Nasrullaev Javohirxon Ravshanxonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz, rus va o‘zbek tillarida olamning lisoniy manzarasida “tolerantlik” konseptining ifodalanishi, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3537
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Dalieva Madina Xabibullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillarida “tolerantlik” konseptining olamning lisoniy manzarasidagi ifodalanish xususiyatlarini kompleks qiyosiy tahlil asosida ularning umumiy va milliy-madaniy o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi “tolerantlik” konseptining denotativ va konnotativ ma’no bilan bog‘liq semantik maydoni, milliy tafakkurga tayangan lingvomadaniy jihatlari hamda ularning olamning lisoniy manzarasida ifodalanishining izomorf va allomorf xususiyatlari isbotlangan;
“tolerantlik” konseptining ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi leksik, frazeologik, paremiologik qatlamlarda, rus tilida “tolerantnost`”, ingliz tilida “tolerance”, o‘zbek tilida “bag‘rikenglik” tushunchalarining shakllanish va rivojlanish tarixidagi lingvomadaniy tafovutlar hamda mazkur konseptni ifodalovchi lisoniy birliklarning etimologiyasi va semantik taraqqiyoti qiyosiy aspektda dalillangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida “tolerantlik” konseptini ifodalovchi chidamlilik, hurmat va o‘zaro tushunish, mehr-shafqat va kechirimlilik kabi tushunchalar, ularning semantik va konnotativ jihatlari, ingliz maqollarida shaxs erkinligi va individuallikka oid birliklarning ko‘pligi, rus tilidagi frazeologik birliklarda sabr-toqat va bardoshlilikning asosiy o‘rin egallashi, o‘zbek tilida esa mehr-oqibat va insonlararo munosabatlarga urg‘u berilganligi aniqlangan;
qiyoslanayotgan uch tildagi ijtimoiy-siyosiy va milliy stereotiplarni aniqlashda publisistik, ilmiy hamda badiiy matnlarda “tolerantlik” konseptining ifodalanish uslubi, diskursiv xususiyatlari, o‘zbek tilida “bag‘rikenglik” konseptining ijobiy qadriyat sifatida barqaror ifodalanishi, rus tilida tanqidiy yoki kinoyaviy tarzda aks ettirilishi, ingliz tilida neytral konnotatsiya bilan qo‘llanilishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Tolerantlik” konseptiga oid ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi lisoniy birliklarning semantik, lingvomadaniy va diskursiv xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi “tolerantlik” konseptining denotativ va konnotativ ma’no bilan bog‘liq semantik maydoni, milliy tafakkurga tayangan lingvomadaniy jihatlari hamda ularning olamning lisoniy manzarasida ifodalanishining izomorf va allomorf xususiyatlari isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091378 raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 24-martdagi 04-01/1294-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak filologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, ularning madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va oliy ta’lim tizimida pedagog-xodimlarning psixologik diagnostikasini amalga oshirishda til omili hamda lingvomadaniy tafovutlarni hisobga oluvchi metodik ta’minot takomillashtirilgan;
“tolerantlik” konseptining ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi leksik, frazeologik, paremiologik qatlamlarda, rus tilida “tolerantnost`”, ingliz tilida “tolerance”, o‘zbek tilida “bag‘rikenglik” tushunchalarining shakllanish va rivojlanish tarixidagi lingvomadaniy tafovutlar hamda mazkur konseptni ifodalovchi lisoniy birliklarning etimologiyasi va semantik taraqqiyoti qiyosiy aspektda dalillanganligiga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2021-2022 yillarda bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik ob’ektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 24-martdagi 04-01/1295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, rus va o‘zbek tillarida “tolerantlik” konseptini ifodalovchi lisoniy birliklarning shakllanish va rivojlanish tarixidagi lingvomadaniy farqlari hamda etimologik-semantik xususiyatlariga oid ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliy loyiha doirasida qo‘llanilishi orqali ko‘p tildagi elektron lug‘atning mazmuni lingvomadaniy jihatdan boyitilib, bo‘lajak filologlarning “bag‘rikenglik” (“tolerance”, “tolerantnost`”) tushunchasiga tegishli birliklarni semantik jihatdan chuqur tahlil qilish, qiyosiy-tarixiy ma’lumotlarni amaliy qo‘llash hamda lug‘at bilan ishlash metodikasi rivojlantirildi. Shuningdek, lug‘atdan foydalanuvchilarda uch til doirasida madaniyatlararo kommunikatsiyani samarali tashkil etish, konseptning lingvomadaniy xususiyatlarini to‘liq idrok etish va amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalari shakllantirildi;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida “tolerantlik” konseptini ifodalovchi chidamlilik, hurmat va o‘zaro tushunish, mehr-shafqat va kechirimlilik kabi tushunchalar, ularning semantik va konnotativ jihatlari, ingliz maqollarida shaxs erkinligi va individuallikka oid birliklarning ko‘pligi, rus tilidagi frazeologik birliklarda sabr-toqat va bardoshlilikning asosiy o‘rin egallashi, o‘zbek tilida esa mehr-oqibat va insonlararo munosabatlarga urg‘u berilganligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 19-martdagi 04/993-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “tolerantlik” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish, uning ingliz tilida shaxs erkinligi va individuallik hurmatiga bog‘liqligi, rus tilida sabr-toqat va bardoshlilik tushunchasi asosiy o‘rinni egallashi, o‘zbek tilida esa mehr-oqibat va insonlararo munosabatlarga urg‘u berilishi ilmiy jihatdan asoslangan;
qiyoslanayotgan uch tildagi ijtimoiy-siyosiy va milliy stereotiplarni aniqlashda publisistik, ilmiy hamda badiiy matnlarda “tolerantlik” konseptining ifodalanish uslubi, diskursiv xususiyatlari, o‘zbek tilida “bag‘rikenglik” konseptining ijobiy qadriyat sifatida barqaror ifodalanishi, rus tilida tanqidiy yoki kinoyaviy tarzda aks ettirilishi, ingliz tilida neytral konnotatsiya bilan qo‘llanilishi ilmiy jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 19-martdagi 749/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “tolerantlik” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish, milliy-madaniy farqlarni semantik va diskursiv jihatdan tahlil qilish, shuningdek, konseptning o‘zbek tilida ijobiy qadriyat sifatida barqaror ifodalanishi, rus tilida ba’zan tanqidiy yoki kinoyaviy tarzda aks etishi va ingliz tilida odatda neytral konnotatsiyada qo‘llanilishi ilmiy jihatdan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish