Mardonov Asror Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalari chiqindilari asosida ko‘p funksiyali kimyoviy mahsulot olish», 02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5539.
Ilmiy rahbar: Abdumavlyanova Ma’mura Kasimovna, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyuloza-qog‘oz sanoati chiqindilardan tabiiy polimerlar sellyuloza va ligninni ajratish, o‘ram qog‘oz, sulfokationit hamda superplastifikatorlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
140-150 °C haroratda 6 %-li natriy ishqor eritmasi bilan gidrolizlab kanop va gugurt sanoati tolali chiqindilaridan sellyuloza ajratilib, 1:1 nisbatda MS-6 markali makulatura qo‘shib o‘ram qog‘oz ishlab chiqarish mumkinligi isbotlangan;
kislotali muhit va 70-80 °C haroratda sellyuloza olish jarayonida hosil bo‘ladigan gidroliz suyuqligidan 97 % gacha lignin ajralishi asoslangan; 
ligninni 90-100 °C haroratda 6 soat davomida H2SO4 bilan sul`folab 86 % gacha sul`folignin hosil bo‘lishi isbotlangan; 
skanerlovchi elektron mikroskop orqali olingan sul`folignin makrog‘ovakli tuzilishi aniqlangan va oqova suvlarni tozalashda KU-2-8  kationitdan selektivligi isbotlangan;
polisul`folignin superplastifikator qo‘shib olingan beton mahsulotlarining 28 kundan keyingi mustahkamligi taqqoslanib, 0,8 % qo‘shilganda mustaxkamligi 79,54 % ga oshishi isbotlangan;
sellyuloza-qog‘oz sanoati chiqindilardan ligninni ajratish va o‘ram qog‘oz, sulfokationit hamda superplastifikatorlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sellyuloza-qog‘oz, kanop poyasi va gugurt sanoati chiqindilaridan sellyuloza ajratish, gidroliz suyuqligidan olingan lignin asosida selektiv kationitlar va bararor superplastifikatorlar olish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
bir va ko‘p yillik o‘simliklardan sellyuloza olish jarayoni ikkilamchi maxsuloti lignin asosida kationit olish texnologiyasi «ISSIQLIK ELEKTR STANSIYaLARI» AJ Muborak issiqlik elektr markazi filialida ishlab chiqarishga joriy qilingan («ISSIQLIK ELEKTR STANSIYaLARI» AJ Muborak issiqlik elektr markazi filialining 2024 yil 27 martdagi 02-21/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy kationit ishlab chiqarish imkonini bergan;  
lignin asosida olingan polimetilenligninsulfokislota ioniti bilan suvni birlamchi bosqichli tozalash texnologiyasi «ISSIQLIK ELEKTR STANSIYaLARI» AJ Muborak issiqlik elektr markazi filialida suvlarni birinchi bosqichli tozalashda kationit sifatida amaliyotga joriy qilingan («ISSIQLIK ELEKTR STANSIYaLARI» AJ Muborak issiqlik elektr markazi filialining 2024 yil 27 martdagi 02-21/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik suvning qattiqligi 1,6 dan 0,4 mg-ekv/l gacha, Ca+2 ionlari miqdorini 20 mg/l dan 0,8 mg/l gacha, Mg+2 ionlari miqdorini 9,6 mg/l dan 0,18 mg/l gacha kamaytirish va KU-2-8 import sulfokationitini mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish