Toshmetova Feruza Nasirulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamburug‘li (fuzarioz va septorioz) kasalliklarning soya hosildorligiga ta’siri va ularga qarshi kimyoviy kurashning samaradorligi”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx823.
Ilmiy rahbar: Meyliev Akmal Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xojimurod Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmonov Jalil Xoliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida soya navlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi Fusarium L. va Septoria glycines turkumi turlarining tarkibi, biologiyasi, ularning soya navlarida rivojlanishi, soyaning hosildorligi, sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati “Urug‘chilik taraqiyoti” f/x G‘uzor tumani, “JDITI tajriba maydoni” Qarshi tumani, “Ibodullo” f/x Qamashi tumani, “Po‘latov Vakil Nabievich”, “Koson Agro Asl Eksport”, “Samandar Nur Diyor” f/x Koson tumani va “Sulton Jaloliddin Manguberdi” f/x Yakkabog‘ tumanlarida soya o‘simligida zamburug‘li (fuzarioz va septorioz) kasalliklarini tarqalganlik darajasini o‘rganish uchun monitoring olib borilgan va ushbu hududlarda fuzarioz va septorioz kasalliklarining rivojlanganligi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ekilgan soya maydonlarida fuzarioz kasalligining 2 ta turi (Fusarium solani, Fusarium oxysporum) va septorioz kasalligining 1 ta (S.glycines) turlarining patogenligi hamda morfologik (makrokonidiya, mikrokonidiya, xlamidospora) va biologik (xlamidosporalarining tuproqda, miseliy holda urug‘larda rivojlanish) xususiyatlari aniqlangan;
soyaning fuzarioz (Fusarium solani, Fusarium oxysporum) kasalliklariga kimyoviy kurash olib borilganda nazoratga nisbatan, hosildorlik 2,6-7,2 s/ga, 1000 dona don vazni 2,1-26,9 g, oqsil miqdori 1,2-5,9% gacha va moy miqdori 0,7-2,1% gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
soyaning septorioz (S.glycines) kasalliklariga kimyoviy kurash olib borilganda hosildorlik Oyjamol navida 19,3-23,4 s/ga, To‘maris Mman-3 navida 19,8-23,9 s/ga, nazoratga nisbatan 0,9-6,7 s/ga, 1000 dona don vazni 9,5-19,1 g, oqsil miqdori 1,6-3,4% gacha va moy miqdori 0,4-2,9% gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamburug‘li (fuzarioz va septorioz) kasalliklarning soya hosildorligiga ta’siri va ularga qarshi kimyoviy kurashning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanish natijalari asosida:
soya etishtirish uchun fermer xo‘jaliklar va klasterlar uchun “Soyaning (fuzarioz va septorioz) zamburug‘li kasalliklariga qarshi kurash choralari” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 05.05.2025 y., 05/05-03-169-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida soyaning fuzarioz va septorioz kasalliklaridan himoya qilishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda.
soyaning zamburug‘li kasalliklaridan fuzarioz kasalligining oldini olish uchun urug‘dorilagich Maksim XL 035 FS va Oplot VSK preparatlarini qo‘llash orqali Koson tumanidagi “Po‘latov Vakil Nabievich” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, “Koson Agro Asl eksport” fermer xo‘jaligida 7,5 gektar, “Samandar Nur Diyor” fermer xo‘jaligida 7,0 gektar, soyaning septorioz kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha Yakkabog‘ tumanidagi “Sulton Jaloliddin Manguberdi” fermer xo‘jaligida 7,0 gektar, jami 33.5 gektar er maydonlarida olib borilgan va joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 05.05.2025 y., 05/05-03-169-son ma’lumotnomasi). Natijada soyaning septorioz (S.glycines) kasalligiga qarshi kurash olib borilganda hosildorlik Oyjamol navida 19,3-23,4 s/ga, To‘maris Mman-3 navida 19,8-23,9 s/ga, nazoratga nisbatan 0,9-6,7 s/ga, 1000 dona don vazni 9,5-19,1 g, oqsil miqdori 1,6-3,4% gacha va moy miqdori 0,4-2,9% gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
2021-2023 yillarda soyaning fuzarioz va septorioz kasalliklariga qarshi kurashning takomillashtirilgan chora-tadbirlari Qashqadaryo viloyatining Koson va Yakkabog‘ tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 05.05.2025 y., 05/05-03-169-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklarni himoya qilish uchun gektariga 170-260 ming so‘m xarajat qilinib, saqlab qolingan hosil narxi 2997-5589 ming so‘mni tashkil qilgan. Bunda, saqlab qolingan hosildan “Oplot” variantida 3807 ming so‘m, “Maksim XL 035 FS” variantida 5589 ming so‘m daromad olishga erishilgan. Sof daromad esa 3285-4882 ming so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 628,6-690% gacha oshishiga erishilgan. Shuningdek, hosildorlik nazorat variantida 13,6-15,8 s/ga va tavsiya etilgan “Oplot VSK” variantida 17,0-18,8 s/ga, “Maksim XL 035 FS” variantida 18,0-19,4 s/ga, nazoratga nisbatan 3,0-4,8 s/ga hosil yuqori bo‘lishi va 1000 dona don vazni 101,7 g dan 154,3 g gacha, donning hajmiy og‘irligi 615,7 g/l dan, 689,0 g/l gacha, moy miqdori 24,0- 26% gacha bo‘lishi ta’minlangan.