RASMIY MUNOSABAT 
Ijtimoiy tarmoqda (Facebook) Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatiga doir xususan, dissertatsiya himoyalari oldidan hujjatlarning takroriy taqdim etilishi, asossiz rad etilishi va ba’zi holatlarda guyoki noqonuniy to‘lovlar talab etilishi haqidagi to‘rt-besh g‘aliz gapdan iborat xato fikr hamda e’tirozlar yuzasidan.


Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatidagi barcha jarayonlar amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan. Ilmiy darajaga da’vogarlik qilish – mas’uliyatli, muhim va jiddiy jarayon. Taqdim etiladigan hujjatlar to‘liq va talablarga muvofiq, dissertatsiyaning ilmiy salmog‘i, manbalari aniq, plagiatsizligi va ilmiy yangiligi asoslangan bo‘lishi lozim. Ayrim holatlarda attestatsiya hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi yoki rasmiy talablarga to‘liq javob bermasligi bois, ularni qayta tuzatib topshirish zarurati yuzaga keladi. Bu mashaqqatli ilmiy faoliyatning sifatli, shaffof va xolis bo‘lishi uchun amalga oshiriladi.
Oliy attestatsiya komissiyasi har qanday korrupsion holatlarni qat’iyan qoralaydi. Korrupsiya – nafaqat shaxsiy javobgarlik, balki jamiyatning ishonchiga putur etkazuvchi xavfli illatdir. 
Agarda kimdir korrupsiyaviy holatlar, noqonuniy to‘lovlar kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsa, bu haqda OAKning ishonch telefoni, elektron pochta manziliga bevosita murojaat qilishini so‘raymiz. 
Komissiya o‘z faoliyatida ochiqlik, adolat va xolislik tamoyillarining ustuvorligini ta’minlashni muhim hisoblaydi.


Axborot xizmati.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish