Sattarova Sabina Zavkievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giyen-Barre sindromining turli kechish shaklllarining differensial diagnostikasi va xavf omillari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1705.
Ilmiy rahbar: Azizova Ra’no Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05. 2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Matmurodov Rustam Jumanazarovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyarov nomli Milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Giyen-Barre sindromining rivojlanish patogenezini ilmiy asoslangan konsepsiya sifatida ishlab chiqish, kasallikning og‘irlik darajasini baholash va uning natijalarini bashorat qilish hamda differensial tashxislash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Demielinizatsiyalanuvchi (O‘YaDP) va aksonal (O‘MAN, O‘MSAN) shakllardagi Giyen-Barre sindromi uchun xavf omillarining taqqoslash tahlili o‘tkazilib, klinik variantga bog‘liq holda eng muhim trigger infeksion agentlar (Campylobacter jejuni, Epshteyn-Barr virusi, SARS-CoV-2) aniqlangan;
Giyen-Barre sindromining turli klinik shakllarida bulbar va vegetativ buzilishlarning batafsil tahlili o‘tkazilib, bulbar buzilishlar aksonal shakllarda tez-tez uchrashi va nafas olish asoratlarining muhim prediktori ekanligi aniqlangan;
MCP-1 va Cystatin C biomarkerlarining Giyen-Barre sindromi og‘irligini prognoz qilishdagi roli o‘rganilib, MCP-1 darajasi bilan periferik nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayoni o‘rtasida yuqori korrelyasiya mavjudligi, hamda, Cystatin C darajasining oshishi aksonal shikastlanishning muhim markeri ekanligi va kasallikning og‘ir shakllarini barvaqt tashxislashda qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
Giyen-Barre sindromi bilan kasallangan bemorlarni stratifikatsiya qilish va individuallashtirilgan davolash bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, erta monitoring algoritmi, MCP-1, Cystatin C, EGOS va GBS-DS shkalalarini tahlil qilish orqali terapiyani individuallashtirish, uning samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Giyen-Barre sindromining turli kechish shaklllarining differensial diagnostikasi va xavf omillarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: demielinizatsiyalanuvchi (O‘YaDP) va aksonal (O‘MAN, O‘MSAN) shakllardagi Giyen-Barre sindromi uchun xavf omillarining taqqoslash tahlili o‘tkazilib, klinik variantga bog‘liq holda eng muhim trigger infeksion agentlar (Campylobacter jejuni, Epshteyn-Barr virusi, SARS-CoV-2) aniqlanganligi Samaqand tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 03/158-son bilan tasdiqlangan «Sposob prognozirovaniya klinicheskogo techeniya sindroma Giyena-Barre» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 7-martdagi 01/156-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Shahar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 8-martdagi № 680-7-107-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ahamiyatli trigger omillarni aniqlash Giyen-Barre sindromining erta tashxislanishi va oldini olish imkonini beradi, bu esa sun’iy nafas oldirish hamda uzoq muddatli reabilitatsiya talab qiladigan og‘ir asoratlarni kamaytirishga yordam beradi. Etiologik omilni hisobga olgan holda maqsadli davolash strategiyalarini qo‘llash kasallik prognozini yaxshilaydi, nogironlik darajasini pasaytiradi va bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Kompleks davolash, jumladan psixologik qo‘llab-quvvatlash, bemorlarning ijtimoiy moslashuviga va faol hayotga qaytishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarining erta tashxislanishi va maqsadli davolash statsionar davolanish muddatini va intensiv terapiya hajmini kamaytirishga imkon beradi, bu esa tibbiy yordam xarajatlarini pasaytiradi. Og‘ir asoratlar va nogironlik holatlari sonining kamayishi qimmatbaho reabilitatsiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirishga xizmat qiladi. Ushbu tavsiyalarni klinik amaliyotga joriy etish sog‘liqni saqlash tizimi moliyaviy xarajatlarini optimallashtirishga yordam beradi. Prognostik usulni qo‘llash natijasida bemorlarning o‘rtacha gospitalizatsiya muddati 3,4 kunga qisqardi va bu davolash xarajatlarini o‘rtacha 17,6% ga kamayishiga olib keldi. Bir nafar bemor uchun iqtisodiy tejamkorlik 12875000 so‘m ni tashkil etdi, yil davomida 100 nafar bemorni davolash natijasida sog‘liqni saqlash tizimi uchun umumiy tejamkorlik 1287500000 so‘m ga etdi. Xulosa: Giyen-Barre sindromining tashxis va davolash jarayonida aniqlangan xavf omillari hamda trigger infeksiya agentlaridan foydalanish tibbiy yordam samaradorligini oshiradi, kasallikning og‘ir shakllari sonini kamaytiradi va bemorlar uchun yaxshi prognoz yaratadi. Uzoq muddatli davrda bu davolash va reabilitatsiya xarajatlarining qisqarishiga, bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga va ijtimoiy yuklamalarning kamayishiga xizmat qiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Giyen-Barre sindromining turli klinik shakllarida bulbar va vegetativ buzilishlarning batafsil tahlili o‘tkazilib, bulbar buzilishlar aksonal shakllarda tez-tez uchrashi va nafas olish asoratlarining muhim prediktori ekanligi aniqlanganligi Samaqand tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 03/158-son bilan tasdiqlangan «Sposob prognozirovaniya klinicheskogo techeniya sindroma Giyena-Barre» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 7-martdagi 01/156-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Shahar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 8-martdagi № 680-7-107-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bulbar buzilishlarini nafas olish asoratlarining prediktori sifatida aniqlash nafas etishmovchiligi xavfini o‘z vaqtida baholash va erta profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi, jumladan, bemorlarni reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlariga o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlaydi. Vegetativ disfunksiya 46,3% bemorlarda aniqlangani kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish va davolash taktikalarini o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkoniyatini beradi, bu esa davolash natijalarini yaxshilaydi va nogironlikni kamaytiradi. Ushbu asoratlarni tashxislash va davolashga kompleks yondashuv bemorlarning hayot sifatini oshiradi, xavfli holatlar va o‘lim holatlari sonini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Bulbar buzilishlar va vegetativ disfunksiyani erta aniqlash va o‘z vaqtida aralashuvlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida uzoq muddat davolanish ehtiyojini kamaytiradi, bu esa tibbiy xizmat xarajatlarini pasaytiradi. Og‘ir asoratlar sonining kamayishi reabilitatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini o‘rtacha 12,3% ga qisqartirishga imkon berdi, bu esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimiga tushadigan yukni qo‘shimcha ravishda kamaytirdi. Xulosa: Giyen-Barre sindromi bilan bog‘liq bulbar va vegetativ buzilishlarning chuqur tahlili klinik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, og‘ir asoratlarni bashorat qilish, davolashni o‘z vaqtida to‘g‘rilash va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu tavsiyalarni klinik amaliyotga joriy etish terapiya samaradorligini oshiradi, tibbiy va ijtimoiy yordam xarajatlarini pasaytiradi, shu bilan birga bemorlarning prognozini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: MCP-1 va Cystatin C biomarkerlarining Giyen-Barre sindromi og‘irligini prognoz qilishdagi roli o‘rganilib, MCP-1 darajasi bilan periferik nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayoni o‘rtasida yuqori korrelyasiya mavjudligi, hamda, Cystatin C darajasining oshishi aksonal shikastlanishning muhim markeri ekanligi va kasallikning og‘ir shakllarini barvaqt tashxislashda qo‘llanilishi mumkinligi isbotlanganligi Samaqand tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 03/158-son bilan tasdiqlangan «Sposob prognozirovaniya klinicheskogo techeniya sindroma Giyena-Barre» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 7-martdagi 01/156-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Shahar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 8-martdagi № 680-7-107-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MCP-1 va Cystatin S biomarkerlarini tashxis jarayonida qo‘llash Giyen-Barre sindromining og‘ir kechish xavfi bor bemorlarni erta aniqlash imkonini beradi, bu esa intensiv terapiyani o‘z vaqtida boshlash va asoratlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Bu kasallik prognozini yaxshilaydi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi va og‘ir nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Aksonal shikastlanishning erta tashxis qilinishi patogenetik jihatdan asoslangan davolash usullarini o‘z vaqtida qo‘llash imkonini beradi, bu esa motor funksiyalarni saqlab qolish va bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: MCP-1 va Cystatin S biomarkerlarini klinik amaliyotga joriy etish tashxis jarayonini optimallashtirishga, uzoq muddatli statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirishga va og‘ir shakllarga ega bemorlar uchun reabilitatsiya ehtiyojini pasaytirishga xizmat qiladi. Ushbu usulni qo‘llash natijasida bemorlarning kasalxonada yotish muddati o‘rtacha 3,1 kunga qisqardi va bu davolash xarajatlarini o‘rtacha 15,8% ga kamaytirishga olib keldi. Har bir bemor uchun tejamkorlik 11620000 so‘mni tashkil etadi, yil davomida 100 nafar bemorni davolashda esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun umumiy tejamkorlik 1162000000 so‘mga etadi. Biomarkerlarni qo‘llash diagnostika muddatini 1,7 kunga qisqartirish va o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini oshirish imkonini beradi, bu esa uzoq muddatli perspektivada sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimiga tushadigan yukni kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: MCP-1 va Cystatin S biomarkerlaridan foydalanish Giyen-Barre sindromi og‘irligi prognozini yaxshilashda yangi imkoniyatlar yaratadi va individuallashtirilgan davolash yondashuvini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu nogironlik holatlarining kamayishi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi va tibbiy yordam xarajatlarining optimallashuviga hissa qo‘shadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Giyen-Barre sindromi bilan kasallangan bemorlarni stratifikatsiya qilish va individuallashtirilgan davolash bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, erta monitoring algoritmi, MCP-1, Cystatin C, EGOS va GBS-DS shkalalarini tahlil qilish orqali terapiyani individuallashtirish, uning samaradorligini oshirish asoslanganligi Samaqand tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 03/158-son bilan tasdiqlangan «Sposob prognozirovaniya klinicheskogo techeniya sindroma Giyena-Barre» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 7-martdagi 01/156-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati Shahar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 8-martdagi № 680-7-107-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarni stratifikatsiya qilish algoritmidan foydalanish davolash yondashuvini individuallashtirishga imkon beradi, og‘ir shakllarning rivojlanishini o‘z vaqtida prognoz qilish va tegishli tibbiy yordamni ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi. Bu asoratlar sonining kamayishiga, uzoq muddatli respirator yordam zaruriyatining kamayishiga va bemorlarni tezroq reabilitatsiya qilishga xizmat qiladi. Kasallik og‘irligini erta prognoz qilish funksional natijalarni yaxshilaydi va bemorlarning ijtimoiy moslashuv darajasini oshiradi, nogironlik oqibatlarini minimallashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Biomarkerlar va prognostik shkalalarni o‘z ichiga olgan personallashtirilgan davolash yondashuvi sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi, intensiv terapiya va uzoq muddatli statsionar davolash xarajatlarini kamaytiradi. Og‘ir asoratlar va nogironlik holatlarining kamayishi ijtimoiy himoya va tibbiy reabilitatsiya tizimiga tushadigan moliyaviy yukni pasaytiradi, shuningdek, bemorlarning ish faoliyatiga tezroq qaytishiga yordam beradi. Algoritm asosida bemorlarni stratifikatsiya qilish va individul davolashni qo‘llash natijasida og‘ir asoratlar uchrash tezligi 18,5% ga kamaydi, bu esa uzoq muddatli nafas olish qo‘llab-quvvatloviga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga va kasalxonada yotish muddatini o‘rtacha 2,9 kun ga qisqartirishga olib keldi. Bu intensiv terapiya va uzoq muddatli statsionar davolanish xarajatlarini 14,2% ga kamaytirishga imkon berdi, natijada har bir bemor uchun 10450000 so‘m iqtisod qilindi. Agar yil davomida 100 nafar bemor davolansa, buning natijasida tibbiyot tizimi uchun jami 1045000000 so‘m tejaladi. Qolaversa, nogironlik holatlarining kamayishi tibbiy reabilitatsiya va ijtimoiy himoya xarajatlarini pasaytirishga yordam beradi hamda bemorlarning mehnat faoliyatiga tezroq qaytishini tezlashtiradi, bu esa uzoq muddatda ijtimoiy ta’minot tizimiga tushayotgan yukni kamaytiradi. Xulosa: Giyen-Barre sindromi bo‘lgan bemorlarni stratifikatsiya qilish va davolashni individuallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar terapiya samaradorligini oshirishga, prognoz va hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy ta’minot xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Bu tavsiyalarni klinik amaliyotga joriy etish tibbiy yordam darajasini oshirish va sog‘liqni saqlash resurslarini optimallashtirish imkonini beradi.