Bozorov Lutfulla Ubaydullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi polimerlarni modifikasiyalash asosida issiqlikka chidamli va ionalmashinuvchi organik materiallar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T886. 
Ilmiy maslahatchi: To‘raev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Amanov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qiyomov Sharif Nozimovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polimerlarni tarkibida azot va oltingugurt bo‘lgan organik birikmalar bilan modifikasiyalash asosida ion almashinuvchi va kompleks hosil qiluvchi sorbentlar hamda issiqlikka chidamli organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polivinilxloridni monoetanolamin, dietanolamin, karbamid, tiokarbamid bilan modifikatsiyalab PME, PDE, PKE va  PTE markali ion almashinuvchi va kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olingan;
polivinilxloridni monoetanolamin, dietanolamin, karbamid, tiokarbamidning bilan modifikatsiyalash natijasida PME, PDE, PKE va  PTE markali sorbentlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan; 
sintez qilingan yangi PME, PDE, PKE va  PTE markali sorbentlarning statik va dinamik sharoitlarda individual hamda aralash eritmalardan Cu (II), Ni (II), Zn (II) ionlariga nisbatan sorbsion sig‘imlari aniqlangan; 
differensial-termik tahlil asosida sorbentlarning termik barqarorligi PKE < PME < PTE < PDE qatorida ortib borishi aniqlangan;
ikkilamchi polimerlarni monoetanolamin, dietanolamin, karbamid, tiokarbamid va epoksid smolasi yordamida modifikasiyalab PME, PDE, PKE va  PTE markali sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Ikkilamchi polimerlarni  ME, DE, KE va  TE tarkibli oligomerlar bilan modifikatsiyalash natijasida past haroratga va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi dastlabki polimerlarga nisbatan 20% ga yaxshilangan polimer organik materiallar olingan;
Ikkilamchi polimerlarni  ME, DE, KE va  TE tarkibli  oligomerlar bilan modifikatsiyalash natijasida olingan polimer organik materialining issiqlikka chidamlilik harorati yuqori zichlikli polietilen F-0220da 110 0Cdan 130 0Cgacha, polipropilen JM -375da 160 0Cdan 190 0Cgacha oshishi isbotlangan;
Ikkilamchi polimerlarni  ME, DE, KE va  TE tarkibli oligomerlar bilan modifikatsiyalash natijasida  olingan polimer organik materialining yonish vaqti  va kislorod indeksi polietilenda 48 mm /min dan 26 mm /min ga, polipropilenda 44 mm /min dan 22 mm /min ga kamaygan,  kislorod indeksi polietilenda 19%dan 26%gacha, polipropilenda esa,  19%dan 32%gacha oshgani aniqlangan;
ikkilamchi polimerlarni modifikasiyalash asosida issiqlikka chidamli organik materillar olish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi polimerlarni modifikasiyalash asosida issiqlikka chidamli va ionalmashinuvchi organik materiallar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polimerlarni monoetanolamin, dietanolamin, karbamid, tiokarbamid va epoksid smolasi bilan modifikasiyalab sorbentlar olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2025 yil 24 yanvardagi 37/O‘K-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlarini metall ionlaridan tozalash uchun import o‘rnini bosuvchi samarali sorbentlar olish imkonini bergan;
ikkilamchi polimerlarni modifikasiyalash yordamida olingan PME, PDE, PKE, PTE markali sorbentlar yordamida ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlarini metall ionlaridan tozalash va texnologik eritmalardan qimmatli komponentlarni ajratib olish usuli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2025 yil 24 yanvardagi 37/O‘K-01- son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni mis (II), nikel (II), rux (II), kumush (I) metall ionlaridan tozalash imkonini bergan;
ikkilamchi polimerlarni modifikasiyalash asosida olingan organik materiallar “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan.(“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2025 yil 16 apreldagi 253/04/04/GNG- son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr simlari uchun ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamli va termik barqaror polimer qoplamalar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish