Mamatqulov Bexzod Maxammadismon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teatr qo‘g‘irchoqlarini yasash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San76.
Ilmiy rahbar: Qodirova Sarvinoz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmetjanova Muqaddas Vahobovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Qobilova Feruza Nasrullaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teatrda qo‘g‘irchoq yasash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslarini aniqlash, ijodiy jarayonga ta’sir tamoyillarini ijtimoiy, madaniy-tarixiy omillar kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek teatr qo‘g‘irchoqlarining jahon qo‘g‘irchoq turlari bilan tasviriy ifodalash vositalari, sahna bobligi jihatidan o‘xshash va uslubiy yondashuvlari, tomoshabin bilan muloqotga kirish kabi mushtarak jihatlari, shuningdek, milliy sahna madaniyatiga xos bo‘lgan badiiy-estetik xususiyatlari aniqlangan;
Evropa tipida yozma dramaturgiya asosida ish ko‘ruvchi yangi shakldagi teatr qo‘g‘irchoqlarini yasashda obraz tub mohiyatini aniq ifodalash va badiiy shaklni kuchaytirish zarurati sababli pape-mashe texnologiyasidan keng foydalanilganligi, bugungi kunda ham bu an’ana aksariyat spektakllarda qo‘llanilib kelinayotganligi isbotlangan;
teatr qo‘g‘irchog‘ining sahnada badiiy obraz yaratishdagi ifodalash imkoniyatlari, harakatlanish usullari va boshqaruv mexanizmlarini aks ettiruvchi strukturaviy echimlari, funksional qurilishi va konstruktiv elementlari kabi texnik xarakteristikasi, rassom va qo‘g‘irchoq ustasi ishi, qo‘g‘irchoqlarning badiiy ifodaviyligi qahramon xarakterini ochishga xizmat qilganligi dalillangan;
tarixiy, afsonaviy, zamonaviy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq yasash texnologiyalaridan foydalanish sahna ko‘rinishlarining ifodaviy echimlarini boyitish va tomoshabin taassurotini kuchaytirishga ta’sir qilgani sababli spektakllarning badiiylik, ta’sirchanlik xususiyatini oshishiga xizmat qilganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teatr qo‘g‘irchoqlarini yasash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalarga ko‘ra quyidagilar amalga oshirildi:
o‘zbek teatr qo‘g‘irchoqlarining jahon qo‘g‘irchoq turlari bilan tasviriy ifodalash vositalari, sahna bobligi jihatidan o‘xshash va uslubiy yondashuvlari, tomoshabin bilan muloqotga kirish kabi mushtarak jihatlari, shuningdek, milliy sahna madaniyatiga xos bo‘lgan badiiy-estetik xususiyatlari aniqlanishiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 02-12-17-1021-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jihatdan mukammal, raqamli qahramonlar bilan raqobatlasha oladigan milliy qo‘g‘irchoqlarni yaratish va ularni ko‘rik-festivallarda namoyish etish imkoniyati yaratilgan;
Evropa tipida yozma dramaturgiya asosida ish ko‘ruvchi yangi shakldagi teatr qo‘g‘irchoqlarini yasashda obraz tub mohiyatini aniq ifodalash va badiiy shaklni kuchaytirish zarurati sababli pape-mashe texnologiyasidan keng foydalanilganligi, bugungi kunda ham bu an’ana aksariyat spektakllarda qo‘llanilib kelinayotganligi isbotlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 02-12-17-1021-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi qo‘g‘irchoq teatrlarida qo‘g‘irchoq yasashning pape-mashe texnologiyasidan foydalanish metodik tizimi takomillashtirilgan;
teatr qo‘g‘irchog‘ining sahnada badiiy obraz yaratishdagi ifodalash imkoniyatlari, harakatlanish usullari va boshqaruv mexanizmlarini aks ettiruvchi strukturaviy echimlari, funksional qurilishi va konstruktiv elementlari kabi texnik xarakteristikasi, rassom va qo‘g‘irchoq ustasi ishi, qo‘g‘irchoqlarning badiiy ifodaviyligi qahramon xarakterini ochishga xizmat qilganligi dalillangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi tomonidan repertuar shakllantirish va dolzarb spektakllarni sahnalashtirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasining 2025-yil 12-martdagi 01-02-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi qo‘g‘irchoq teatrlari repertuari badiiy jihatdan takomillashtirilgan;
tarixiy, afsonaviy, zamonaviy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq yasash texnologiyalaridan foydalanish sahna ko‘rinishlarining ifodaviy echimlarini boyitish va tomoshabin taassurotini kuchaytirishga ta’sir qilgani sababli spektakllarning badiiylik, ta’sirchanlik xususiyatini oshishiga xizmat qilganligi asoslangan xulosa va takliflardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-44-427-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘g‘irchoq teatri tarixi, janrlari, turlari va qo‘g‘irchoq yasalish uslublarining ijtimoiy-madaniy ahamiyati keng auditoriyaga ochib berilgan.