Meliboeva Feruzaxon Solijonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishining Qo‘qon vohasi landshaftlari ekologik holatiga ta’sirini baholash», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Gr362.
Ilmiy rahbar: Kamalov Baxadir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Mirzahmedov Ismoiljon Karimjon o‘g‘li, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqlim o‘zgarishini Qo‘qon vohasi landshaftlariga ta’sirini tadqiq etish va ekologik vaziyatini yahshilash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks geografik tadqiqotlar asosida iqlim o‘zgarishi sharoitida Qo‘qon vohasi landshaftlarini tabiiy va antropogen omil ta’sirida transformatsiyasining tabiiy geografik jihatlari ochib berilgan; 
Qo‘qon vohasi landshaftlarini iqlim o‘zgarishini er osti suvlari, tuproq va o‘simlik qoplamini o‘zgarishiga, atmosfera havosining ifloslanishi, sanoat korxonalari va transport vositalarini ko‘payishi natijasida inson salomatligiga ta’siri va oqibatlarini zamonaviy kartografik metodlar yordamida xaritalari yaratilgan;
iqlim o‘zgarishiga moslashish va barqaror rivojlanishning geografik jihatlarini tadqiq qilgan holda voha landshaftlarining ekologik holatini baholash va xaritalashtirish ishlari  natijasida vohaning 1:350000 mashstabdagi landshaft- ekologik, landshaft-meliorativ, sug‘oriladigan erlarning sho‘rlangan maydonlari va kasalliklar tarqalishini ko‘rsatuvchi xaritalari yaratilgan;
voha landshaftlarini tabiiy va antropogen omil ta’siri ostida o‘zgarishini, iqlim o‘zgarish sharoitiga moslashish, ekologik holatini prognozlashtirishning geografik asoslari ishlab chiqilgan va olingan natijalar asosida ekologik holatni optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining Qo‘qon vohasi landshaftlari ekologik holatiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qo‘qon vohasi landshaftlarining tabiiy va antropogen omil ta’sirida transformatsiyasiga iqlim o‘zgarishining ta’siri yuzasidan baholashlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi  03-03/1-03/3-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishini Qo‘qon vohasi landshaftlarining tabiiy va antropogen omil ta’sirida transformatsiyasining tabiiy geografik jihatlarini ochib berish imkoniyatini bergan;
Qo‘qon vohasi landshaftlarini iqlim o‘zgarishini er osti suvlari, tuproq va o‘simlik qoplamini o‘zgarishiga, atmosfera havosini ifloslanishi, sanoat korxonalari va transport vositalarini qo‘payishi natijasida inson salomatligiga ta’siri va oqibatlarini zamonaviy kartografik metodlar yordamida yaratilgan kartalari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi  03-03/1-03/3-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishini er osti suvlari, tuproq va o‘simlik qoplamini o‘zgarishiga, atmosfera havosini ifloslanishi, sanoat korxonalari va transport vositalarini qo‘payishi natijasida inson salomatligiga ta’siri va oqibatlarini ifodolovchi kartalari yordamida “Iqlim o‘zgarishining voha tuproq va o‘simlik qoplamiga ta’siri” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
iqlim o‘zgarishiga moslashish va barqaror rivojlanishning geografik jihatlarini tadqiq qilgan holda, voha landshaftlarini ekologik holatini baholash va kartalashtirish ishlari natijasida vohaning 1:350000 mashstabdagi landshaft ekologik, landshaft meliorativ, sug‘oriladigan erlarning sho‘rlangan maydonlar va kasalliklar tarqalishini ko‘rsatuvchi kartalari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi  03-03/1-03/3-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, barqaror rivojlanishning geografik jihatlarini tadqiq qilgan holda, voha landshaftlarini ekologik holatini baholash va kartalashtirish ishlari natijasida vohaning 1:350000 mashtabdagi landshaft ekologik, landshaft meliorativ, sug‘oriladigan erlarning sho‘rlangan maydonlar va kasalliklar tarqalishini ko‘rsatuvchi kartalarini seriyali ishlab chiqish ishlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
voha landshaftlarini tabiiy va antropogen omil ta’siri ostida o‘zgarishini, iqlim o‘zgarish sharoitiga moslashish, ekologik holatini kartalashtirishning geografik asoslarini ishlab chiqilgan va olingan natijalar asosida ekologik holatni optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi  03-03/1-03/3-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarish sharoitiga moslashish, ekologik holatini kartalashtirishning geografik asoslarini ishlab chiqilgan va olingan natijalar asosida ekologik holatni optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi ekologik muammolarni oldini olish ishlarini optimal monitoring qilish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish