Bolkiev Abduvaxid Abdullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anorning (Punica granatum L.) mahalliy navlarini genetik tahlil qilish va in vitro usuli yordamida mikroklonli ko‘paytirish», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1071.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Mirakbar Daniyarovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy anor navlarining genetik xilma-xilligini, navlar o‘rtasidagi filogenetik munosabatlarini aniqlash, navlarning individual genetik pasportini ishlab chiqish hamda in vitro usuli yordamida mikroklonli ko‘paytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anorning mahalliy navlari ilk bor genetik tahlil asosida baholangan hamda ularni in vitro usulida mikroklonli ko‘paytirish texnologiyasi yaratilgan; 
mikrosatellit markerlar yordamida mahalliy anor navlarining genetik xilma-xilligi va o‘zaro filogenetik munosabatlari ishlab chiqilgan;
tadqiqot navlari o‘rtasida yuqori darajada polimorfizmga ega bo‘lgan “Core set” markerlar paneli tuzilgan;
verifikatsiya asosida genetik pasportlashda foydalanilgan “Core set” markerlarning boshqa navlarda ham yuqori polimorfizm namoyon etganligi isbotlangan;
O‘zbekistonda ilk bor yuqori polimorf markerlar asosida mahalliy anor navlarining genetik pasporti ishlab chiqilgan;
anorning ayrim mahalliy navlarini in vitro sharoitida mikroklonli ko‘paytirishning eng maqbul uslublari (sirt sterilizatsiya, maqbul ozuqa muhiti, fitoregulyatorlar turi va tarkibi, akklimatizatsiya) ishlab chiqilgan;
birinchi marta in vitro sharoitida eksplantlar rizogeneziga supromolekulyar kompleks preparatining ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anorning (Punica granatum L.) mahalliy navlarini genetik tahlil qilish va in vitro usuli yordamida mikroklonli ko‘paytirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
mahalliy anor navlarini in vitro sharoitida mikroklonli ko‘paytirishning ilmiy-amaliy uslublari FZ-2019051016-sonli “Mahalliy anor (Punica granatum L.) navlarini in vitro mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini yaratish” (2020-2022-yillar) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 28 noyabdagi 4/1255-2646-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikrosatellit markerlar yordamida mahalliy anor genotiplari ajratib olingan va ularni molekulyar pasportizatsiyalash imkonini bergan;  
mikroklonli ko‘paytirilgan anorning Achiq-dona, Kazake-anar, Dashnobod, Tuyatish navlari Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Farg‘ona anorchilik” MChJ shaklidagi agrofirmada 2 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 07 dekabrdagi  01/03-2502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulda etishtirilgan anorga nisbatan in vitro usulida etishtirilgan anor ko‘chatlarining tashqi muhit omillariga moslashuvchanligi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi past ekanligi, o‘sish va rivojlanishning jadalligi hamda reproduktiv faolligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish