Ashurov Xisrav Xurshid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eyilishga bardoshli metall qotishmalarda quyma sifatini oshirish va termik ishlov berish rejimini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.2.PhD/T5654
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Yaxshiev Sherali Namozovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Bektemirov Abdujalol Do‘smuxammad o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori marganesli eyilishga bardoshli po‘latlardan tayyorlanadigan detallarni quyish jarayonida ekzotermik o‘rnatmalar qo‘llash orqali quyma mahsulotlarning sifatini oshirish va termik ishlov berish rejimini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
110G13L markali po‘latdan quyma mahsulotlar olishda quyma sifatini oshirish texnologiyasi quyish tizimida ekzotermik o‘rnatmalar qo‘llash orqali qolip ichida kechuvchi ekzotermik reaksiyalar asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali po‘latlardan tayyorlangan quymalarga termik ishlov berish texnologiyasi pech ichidagi harorat va quyma orasidagi issiqlik almashinuv parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali po‘latlarda harorat sharoitlariga bog‘liq ravishda faza o‘zgarishlari kinetikasini termodinamik tahlil qilish usuli, austenit fazasining hosil bo‘lish oraliqlari va ularning uglerod miqdoriga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali po‘latdan tayyorlangan ekskovator cho‘mich tishining eyilish mexanizmini aniqlash usuli abraziv muhitda ishlash sharoitlari va eyilish jarayonining fizik-mexanik bog‘liqliklari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eyilishga bardoshli metall qotishmalarda quyma sifatini oshirish va termik ishlov berish rejimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyish tizimida ekzotermik o‘rnatma o‘rnatish orqali, quymalarda metall sarfini kamaytirish va quyma sifatini oshirish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyish tizimidagi metall sarfi 9-10% ga kamaygan va quyma holida olingan detallarning sifati 7-10% ga oshgan.
yuqori marganesli po‘latlardan tayyorlangan quymalarni pechga yuklash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, qizdirish uchun sarflanadigan energiya miqdori 5-6% ga kamaygan.
yuqori marganesli po‘latlardan tayyorlangan quymalarga termik ishlov berish rejimi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, pech haroratini quymaga o‘tkazish evaziga energiya sarfi 10-15% ga kamaygan, pechning unumdorligi 7-10% ga oshgan.
yuqori marganesli po‘latlarda harorat shartlariga bog‘liq ravishda faza o‘zgarishlari kinetikasini termodinamik tahlil qilish usuli “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, termik ishlov berish jarayonida austenit fazasining hosil bo‘lish harorati 10% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish