Eshmurzaev Jasur Elmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qulupnayning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1039.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ubaydulla Normurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Umarov Zafar Abdishukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qulupnayning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini aniqlash va ularning tarqalishi, rivojlanishi, zararini o‘rganish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning ayrim biologik xususiyatlarini hamda patogenligini aniqlash va kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqotlar tufayli, qulupnayda zamburug‘ qo‘zg‘atadigan 8 xil kasalliklar aniqlandi va ular orasida O‘zbekiston Respublikasi sharoiti uchun ilmiy adabiyotlarda avval keltirilmagan qo‘ng‘ir dog‘lanish (kasallik qo‘zg‘atuvchisi Diplocarpan earliana Ell.et Ev.Walf.), burchakli dog‘lanish (kasallik qo‘zg‘atuvchisi Dendro phomo obccurans Ell.et Ev.Anders.), antraknoz (kasallik qo‘zg‘atuvchisi Colletotrichum fragaria e Brooks.), un shudring (kasallik qo‘zg‘atuvchisi Sphaerotheca maculapis magn. f. fragarial Joez.), fuzarioz so‘lish (kasallik qo‘zg‘atuvchisi Fusarium oxysporum f. sp. Fragaria Winks et Williams.) kabi kasalliklar birinchi marta aniqlangan;
qulupnayning aniqlangan kasalliklari orasida birinchi marta qo‘ng‘ir dog‘lanish, burchakli dog‘lanish, antraknoz, kulrang chirish, un shudring, vertisillyoz so‘lish, fuzarioz so‘lish tarqalishi va rivojlanishi aniqlangan;
qulupnayning fuzarioz so‘lishni qo‘zg‘atuvchi Fusarium oxysporum f. sp. Fragaria zamburug‘ turining patogenlik xususiyati aniqlangan;
qulupnayda keng tarqalgan oq dog‘lanish, kulrang chirish, fuzarioz so‘lish kasalliklariga nisbatan navlarning chidamliligi baholangan;
qulupnayning kulrang chirish va oq dog‘lanishiga qarshi fungisidlarning hamda fuzarioziga qarshi esa biopreparatning qo‘llash hamda muddatlari, ularning samarali sarf-me’yorlari aniqlanib, ularni biologik samaradorligi mos ravishda 85,8%, 90,9% va 76,6% hamda rentabelligi muvofiq holda 25,3%, 30,1% va 20,0% teng bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qulupnay o‘simligida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini aniqlash hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriya va dala sharoitda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
“Qulupnayning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2024-yil 3-iyul 05/06-04-303-sonli ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma fermer va qulupnay etishtiradigan dehqon xo‘jaliklarida keng foydalanilmoqda;
qulupnayning kulrang chirish kasalligiga qarshi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Turdiboev Qurbonboy” f/x 12 gektar maydonida qulupnay dalasida kimyoviy preparatlardan Difen super 55%, n.kuk (0,08 kg/ga), Xorus s.d.g.(0,13 kg/ga) va andoza variantida Bordo suyuqligi 1% li (10 kg/ga) qo‘llanilgan, jami 12 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2024-yil 3-iyul 05/06-04-303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Difen super qo‘llanilgan variantda -85,8%, Xorus s.d.g. fungisidida –74,2% andoza varianti bo‘lgan Bordo suyuqligida –67,5% biologik samaradorlikka erishilgan;
qulupnayning oq dog‘lanish kasalligiga qarshi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Sharofboy Nurov” f/x 1 gektar, Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAU AMM DUK ning 0,20 ga qulupnay dalasida kimyoviy preparatlardan Akrobat MS s.d.g. (2,0 kg/ga), Fundazol 50% n.kuk. (2,0 kg/ga) va andoza varianti Bordo suyuqligi 1% li (10 kg/ga) qo‘llanilgan, jami 1,20 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2024-yil 3-iyul 05/06-04-303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Akrobat MS s.d.g. qo‘llanilgan variantda mos ravishda - 86,1% va 90,9%, Fundazol 50% n.kuk. fungisidida – 86,1% va 85,1%, andoza varianti bo‘lgan Bordo suyuqligi bilan ishlov berilgan variantda – 73,1% va 75,2% biologik samaradorlikka erishilgan;
qulupnayning fuzarioz kasalligiga qarshi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Rixsiboyobod” f/x 2,5 gektar, ToshDAU AMM DUK ning 0,20 ga qulupnay dalasida biopreparatlardan (Orgamika F 1·108 khqb/ml 1% li konsentratsiyasi (3,0 l/ga) va Trixodermin 6·109 khqb/ml 1% li konsentratsiyasi (3,0 l/ga)) qo‘llanilgan, jami 2,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2024-yil 3-iyul 05/06-04-303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Orgamika F qo‘llanilgan variantda mos ravishda – 74,7% va 76,6%, Trixodermin – 69,6% va 70,3% biologik samaradorlikka erishilgan.