Aliqulov Mehmonali Saloxiddin o‘g‘lining
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt533.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Baxadir Safaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rejapov Xayrullo Xikmatullaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligida barcha turdagi subsidiyalarni “2+1” tamoyili asosida joriy etish, bunda subsidiyani dastlabki ikki yil davomida taqdim etish va uni baholash natijalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari ijobiy deb topilganda, subsidiyaning amal qilish muddatini qo‘shimcha bir yilga uzaytirish asosida agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish taklif etilgan;
tijorat banklariga lizing kompaniyalariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini etkazib berish uchun qarz mablag‘larini garov ta’minoti sifatida sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini, kreditning butun davri uchun qarz mablag‘larini qaytarmaslik xatarlaridan 100 foiz garov sifatida sug‘urta polisini yoki uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish orqali ajratish taklif etilgan;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida kreditlar ajratishning maqsadga muvofiq ekanligi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi taklif etilgan;
respublikada yangi bog‘larni barpo etish bilan bog‘liq investisiya loyihalarini Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli moliyalashtirishning to‘rt bosqichi, ya’ni: birinchi bosqichda – erni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda; ikkinchi bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda; uchinchi bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda; to‘rtinchi bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizigacha miqdorda ajratish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida investisiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida barcha turdagi subsidiyalarni “2+1” tamoyili asosida joriy etish, bunda subsidiyani dastlabki ikki yil davomida taqdim etish va uni baholash natijalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari ijobiy deb topilganda, subsidiyaning amal qilish muddatini qo‘shimcha bir yilga uzaytirish asosida agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-son “Agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 41-7-6568-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyaning yangi turlari joriy etilgan, mavjud agrosubsidiyalarning amal qilish muddati uzaytirilgan va er hajmiga nisbatan subsidiya miqdori belgilangan hamda 2024-yil davomida Davlat byudjetidan qishloq va suv xo‘jaligiga 1654 milliard so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilishiga erishilgan;
tijorat banklariga lizing kompaniyalariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini etkazib berish uchun qarz mablag‘larini garov ta’minoti sifatida sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini, kreditning butun davri uchun qarz mablag‘larini qaytarmaslik xatarlaridan 100 foiz garov sifatida sug‘urta polisini yoki uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish orqali ajratish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 41-7-6568-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-2024-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish uchun jami 2,6 trillion so‘m, shundan 670 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini texnika xaridi uchun imtiyozli foiz stavkasida va uzoq muddatga ajratilishiga erishilgan hamda xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari tomonidan lizing tashkilotlariga kredit ajratilishida garov ta’minoti sifatida lizingga beriladigan texnikalar va sug‘urta polisi qabul qilingan;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida kreditlar ajratishning maqsadga muvofiq ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 41-7-6568-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda respublikamizda 4,3 million gektar sug‘oriladigan ekin maydonlarining 35 foizdan ortig‘i suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olinishiga erishilgan hamda suv tanqisligining oldini olish uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot etishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 41-7-6568-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi fermer xo‘jaliklari dala chetlaridagi er maydonlarini o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ularning ishonchli xaridini tashkil qilish ishlari tizimlashtirilgan hamda ushbu maqsadlar uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 50 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan.
respublikada yangi bog‘larni barpo etish bilan bog‘liq investisiya loyihalarini Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli moliyalashtirishning to‘rt bosqichi, ya’ni: birinchi bosqichda – erni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda; ikkinchi bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda; uchinchi bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda; to‘rtinchi bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizigacha miqdorda ajratish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-151-son “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 41-7-6568-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, erni tayyorlash, ko‘chat olish, ekish va sug‘orish tizimlari o‘rnatish hamda bog‘ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish, yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bog‘larga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish imkoni yaratilgan.