Isakova Muqaddas Badirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Imkoniyati cheklangan aholi uchun ixtisoslashgan markazlarning arxitektura muhitini tashkil etish tamoyillari”, 18.00.02– Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish.Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/A78.
Ilmiy rahbar: Nazarova Dinara Anvarovna, arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Kamol Jalolovich texnika fanlari doktori, professor; Matniyazov Zafar Erkinovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik” LITI DK
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan aholi uchun inklyuziv universal muhit echimlari va ixtisoslashgan markazlarni tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zi ojizlar va tayanch-harakat tizimi buzilgan insonlar harakatlanish traektoriyalarini aniqlash orqali muhim obektlar va hududiy joylashuviga ko‘ra 300 metrli radius diapazon ichida asosiy xizmat ko‘rsatish, tibbiy va reabilitatsiya muassasalari, tezkor yordam punktlari va harakatlanishni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma elementlari joylashtirilishi; birlamchi obektlarga nisbatan 50-100 metr, kundalik foydalaniladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar, shaxsiy yordam va reabilitatsiya vositalari markazlari, psixologik va maslahat xizmatlari kabi obektlar, ikkilamchi obektlarga nisbatan 150-300 metrgacha radius diapazonlarida joylashtirilishi funksional va ergonomik jihatdan asoslangan;
imkoniyati cheklanganlar uchun ikki kategoriyalar bo‘yicha ixtisoslashgan markazlar ratsional joylashuv diapazonini belgilash orqali shaharsozlik infratuzilma obektlariga integratsiya qilishning funksional hududiy rejalashtirish, transport-kommunikatsiya tizimlari bilan uzviy bog‘lanish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obektlar tarmog‘i bilan birlashuv, xavfsiz va qisqa harakatlanish marshrutlarini shakllantirish kabi yo‘llari aniqlanib, binolarning ichki muhitidan boshlab tashqariga chiqish yo‘llari, ko‘cha piyodalar yo‘laklari orqali bekatlar hamda birlamchi va ikkilamchi obektlargacha etib borish yo‘lida to‘siqsiz, uzlyuksiz va ergonomik talablar asosida shakllangan harakatlanish tizimini tashkil etish bo‘yicha kompleks taklif ishlab chiqilgan;
avtovokzallar, jamoat transport bekatlari, avtoturargohlar, aerovokzallar, temir yo‘l vokzallarida, asfalt yoki pol qismiga chizilgan “nogironlar belgisi” vizual aniq ko‘rinishi va uzoq masofadan oson idrok qilinishi sababli 1,3 m, transport vositalari harakatlanish xavfsizligini ta’minlash va markazlashtirilgan vizual navigatsiyani engillashtirish sababli balandligi 1,5 m bo‘lishi hamda transport vositalarining asosiy harakat yo‘llarining chetki qismida ham nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish va piyodalar yo‘lkasiga o‘tish uchun panduslar joylashtirilishi, universal dizayn va to‘siqlarsiz muhitni shakllantirish tamoyillari shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan;
shahar infratuzilmasida mavjudlik parametrlarini tizimlashtirish modelini ishlab chiqish orqali nogironlar uchun sxematik tuzilmalarni tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha qulaylik, xavfsizlik va axborotlashtirish mezonlariga asoslangan funksional zonalash, harakatlanish traektoriyalarining optimal uzunligi va yo‘nalishlari, taktil va vizual navigatsiya tizimlarini joriy etish, signalizatsiya va ogohlantirish vositalarini joylashtirish, hamda zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari integratsiyasi kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar infratuzilmalarida nogironlar uchun to‘siqsiz muhit tashkil etish va ixtisoslashgan markazlar arxitekturaviy muhitini tashkil etishda me'yoriy qoidalarga takliflar kiritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
qurilish me'yoriy qoidalarida imkoniyati cheklangan aholi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ijtimoiy-nazariy va uslubiy asoslar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan markazlarni shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar chuqur tahlil qilingan. Tahlillar natijasida universal dizayn, to‘siqlarsiz muhit, funksional zonalash, xavfsizlik, ergonomika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish tamoyillarining amaliy ahamiyati asoslab berildi. Ushbu ilmiy natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasining milliy shaharsozlik siyosatini xalqaro talablarga moslashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning shahar infratuzilmasidan erkin, xavfsiz va teng foydalanishini ta’minlash maqsadida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jamoat joylari, avtoturargohlar, transport bekatlari va xizmat ko‘rsatish obektlari hududida asfalt yoki pol qismiga chiziladigan “faqat nogironlar” belgisi kengligi 1,3 metr va balandligi 1,5 metr etib belgilandi, bu esa belgilarning uzoq masofadan ham vizual ravishda aniq ko‘rinishini ta’minlash va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘nalishni to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini yaratadi. Maxsus to‘xtash joylari uchun o‘rnatiladigan "faqat nogironlar" belgisi ustunlarda er sathidan 1,5 metr balandlikda, piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilmaydigan masofada joylashtirilishi belgilandi, bu esa transport vositalari haydovchilari uchun ko‘rsatkichlarning aniq ko‘rinishini va piyodalar xavfsizligini ta’minlaydi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishini qulay va xavfsiz tashkil etish maqsadida piyodalar yo‘lkasiga o‘tish joylarida maxsus panduslar joylashtirish talabi joriy etildi, bunda panduslarning qiyalik burchagi, kengligi, tutqichlar va sirpanishga qarshi qoplamalar bo‘yicha ham maxsus texnik parametrlar belgilab berildi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2025 yil 31 yanvar 235-son dalolatnomasi) Natijada shahar infratuzilmasida imkoniyati cheklangan aholi uchun xavfsiz, qulay, funksional va zamonaviy arxitektura muhiti shakllantirishning huquqiy-me'yoriy asoslari takomillashtirildi va milliy shaharsozlik amaliyotida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish, mustaqil harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi kompleks yondashuv samaradorligini oshirishga erishilgan;
shahrimizdagi nogiron bolalar ta’lim muassasalarining arxitektura-rejalashtirish xususiyatlari zamonaviy ilm-fan va amaliy tajriba nuqtai nazaridan tizimli ravishda o‘rganish, mavjud ta’lim muassasalarining holati har tomonlama monitoring qilinib, nogironlikning turli shakllari (harakatlanish cheklovlari, eshitish va ko‘rish nuqsonlari, rivojlanishdagi buzilishlar va boshqalar) bo‘yicha guruhlangan holda tahlil qilindi va ularning ehtiyojlariga mos arxitektura-rejalashtirish echimlari ishlab chiqish, monitoring natijalariga asoslanib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun qulay arxitektura muhitini shakllantirishda universal dizayn tamoyillari asosida quyidagi ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chiqildi, fazoviy tasavvurni shakllantirish va adaptatsiya qilish elementlarini intererga integratsiya qilish, bu orqali bolalar makonning funksional qismlarini mustaqil aniqlash, makonda yo‘nalish va harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va sensorli qurilmalar orqali ma’lumotlarni etkazish tizimini joriy etish, bu bolalarning individual ehtiyojlariga mos axborotni vizual, audiovizual va taktil shakllarda qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inklyuziv ta’lim muhiti uchun funksional va psixologik qulaylikni ta’minlaydigan interaktiv makonlarni tashkil etish, bunda ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, jamoaviy faoliyatlarda qatnashish va shaxsiy mustaqillikni oshirish imkoniyatlari kengaytirish, ergonomik me'yorlar asosida mebel va jihozlarni loyihalash hamda joylashtirish, harakatlanish cheklovlari bo‘lgan bolalarning ehtiyojlariga mos o‘lchamlar va joylashuv mezonlari belgilandi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, tavsiyalar va takliflar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 25-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda amaliyotga joriy etildi. Ushbu takliflar natijasida maktab binosining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasi, ichki interer echimlari va funksional zonalash tizimi imkoniyati cheklangan bolalarning fiziologik, psixologik va ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda qayta tashkil etildi (2023 yil 23 noyabr 02-116-290-sonli dalolatnoma). Natijada nogiron bolalar uchun fazoviy orientatsiya, erkin harakatlanish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy integratsiya jarayonlarini engillashtiruvchi qulay, xavfsiz va zamonaviy arxitekturaviy ta’lim muhiti shakllantirildi. Ushbu ilmiy-amaliy natijalar keyinchalik boshqa maxsus ta’lim muassasalarida ham qo‘llash uchun tavsiya etiladi va umumiy shaharsozlik va arxitektura siyosatini takomillashtirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
inson huquqlari, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini kafolatlash, inklyuziv rivojlanish siyosatini izchil amalga oshirish va aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash zamonaviy shaharsozlik va arxitektura amaliyotida joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida erkin va to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va yashash sifatini yaxshilash, tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chish kabi metodologik tavsiyalar ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi ilmiy tadqiqot va loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi 2022 yil 16 iyunidagi NL33773468-son ma'lumotnoma). Natijada universal dizayn, ergonomika, to‘siqlarsiz muhit, zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi va psixologik qulaylik tamoyillari asosida ixtisoslashtirilgan markazlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, reabilitatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni loyihalash imkoniyatlari kengayadi, shahar muhitining funksional jihatlarini yangilash va belgilariga ko‘ra tasniflash, yangi loyihalash ishlari uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilish samaradorligini oshirishga erishilgan.