingan xulosalar “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan ShNQ 3.01.05-22 raqamli “Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish” nomli shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada MTT hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarining hududiy rejalashtirilishi, ichki va tashqi makon funksionalligi, tabiiy yorug‘lik va shamollatishdan samarali foydalanish, ekologik materiallar asosida estetik jihatdan qulay arxitektura shakllarini yaratish, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni makon tarkibiga integratsiyalash, bolalar uchun xavfsiz va jozibador landshaft muhitini shakllantirish, shuningdek, ekodizayn tamoyillarini tizimli qo‘llash orqali vizual, funksional va ekologik uyg‘unlikni ta’minlash yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Dizayn kod. Umumiy talablar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari hududlari uchun arxitektura-dizayn echimlari asosida ishchi loyihalarni shakllantirish hamda ularni tartibga solish bo‘yicha samaradorlikka erishilgan;
shaharlarni rekonstruksiya qilishda MTT hududlarida ekologik muammolarni yaxshilash yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Dizayn kod. Shahar kichik me’moriy shakllari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (27-sonli dalolatnoma, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar hududlarida, jamoat joylari, bog‘-park hududlari, madaniy meros obektlari hududlarida joylashgan kichik me’moriy obektlardan foydalanish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarida arxitektura-estetik muvozanatni ta’minlash, bolalar uchun xavfsiz va funksional kichik me’moriy shakllar (soya-saroychalar, o‘rindiqlar, dekorativ elementlar)ni landshaft kompozisiyasi bilan uyg‘unlashtirish, yashil hududlar va o‘yin maydonchalari dizaynini muvofiqlashtirish, MTT atrofi vizual yaxlitligini shakllantirishga qaratilgan kompleks ekodizayn yondashuvi asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Dizayn kod. Shahar kichik me’moriy shakllari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (27-sonli dalolatnoma, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar hududlarida, jamoat joylari, bog‘-park hududlari, madaniy meros obektlari hududlarida joylashgan kichik me’moriy obektlardan foydalanish bo‘yicha samaradorlikka erishilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarini funksional va arxitektura jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish, ularning sig‘imi, joylashuvi, ekologik materiallardan foydalanish, tabiiy yorug‘lik va shamollatish imkoniyatlarini inobatga olgan holda sog‘lom va energiya tejamkor muhit yaratish, shuningdek, binolar fasadini atrof-muhitga estetik uyg‘unlikda shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Dizayn kod. Fasadlar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (26-sonli dalolatnoma, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharning yaxlit me’moriy va estetik qiyofasini shakllantirish bo‘yicha samaradorlikka erishilgan.