Musaeva Muxarram Abdurashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar alkogolsiz  yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozini tashxislash markerlarini muvofiqlashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3754.
Ilmiy rahbar: Parpibaeva Dinora Ayupovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Go‘zal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozini tashxislash markerlarini muvofiqlashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jigar fibrozining rivojlanish xavfi bo‘lgan jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlar standart tekshiruviga molekulyar genetik tadqiqot usullarini joriy etish zarurligi isbotlangan;
Prediktiv HSI, FIB-4 indeksi prognostik ko‘rsatkichlar natijalari jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi rivojlanish bosqichlarida uning kelgusi jarayonini bashorat qilish va xavf darajasiga qarab bemorlarni stratifikatsiya qilish mumkinligi aniqlangan;
DEBQ (Dutch Eating Behavior Questionnaire) so‘rovnomasi asosida ayollar orasida emotsional va erkaklarda esa asosan eksternal ovqatlanish turi ustunligi aniqlangan va ularning psixologik xamda ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining zo‘rayishi  va fibroz rivojlanishida MikroRNK-221 sintezi darajasining ortishi kasallikning prognostik markeri sifatida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozini tashxislash markerlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: jigar fibrozining rivojlanish xavfi bo‘lgan jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlar standart tekshiruviga molekulyar genetik tadqiqot usullarini joriy etish zarurligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 07.10.2024 yil 79-sonli va Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasining 04.11.2024 yildagi 107-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi faolligini erta tashxislash va baholash, shuningdek, jigardagi fibroz jarayonini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar fibroz jarayoni faolligini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda tashxislash va davolashga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozini oldindan bashorat qilish va o‘z vaqtida tashxislash ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: prediktiv HSI, FIB-4 indeksi prognostik ko‘rsatkichlar natijalari jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi rivojlanish bosqichlarida uning kelgusi jarayonini bashorat qilish va xavf darajasiga qarab bemorlarni stratifikatsiya qilish aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 07.10.2024 yil 79-sonli va Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasining 04.11.2024 yildagi 107-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar steatozi va jigar fibrozini baholashda prediktiv HSI, FIB-4 indeksining  ahamiyati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: jigar steatozi va jigar fibrozini og‘irlik darajasini erta tashxislash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligida jigar steatozi va jigar fibrozi bo‘lgan bemorlar taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: DEBQ (Dutch Eating Behavior Questionnaire) so‘rovnomasi asosida ayollar orasida emotsional va erkaklarda esa asosan eksternal ovqatlanish turi ustunligi aniqlangan va ularning psixologik xamda ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 07.10.2024 yil 79-sonli va Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasining 04.11.2024 yildagi 107-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: emotsional va eksternal ovqatlanish ustun bo‘lgan bemorlarda ovqatlanish xulq-atvorini o‘zgartirish jigar steatozining rivojlanishi oldini olishda va uni sekinlashtirishda muhim rol` o‘ynaydi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi kasallik jadal o‘sishini erta tashxislash va bashoratlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ovqatlanish xulq-atvorini buzilishlarini aniqlash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati ko‘nikmalarini uzoq vaqt davomida saqlab qolish, hayot sifatini yaxshilash va davolash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining zo‘rayishi  va fibroz rivojlanishida MikroRNK-221 sintezi darajasining ortishi kasallikning prognostik markeri sifatida asoslanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 07.10.2024 yil 79-sonli va Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasining 04.11.2024 yildagi 107-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik tahlillardan foydalanish, xususan MikroRNK-221 ko‘rsatkichining ortishi jigar fibrozini ilk bosqichlarda aniqlashning biomarkyori sifatida kasallik jadal o‘sishini erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar fibrozini ilk bosqichlarda aniqlashning noinvaziv usuli jigar alkogolsiz yog‘ kasalligini rivojlanishib keyingi bosqichlarga progressiyalanishi bilan jigar fibrozi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanish tavsiya etiladi. Xulosa: jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallik jadal o‘sishini erta aniqlash va oldini olish bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga olib keladi, yashab qolish ko‘rsatkichlari va xayot sifatini yaxshilaydi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish