Baratova Sevara Musoxonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
XVIII-XIX asr masnaviylarining lingvopoetikasi (“Husn-u Dil”, “Sabot ul-ojizin” va “Rohati dil” misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4942
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Mo‘minjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor v.b. Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVIII-XIX asrga mansub masnaviy yo‘lida yozilgan matnlarining lingvopoetik tadqiqini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVIII-XIX asr masnaviy matnlarida qo‘llanib, badiiylikni ta’minlashga, muallif individual uslubini belgilashga xizmat qilgan zabon, tob, ob, gul kabi so‘zlar va cho‘g‘ egan, mag‘zi yo‘q bosh kabi iboralarning lingvopoetik xususiyatlari ochib berilgan;
masnaviy matnlar badiiyatini ta’minlash maqsadida qo‘llangan tasviriy vositalar: arg‘amchi, shayotin, xaridor, qamchi kabi konnotativ ma’no kasb etgan so‘zlar; do‘zax, jahannam, saqar, tamug‘, nor kabi ma’nodosh so‘zlar; soch, banda, tosh, och kabi shakldosh so‘zlar; gul, mag‘iz, nafs iti, ma’rifat daryosi kabi metaforalar; bir musht tuprog‘, qatrayi ob kabi metonimiyalar; Azozildek, mug‘ning go‘riday, to‘ngg‘uz monand kabi o‘xshatish etalonlari va vahshatli, yolg‘iz kabi ramziy ma’no kasb etgan epitetlar lingvopoetikasi yoritilgan;
XVIII-XIX asr masnaviy matnlarida poetik yuk bilan qo‘llangan daryoyi rahmat, dunyoyi hech, najmi hidoyat, mag‘zi dil kabi izofali birikmalarning lingvopoetik qimmati dalillangan;
badiiylikni ta’minlashga, matn mazmunining serqatlam bo‘lishiga xizmat qilgan Sulaymon, Xizr, Qorun kabi presedent nomlar; Fatlubni tajidni, Qul Robbi zidni kabi presedent jumlalar aniqlanib, ularning lingvopoetik xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XVIII-XIX asr masnaviylarining lingvopoetikasi (“Husn-u Dil”, “Sabot ul-ojizin” va “Rohati dil”, misolida)ni o‘rganish asosida:
tadqiqot doirasida ilgari surilgan mumtoz adabiyot namunalari bo‘lgan XVIII-XIX asr masnaviy matnlarida qo‘llanib, badiiylikni ta’minlashga, muallif individual uslubini belgilashga xizmat qilgan zabon, tob, ob, gul kabi so‘zlar va cho‘g‘ egan, mag‘zi yo‘q bosh kabi iboralarning lingvopoetik xususiyatlariga oid xulosalardan, masnaviy matnlar badiiyatini ta’minlash maqsadida qo‘llangan tasviriy vositalar: arg‘amchi, shayotin, xaridor, qamchi kabi konnotativ ma’no kasb etgan so‘zlar; do‘zax, jahannam, saqar, tamug‘, nor kabi ma’nodosh so‘zlar; soch, banda, tosh, och kabi shakldosh so‘zlar; gul, mag‘iz, nafs iti, ma’rifat daryosi kabi metaforalar; bir musht tuprog‘, qatrayi ob kabi metonimiyalar; Azozildek, mug‘ning go‘riday, to‘ngg‘uz monand kabi o‘xshatish etalonlari va vahshatli, yolg‘iz kabi ramziy ma’no kasb etgan epitetlar lingvopoetikasiga oid tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining (2025-yil 27-maydagi 01/4-2157-son ma’lumotnomasi). Natijada “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallarda qo‘llangan leksik birliklarining ma’noviy va lingvostilistik jihatlarini tavsiflashga hamda loyiha materiallarining lingvopoetik tushunchalar bilan to‘ldirilishiga erishilgan;
XVIII-XIX asr masnaviy matnlarida poetik yuk bilan qo‘llangan daryoyi rahmat, dunyoyi hech, najmi hidoyat, mag‘zi dil kabi izofali birikmalarning lingvopoetik tahliliga oid fikrlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-maydagi 01/4-2156-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz adabiyot vakillari asarlarida qo‘llanadigan izofali birliklarni tahlil qilish va baholash metodologiyasi mukammallashtirilgan.
badiiylikni ta’minlashga, matn mazmunining serqatlam bo‘lishiga xizmat qilgan Sulaymon, Xizr, Qorun kabi presedent nomlar; Fatlubni tajidni, Qul Robbi zidni kabi presedent jumlalar aniqlanib, ularning lingvopoetik xususiyatlari tafvsiflangan nazariy ma’lumotlar asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” teleko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 24-sentyabrdagi 06-28-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv materiallarining ta’sirchanligi, tarbiyaviy ahamiyati va ma’lumotlar rang-barangligi ortgan hamda mazmunan mukammallashishi ta’minlangan.