Turobov Jaxongir Ravkat o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarga transport sohasiga oid terminlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (ingliz tili misolida), 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8310
Ilmiy rahbar: Raxmonov Azizxon Bositxonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamadaliev Abdumajit Mamasolievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi transport sohasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda sohaga oid terminlarni ingliz tilida tizimli yondashuv asosida o‘qitish mexanizmlarini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga ingliz tilida transport sohasiga oid terminlarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv yuklamaning o‘zgaruvchanligi, terminlarning mavzuli-klasterli bog‘liqligi va funksional kontekstga ko‘ra fikr yuritish darajalarini hisobga olgan holda “CS Framework” (Cognitive-Term Cluster Sequencing) modeli asosida terminologik kompetensiyani bosqichli rivojlantirish strategiyasi takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy-til kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi TRICL (Terminological Reasoning in Contextualized Learning) metodik strategiyalar tizimini asoslash orqali uning asosiy komponenti bo‘lgan “terminologik fikrlash” ning samaradorligi terminlarning semantik tizimliligi va amaliy kontekstda moslashuvchanligi ko‘ra kontekstual tahlil orqali reflektiv qo‘llash bosqichlariga funsional fikr yuritish mexanizmlarini integratsiya qilish orqali dalillangan;
terminologik tizimning paradigmatik, leksik-semantik va morfologik xususiyatlari asosida talabalarda kontekstga yo‘naltirilgan tushunchaviy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “TERMIN-COGNITION TRANSFER” texnikasining samaradorligi terminlarning semantik tarmoqlanishi, konseptual maydon bilan tizimli bog‘liqligi va morfo-strukturaviy xususiyatlarini aniqlash imkonini berishi bilan dalillangan;
ingliz tilida transport sohasiga oid terminlarni o‘zlashtirishda talabalarni bosqichli baholash (diagnostik, oraliq va yakuniy) turlari, terminologik kompetensiyani o‘lchash indikatorlari hamda o‘quvchi faoliyatini natijaviy tahlil qilish usullarini nazariy-metodik asoslash orqali terminologik kompetensiyani aniqlik, izchillik va funsional samaradorlik mezonlari asosida baholashga xizmat qiluvchi lingvodidaktik monitoring yondashuvi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport sohasiga oid terminlarni o‘qitishning shakli, metodlari kabi masalalarning ahamiyatini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish imkoniyati doirasida:
talabalarga ingliz tilida transport sohasiga oid terminlarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv yuklamaning bosqichma bosqich o‘zgaruvchanligini, terminlarning mavzuli-klasterli bog‘liqligi va funsional kontekstga ko‘ra fikr yuritish darajalarini hisobga olgan holda “CS Framework” (Cognitive-Term Cluster Sequencing) modeli asosida terminologik kompetensiyani bosqichli rivojlantirish strategiyasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Latviyaning “Rezekna” texnologiyalar akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan «561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP» nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 29-sentyabrdagi 23/227-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi soha mutaxassislarni kasbiy kompitensiyalarini rivojlantirish va tadbiq etish bo‘yicha takliflar takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy-til kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi TRICL (Terminological Reasoning in Contextualized Learning) metodik strategiyalar tizimini asoslash orqali uning asosiy komponenti bo‘lgan “terminologik fikrlash”ning samaradorligi kontekstual tahlil orqali terminologik asoslantirish va reflektiv qo‘llash bosqichlari hamda terminlarning semantik tizimliligi, amaliy kontekstda moslashuvchanligi ko‘ra funsional fikr yuritish mexanizmlariga oid xulosalardan ERASMUS+ dasturining “ICM, KA-107- International Credit Mobility between European Union And Uzbekistan HEIS, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Ruhr University Bochum (Germany ) -2021-1-DE01-KA 107-005433” (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zDJTU va Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasida kredit safarbarligi loyihasida foyfdalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 23/228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transport sohasiga oid terminlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitish metodikasi ommalashtirilgan;
terminologik tizimning paradigmatik, leksik-semantik va morfologik xususiyatlari asosida talabalarda kontekstga yo‘naltirilgan tushunchaviy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “TERMIN-COGNITION TRANSFER” texnikasi taklif etilib, ushbu texnika doirasida terminlarning semantik tarmoqlanishi, konseptual maydon bilan tizimli bog‘liqligi va morfo-strukturaviy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2023-yil 1- iyundagi IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Kompravistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi inovvasion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 25-iyundagi 01/363-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Transport sohasiga oid terminlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitish usullari” mavzusidagi maqolada xorijiy tillarni o‘qitishning lingvodidaktik asoslarini o‘rganish hamda transport sohasida tehsil olayotgan mutaxassislarni kasbiy kompetensiyalarini rivijlantirish va tadbiq etishni qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha takliflar takomillashtirilgan.