Uktamov Nodir Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning rivojlantirish jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil ” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1079
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamov Qodirjon Odiljonovich Sotsiologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b.professor
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor v.b., Abdullaev Elmurod Bozorboy o‘g‘li falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapital rivojlanish dinamikasining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish orqali jamiyatda o‘zaro ishonch va birdamlik tamoyillarining o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning ehtiyoj-faollik-samaradorlik kabi uch stimuli sotsiumda ekzogen (inson kapitali, institutsional muhit, ijtimoiy faoliyat) hamda endogen (ishonch, faollik) omillarning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlab, inson salohiyatini akmeologik jihatlarini belgilovchi sotsial mexanizm ekanligi ilmiy asoslangan;
jamiyatning barqaror taraqqiyoti ijtimoiy kapitalning o‘ziga xos institutsional (jamoaviylik, ijtimoiy meʼyor, ishonch, ijtimoiy birdamlik) xususiyatlarini proporsional shaklda rivojlantirib, shaxsning o‘z ijtimoiy maqsadlariga erishish konfiguratsiyasini belgilovchi paradigma ekanligi ochib berilgan;
davlatning gumanistik ijtimoiy innovatsion polisubstansional jihatlari fuqarolarda tashabbuskorlik, xalqchillik va o‘zoro ishonch tamoyillarini rivojlantirishi orqali boshqaruvda inson-jamiyat-davlat tamoyilining ratsionallashuvi falsafiy asoslangan;
jamiyatni noosfera va gumanizatsiyalashda ijtimoiy kapitalni rivojlantirish, shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni tartibga soluvchi tamoyil sifatida aholining zaif qatlamlarida ijtimoiy harakatchanlikni ta’minlashi ijtimoiy davlat fenomenini yuksaltiruvchi atribut ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning rivojlanish jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida:
zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning ehtiyoj-faollik-samaradorlik kabi uch stimulining sotsiumda ekzogen (inson kapitali, institutsional muhit, ijtimoiy faoliyat) hamda endogen (ishonch,faollik) omillarning o‘zaro dialektik aloqadorligiga bog‘liqligiga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11- aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 2/1374-son ma’lumotnomasi). Natijada inson salohiyatining akmeologik jihatlarini belgilovchi sotsial mexanizmlarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatning barqaror taraqqiyoti ijtimoiy kapitalning o‘ziga xos institutsional (jamoaviylik, ijtimoiy meʼyor, ishonch, ijtimoiy birdamlik) xususiyatlarini proporsional shaklda rivojlantirib, shaxsning o‘z ijtimoiy maqsadlariga erishish konfiguratsiyasini belgilovchi paradigma ekanligiga doir taklif-tavsiya va xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifta markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-avgustdagi 10/505-son dalolatnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning past darajadagi rivojlanish sabablarini aniqlash va shu bilan birga jamiyatning ijtimoiyma’naviy hayotini o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish yo‘llarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
davlatning gumanistik ijtimoiy innovatsion polisubstansional jihatlari fuqarolarda tashabbuskorlik, xalqchillik va yaratuvchanlik tamoyillarini rivojlantirishi orqali boshqaruvda inson-jamiyat-davlat tamoyilining ratsionallashuviga oid ilmiy taklif va tavsiyalaridan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11-apreldagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 2/1374-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarda tashabbuskorlik, xalqchillik va yaratuvchanlik tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatni noosfera va gumanizatsiyalashda ijtimoiy kapitalni rivojlantirish shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida aholining zaif qatlamlarida ijtimoiy harakatchanlikni ta’minlashiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2023-2024-yillardagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot, “Millat va ma’naviyat” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10-oktyabrdagi 04-36-822-son ma’lumotnomasi). Natijada inson salohiyatining akmeologik jihatlarini belgilovchi sotsial mexanizmlarni ochib berishga xizmat qilgan.