Saidova Gavhar Erkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sweetlife–I, Sweetlife–II va Kappaspin substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T3570.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori, professor; Maxmudov Sardor Djalilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamiz hududlarida madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni o‘simligi er ustki qismidan yuqori tozalikdagi shakar o‘rnini bosuvchi mahalliy shirinlantiruvchi vositalari substansiyalarini ajratib olish, hamda Capparis spinosa L. o‘simligi g‘unchalari va etilmagan mevalaridan keng qamrovli stimulyatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan Kappaspin substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning turli hududlarida madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni o‘simligi er ustki qismi namunalari sifat va miqdor jihatidan tahlil qilinib barcha namunalar xomashyo massasiga nisbatan 15-20% miqdorida diterpen glikozidlarini saqlashi, shakar o‘rnini bosuvchi tabiiy shirinlatgichlar – Sweetlife-I, Sweetlife–II substansiyalarini ishlab chiqarishga iqtisodiy samarador xomashyo ekanligi o‘rganib chiqilgan;
ilk bor Respublikamizda madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni o‘simligi er ustki qismidan diterpen glikozidlarini xomashyoni etil spirtining suvli eritmasi (75-85%) yordamida ekstraksiya qilish va suyuqlik-suyuqlik tozalash usuli yordamida ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni o‘simligi er ustki qismidan diterpen glikozidlarini ajratib olish uchun ishlab chiqilgan texnologiya ikkita yangi mahsulot – Sweetlife - I va Sweetlife - II tabiiy shirinlatgichlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
ilk bor Capparis spinosa L. o‘simligi g‘unchalari va etilmagan mevalaridan xomashyoni oldindan etil spirti yordamida yot moddalardan tozalash so‘ngra suv bilan ekstraksiya qilish, cho‘ktirish yordamida Kappaspin substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
o‘simlik xomashyolaridan Sweetlife - I, Sweetlife - II, Kappaspin substansiyalarini ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlarini o‘rganish natijasida ularning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan, ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich nazorati ishlab chiqilib o‘simlik xomashyolaridan tayyor mahsulotlarning o‘simlikda saqlanishiga nisbatan chiqish unumini oshirishga erishilgan (Sweetlife - I, Sweetlife - II 88%, Kappaspin 70-72 %);
O‘simlik moddalari kimyosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasida yaratilgan ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha xomashyolardan Sweetlife - I, Sweetlife - II, Kappaspin substansiyalarini yarim sanoat ishlab chiqarish qurilmasi yaratilgan. Qurilmalar yordamida yaratilgan ishlab chiqarish texnologiyalari qayta o‘rganib chiqilgan. Shakarga nisbatan shirinliligini aniqlash, farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish, barcha zarur bo‘lgan me'yoriy-texnik xujjatlarni ishlab chiqish uchun substansiyalarni ilk namunalari ishlab chiqarilgan;
Sweetlife - I, Sweetlife - II tabiiy shirinlatgichlari substansiyalari va Kappaspin biologik faol qo‘shimchasi substansiyasi uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqilib “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tasdig‘idan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgich substansiyalari va Kappaspin biologik faol qo‘shimchasi substansiyasini ratsional texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalar asosida: 
«Sweetlife-I» ozuqaga qo‘shimcha uchun S 03535440-041:2022 tashkilot standarti va TI-03535440-041:2021 texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tomonidan tasdiqlangan;
tabiiy shirinlatgich «Sweetlife-II» uchun S 03535440-042:2021 tashkilot standarti “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tasdiqlangan, natijada tayyor mahsulotni standartlash imkonini bergan;
keng qamrovli stimulyatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan «Kappaspin» biologik faol qo‘shimchasi substansiyasi uchun S 03535440-044:2022 tashkilot standarti va TI-03535440-049:2022 texnologik yo‘riqnoma yuqori tashkilot tomonidan tasdiqdan o‘tkazilgan. Natijada O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida yaratilgan qurilmada ushbu substansiyalarni amaliyotga tadbiq qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish