Jumaniyozova Nasiba Ramatillaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning psixologik asoslari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P195.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning psixologik asoslarini tadqiq etish hamda ularning psixologik farovonligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy so‘nishning darajaviy ifodalanishida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi emotsional charchash, depersonalizatsiya, shaxsiy yutuqlar reduksiyasi, hayot sifatining psixologik farovonlik bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, mutaxassislar faoliyatida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan bog‘liq kasbiy samaradorlikning o‘zgaruvchanlik mexanizmlarining mavjudligi asoslangan;
mutaxassislarning maxsus ta’lim faoliyatiga tayyorligining kasbiy so‘nish namoyon bo‘lishiga ta’sirini aniqlashning diagnostik imkoniyatlari, shaxsiy yutuqlar, salomatlik, yaqin insonlar bilan muloqot, optimizm, o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonini refleksiv baholash muhimligiga ko‘ra «Hayot sifati shkalasi» so‘rovnomasini psixodiagnostik faoliyatga kiritish asosida takomillashtirilgan;
mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning namoyon bo‘lishida mas’uliyat hissining kognitiv anglanganlik, ekstrapolyasiya, uslubiy-instrumental harakatlar va shaxsiy qiyinchiliklarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim ta’sirga ega ekanligi asoslangan;
mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning namoyon bo‘lishiga ijtimoiy muhitning ta’siri natijasida muammodan qochish, natijalarni ijobiy baholash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, ijtimoiy-psixologik kompetentlikning o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, «qarama-qarshilik bilan kurashish», «psixologik farovonlik»ka erishish uslubining ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
mutaxassislarda «Kasbiy yuksalish» nomli psixokorreksion dasturning modeli asosida irodaviy, emotsional, kommunikativ sohalarni shakllantirish muhimligiga ko‘ra, tashkiliy va shaxsiylik yo‘nalishlarini integratsiyalash muhimligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. 
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning psixologik asoslari muammosini tadqiq etish natijasida:
 kasbiy so‘nishning darajaviy ifodalanishida emotsional charchash, depersonalizatsiya, shaxsiy yutuqlar reduksiyasi, hayot sifatining psixologik farovonlik bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, mutaxassislar faoliyatida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan bog‘liq kasbiy samaradorlikning o‘zgaruvchanlik mexanizmlarining mavjudligi asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 19-iyundagi PM- 411-son buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Pedagogik psixologiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16-iyundagi PM- 411-a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislar kasbiy so‘nishining psixologik xususiyatlar haqida ilmiy bilimlari oshishiga erishilgan;
mutaxassislarning maxsus ta’lim faoliyatiga tayyorligining kasbiy so‘nish namoyon bo‘lishiga ta’sirini aniqlashning diagnostik imkoniyatlari, shaxsiy yutuqlar, salomatlik, yaqin insonlar bilan muloqot, optimizm, o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonini refleksiv baholash muhimligiga ko‘ra, «Hayot sifati shkalasi» so‘rovnomasini psixodiagnostik faoliyatga kiritish asosida takomillashtirilgan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 19-iyundagi PM- 411-son buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16-iyundagi PM- 411-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislarning hayot sifatini diagnostika qilish orqali kasbiy so‘nishga ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
   mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning namoyon bo‘lishida mas’uliyat hissining kognitiv anglanganlik, ekstrapolyasiya, uslubiy-instrumental harakatlar va shaxsiy qiyinchiliklarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim ta’sirga ega ekanligi asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 19-iyundagi PM- 411-son buyrug‘iga binoan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16-iyundagi PM- 411-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi ma’suliyat hissini to‘g‘ri anglash orqali shaxsiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratilgan;
mutaxassislardagi kasbiy so‘nishning namoyon bo‘lishiga ijtimoiy muhit ta’siri natijasida muammodan qochish, natijalarni ijobiy baholash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, ijtimoiy-psixologik kompetentlikning o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, «qarama-qarshilik bilan kurashish», «psixologik farovonlik»ka erishish uslubining ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 19-iyundagi PM- 411-son buyrug‘iga binoan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16-iyundagi PM- 411-a son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislarda yuzaga keladigan muammolarni anglash, ularning natijalarini ko‘ra bilish va psixologik farovonlikka erishish uchun malaka va ko‘nikmalarning kengayishiga imkoniyat vujudga kelgan;
mutaxassislarda «Kasbiy yuksalish» nomli psixokorreksion dasturning modeli asosida irodaviy, emotsional, kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirish muhimligiga ko‘ra, tashkiliy va shaxsiylik yo‘nalishlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 19-iyundagi PM- 411-son buyrug‘iga binoan «Psixologik trening» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16-iyundagi PM- 411-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlovchi mutaxassislardagi kasbiy so‘nishni bartaraf etish uchun psixokorreksion tadbirlarni samarali qo‘llashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish