Kimsanov Baxromjon Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompozit armaturalangan siqiluvchi elementlarning mustahkamlik va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati”, 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4518.
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Zulpuev Abdivali Momunovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Abduvali Abduqodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  shisha tolali kompozit armatura bilan armaturalangan siqiluvchi elementlarning mustahkamlik va kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shisha tolali kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy hamda eksperimental baholash orqali ularni siqilishga ishlovchi beton ustun konstruksiyalarida bo‘ylama ishchi armatura sifatida qo‘llashning yuk ko‘tarish imkoniyatlari asoslab berilgan;
siqilishga ishlovchi beton ustunlarda shisha tolali kompozit armaturalarni qo‘llash tashqi statik kushlar ostida beton hamda armaturalarda paydo bo‘ladigan kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatida beton yadrosidagi ichki zo‘riqish kuchlarining o‘zgarish qonuniyatiga ko‘ra mustahkamlikning oshirishi aniqlangan;
siqilishga ishlovshi ustunlarda bo‘ylama shisha tolali kompozit hamda ko‘ndalang po‘lat armatura xomutli karkaslarni qo‘llash natijasida ularning yuk ko‘tarish qobilyati xomuti shisha tola kompozit armaturali namunalarga nisbatan betondagi xalqa samarasi sababli 1,1 marta ortganligi aniqlangan;
siqilishga ishlovchi shisha tolali kompozit armaturali ustunlarni hisoblash usullari shisha tolali kompozit armaturaning ko‘ndalang armaturalash foiziga, siqilish va cho‘zilishdagi me’yoriy va hisobiy qarshiliklarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Shisha tolali kompozit armatura bilan armaturalangan siqiluvchi elementlarning mustahkamlik va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shisha tolali kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy hamda eksperimental baholash orqali ularni siqilishga ishlovchi beton ustun konstruksiyalarida bo‘ylama ishchi armatura sifatida qo‘llashning yuk ko‘tarish imkoniyatlari asoslab berilganligi hamda siqilishga ishlovchi beton ustunlarda shisha tolali kompozit armaturalarni qo‘llash tashqi statik kushlar ostida beton hamda armaturalarda paydo bo‘ladigan kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatida beton yadrosidagi ichki zo‘riqish kuchlarining o‘zgarish qonuniyatiga ko‘ra mustahkamlikning oshirishi aniqlangan yuzasidan takliflar Farg‘ona viloyati Qurilish va uy - joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona shahar Mash’al MFY Farobiy ko‘chasidagi sakkiz qavatli turar-joy binosini barpo etishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 24-06/11005-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash hamda hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqtning 15% gacha tejalishiga erishilgan;
siqilishga ishlovshi ustunlarda bo‘ylama shisha tolali kompozit hamda ko‘ndalang po‘lat armatura xomutli karkaslarni qo‘llash natijasida ularning yuk ko‘tarish qobilyati xomuti shisha tola kompozit armaturali namunalarga nisbatan betondagi xalqa samarasi sababli 1,1 marta ortganligi aniqlanganligi siqilishga ishlovchi shisha tolali kompozit armaturali ustunlarni hisoblash usullari shisha tolali kompozit armaturaning ko‘ndalang armaturalash foiziga, siqilish va cho‘zilishdagi me’yoriy va hisobiy qarshiliklarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan oid takliflar “Farg‘onafuqaroloyiha” MShJ tomonidan Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesi, Yangi asr ko‘chasida etti qavatli birinchi va ikkinchi qavatlari savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari yuqori qavatlari turar-joy obekti qurilishida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 24-06/11005-son ma’lumotnomasi). Natijada konstruksiyalarda shisha tolali kompozit armaturani qo‘llashda po‘lat armaturaga nisbatan 33% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish