Tangriev Abdulla Tovoshevichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali dzyudochilarni taktik tayyorlash tizimini takomilashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4639.
Ilmiy rahbar: Gaziev Shukujon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerevich biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Farrux Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali dzyudochilarning tayyorgarlik turlari bo‘yicha mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish orqali taktik harakatlar tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
malakali dzyudochilarning musobaqa davridagi tayyorgarlik xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik-taktik harakatlarni bajarish uchun maksimal yaqinlashtirilgan, yuqori intensivlikka ega kompleks mashqlardan tashkil topgan aylanma usullardan foydalanish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
dzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan, sport inventarlari yordamida bajariladigan mashqlar dasturidan musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida foydalanish orqali taktik harakatlarni yuqori amplitudada bajarish vaqtida tananing elka kamar qismidagi mushaklarini boshqarish imkoniyatlari oshirilgan;
malakali dzyudochilarning vazn toifalari bo‘yicha individual xususiyatlari, texnik imkoniyatlariga bevosita yuqori samaradorlik ko‘rsatuvchi texnik-taktik kombinatsion tizimidan amaliy mashg‘ulotlarga moslashtirish hisobiga qarshi hujum harakatlarni neytrallashtirish va hujum harakatlarini samarali yakunlash darajasi oshirilgan;
dzyudochilarning musobaqa faoliyatida taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida uch bosqichli musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida tik va parter holatidagi bajariladigan taktik harakatlarni mezotsikl mashg‘ulot dasturi yuklamalarini ratsion taqsimlash orqali musobaqa faoliyatida murakkab taktik harakatlarni bajarish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali dzyudochilarning tayyorgarlik turlari bo‘yicha mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish orqali taktik harakatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
malakali dzyudochilarning musobaqa davridagi tayyorgarlik xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik-taktik harakatlarni bajarish uchun maksimal yaqinlashtirilgan, yuqori intensivlikka ega kompleks mashqlardan tashkil topgan aylanma usullardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Dzyudo Federasiyasi bazasida shug‘ullanuvchi yoshlar terma jamoasi dzyudochilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 02-16/537-son ma’lumotnoma). Natijasida, jismoniy tayyorgarligini 13,5-14,0 % ga oshirishga erishilgan; 
dzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan, sport inventarlari yordamida bajariladigan mashqlar dasturidan musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 02-16/537-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik-taktik tayyorgarligi 12,3 % yaxshilangan;
malakali dzyudochilarning vazn toifalari bo‘yicha individual xususiyatlari, texnik imkoniyatlariga bevosita yuqori samaradorlik ko‘rsatuvchi texnik-taktik kombinatsion tizimidan amaliy mashg‘ulotlarga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 02-16/537-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarshi hujum harakatlarini bajarish 14,7 % ga o‘sgan;
dzyudochilarning musobaqa faoliyatida taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida uch bosqichli musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida tik va parter holatidagi bajariladigan taktik harakatlarni mezotsikl mashg‘ulot dasturi yuklamalarini ratsion taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 02-16/537-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston chempionati, kubogi va xalqaro musobaqalarda faxrli o‘rinlar egallangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish