Hasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davlat xizmatlari sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3223
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kuvandikov Shuxrat Oblokulovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alimova Mashxura Toirxonovna; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Djurakulov Shoxrux Davronovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davlat xizmatlari sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davlat xizmatlari sifatini baholashning uslubiy asoslari unga ko‘p o‘lchovli murakkab xususiyatlarga xos tizim sifatida hamda ular faoliyatining samarali amal qilishini huquqiy muvofiqlik (Il), ishonch (Ic), haqqoniylik (Iv) hamda kommunal xizmatlarga ulanish sifati (Iu) kabi indekslarni hisobga olish asosida tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini baholash uslubiyati takomillashtirilgan; 
tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini baholashning uslubiy yondashuvi asosida hududlar “yuqori” (0,722 ≤ Qps ≤ 1), “o‘rtacha” (0,550 ≤ Qps < 0,722) va “past” (0 ≤ Qps < 0,550) xizmat sifati darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratildi hamda ularga xos rivojlanish strategiyalari taklif etildi;
davlat xizmatlari sifatining ishbilarmonlik muhitiga qisqa va uzoq muddatli ta’sirini empirik baholash asosida davlat xizmatlari sifatining ishbilarmonlik muhitiga uzoq muddatli ijobiy ta’siri (λ=1,322) asoslangan;
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish hajmini bir qancha ekonometrik modellar (OLS, ARIMA, Holt) asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davlat xizmatlari sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirishning metodologik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davlat xizmatlari sifatini baholashning uslubiy asoslari unga ko‘p o‘lchovli murakkab xususiyatlarga xos tizim sifatida hamda ular faoliyatining samarali amal qilishini huquqiy muvofiqlik (Il), ishonch (Ic), haqqoniylik (Iv) hamda kommunal xizmatlarga ulanish sifati (Iu) kabi indekslarni hisobga olish asosida tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 6 maydagi 04-07-27-4904-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini ishbilarmonlik muhitini ifodalovchi sub-indeks sifatida foydalanish imkoniyatini bergan;
tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini baholashning uslubiy yondashuvi asosida hududlar “yuqori” (0,722 ≤ Qps ≤ 1), “o‘rtacha” (0,550 ≤ Qps < 0,722) va “past” (0 ≤ Qps < 0,550) xizmat sifati darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratildi hamda ularga xos rivojlanish strategiyalari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025  yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini shakllantirish bo‘yicha hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 6 maydagi 04-07-27-4904-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
davlat xizmatlari sifatining ishbilarmonlik muhitiga qisqa va uzoq muddatli ta’sirini empirik baholash  asosida davlat xizmatlari sifatining ishbilarmonlik muhitiga uzoq muddatli ijobiy ta’siri (λ=1,322) asoslangan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini shakllantirish bo‘yicha hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 6 maydagi 04-07-27-4904-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat xizmatlari sifatini oshirish orqali ishbilarmonlik muhitini hamda tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan hududiy strategiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish hajmini bir qancha ekonometrik modellar (OLS, ARIMA, Holt) asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining “Axborot kommunikatsiyalarni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 6 maydagi 04-07-27-4904-sonli ma’lumotnomasi). Natijaga ko‘ra 2028 yilgacha raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish hajmi o‘rtacha 2,01 barobarigacha oshishi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish