Shukrullozoda Roza Shukrullo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Samarqand viloyatining ba’zi yovvoyi lolalarini mikroklonal ko’raytirish biologiyasi, o’sishi va rivojlanishi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1218.
Ilmiy rahbar: Dexqonov Davron Burxonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibjanovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Turgunov Mirabdulla Dexkanovich, biologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida tarqalgan kamyob T. ingens va T. fosteriana turlarini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularning introduksiya jarayonida tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanlik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
T. fosteriana va T. ingens turlarining Samarqand viloyatidagi tabiiy populyasiyalarining morfometrik belgilari kompleks tarzda o‘rganilgan va ularning hududiy morfologik farqlari tizimli tahlil qilingan;
T. fosteriana va T. ingens turlarining fitogeografik holati Samarqand viloyati misolida chuqur o‘rganilib, ularning ilgari ilmiy adabiyotlarda qayd etilmagan 14 ta yangi uchrash hududlari aniqlangan;
turli iqlim ssenariylari sharoitida tadqiqot hududida tarqalgan obektlarni  2040–2060 yillardagi populyasiyasinig tarqalish dinamikasi o‘rganilgan; 
birinshi marta T. fosteriana va T. ingens riyozshalari va urug‘larining in vitro sharoitida mikroklonal ko’rayish ushun sterillovshi jarayoni va ozuqa muhitining tarkibiy komronentlari konsentratsiyasining normalari ishlab chiqilgan;
birinshi marta T. fosteriana va T. ingens ushun mikroklonal ko’raytirish texnologiyasi yaratilgan;
ushbu turlarni ex situ sharoitida saqlash, shuningdek, ularni tabiiy yashash muhitiga qayta kiritish (reintroduksiya) bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Samarqand viloyatining ba’zi yovvoyi lolalarini mikroklonal ko’raytirish biologiyasi, o’sishi va rivojlanishi” ni o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
O’zbekiston Resrublikasi Qizil kitobiga kiritilgan T. ingens va T. fosteriana turlarining mikroklonal ko’raytirish, o’sish va rivojlanishini o’rganish maqsadida o’tkazilgan tadqiqotlar davomida sterilizatsiya ushun ortimal me’yorlar aniqlanib, riyozshalar va urug‘lar shakllanishi ushun ortimal ozuqa muhitlari ishlab shiqildi, shuningdek, akklimatizatsiya jarayonida yuzaga keladigan o’zgarishlar va ularga ta’sir etuvshi omillar tahlil qilindi. Tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar va ilmiy tavsiyalar Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “SAG AGRO" MShJ "Bog‘bon” in vitro laboratoriyasida amaliyotga joriy etildi. Mikroklonlarni rlantatsiyasini yaratish, ekish muddatlari va sxemalari, o’simliklarning o’sish va rivojlanishini o’rganish, shuningdek, fenologik kuzatishlarni o’tkazish bo’yisha olingan ma’lumotlar “Omonqo’ton” Milliy tabiat bog‘i amaliyotiga joriy etildi. T. ingens va T. fosteriana turlari bioqlimiy modellashtirish asosida GIS xaritalari ishlab shiqilib “Omonqo’ton” Milliy tabiat bog‘i va Samarqand viloyatining Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishlari boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etildi (O’zbekiston Resrublikasi Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, 2024 yil 11 iyul, 03-03/3-6673 raqamli ma’lumot). Natijada, T. ingens va T. fosteriana turlarining Samarqand viloyatidagi tabiiy populyasiyalarining morfometrik va fitogeografik o‘zgaruvchanligi, bioiqlimiy tarqalish dinamikasi, in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasi, sterilizatsiya va ozuqa muhitining optimal parametrlari hamda ex vitro va ex situ sharoitlarda akklimatizatsiya me’yorlari aniqlanib, ularni saqlab qolish va himoya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan kompleks choralar ishlab chiqilgan.
Tulipa turkumining T. fosteriana va T. ingens turlariga oid 150 ta gerbariy namunasi asosidagi ma’lumotlar bazasi Global bioxilma-xillik ma’lumotlari tizimiga (www.gbif.org, GBIF) joriy qilingan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlari bazasi sertifikati, www.gbif.org, 2025-yil 20-iyun, 044-sonli guvohnoma). Bu natijalar xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etilib, O‘zbekiston florasining noyob va himoyaga muhtoj turlarini global miqyosda ilmiy qayd etish, ularga oid ochiq ma’lumotlar almashinuvi hamda ekologik monitoring jarayonlariga amaliy hissa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish