Arzibaev Kodirjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda sport faoliyati motivlarining psixologik xususiyatlari (Karate bilan shug‘ullanuvchilar misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P449.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Majidov Jasur Baxtiyarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda sport faoliyati motivlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali sport motivlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlardagi sport motivlariga psixologik xususiyatlarning ta’siriga ko‘ra, ijtimoiy-axloqiy, kasbiy faoliyatga tayyorlik, obro‘ni oshirish, moddiy ta’minot, jamoa bo‘lib harakat qilish, sportda muaffaqiyatga erishish, reaksion, sportni bilish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, jismoniy kamolotga erishish motivlarining ustuvorligi bilan bog‘liq ierarxiyasi aniqlashtirilgan;
o‘smir sportchilarda faoliyat motivlarini salbiy shakllanishining darajalariga ko‘ra, frustratsion tolerantlik, xavfli va emotsional zo‘riqishdan qochishni kuchliligi irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik hamda faoliyat barqarorligining reaksiyasi hissiy omillar bilan bog‘liqligi dalillangan;
o‘smirlardagi sport motivlarining psixologik xususiyatlariga ko‘ra moddiy manfaat, o‘zini yaxshi his qilish, bilish, muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojning ustuvorligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta’minlovichi indikator sifatida asoslangan;
o‘smirlarda sport faoliyati motivlarini shakllantirish modeli gnostik, hissiy, identik komponentlarni kasbiy tayyorlik, sportni bilishga va ijtimoiy maqega intilish motivlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra integrasion omillar kombinasiyasi asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘smir sportchilarda sport faoliyati motivlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
o‘smirlardagi sport motivlariga psixologik xususiyatlarning ta’siriga ko‘ra, ijtimoiy-axloqiy, kasbiy faoliyatga tayyorlik, obro‘ni oshirish, moddiy ta’minot, jamoa bo‘lib harakat qilish, sportda muaffaqiyatga erishish, reaksion, sportni bilish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, jismoniy kamolotga erishish motivlarining ustuvorligi bilan bog‘liq ierarxiyasi aniqlashtirilgan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-noyabrdagi PM265-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Sport psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM265a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport maktablari va sport klublari shugullanuvchi o‘smir sportchilarda muvaffaqiyat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining tafovutli jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
o‘smir sportchilarda faoliyat motivlarini salbiy shakllanishining darajalariga ko‘ra, frustratsion tolerantlik, xavfli va emotsional zo‘riqishdan qochishni kuchliligi irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik hamda faoliyat barqarorligining reaksiyasi hissiy omillar bilan bog‘liqligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-noyabrdagi PM265-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Sport psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM265a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport maktablari va sport klublari shugullanuvchi o‘smir sportchilarda faoliyat motivlari salbiy shakllanishiga frustratsion tolerantlik, xavfli va emotsional zo‘riqishdan qochishni kuchliligi irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik hamda faoliyat barqarorligining reaksiyasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan. 
o‘smirlardagi sport motivlarining psixologik xususiyatlariga ko‘ra moddiy manfaat, o‘zini yaxshi his qilish, bilish, muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojning ustuvorligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta’minlovichi indikator sifatida asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-noyabrdagi PM265-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Sport psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM265a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilarda sport faoliyati motivlarini shakllanishida «trener-sportchi» muloqot aktining psixologik mexanizmi aloqadorlik jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan. 
o‘smirlarda sport faoliyati motivlarini shakllantirish modeli gnostik, hissiy, identik komponentlarni kasbiy tayyorlik, sportni bilishga va ijtimoiy maqega intilish motivlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra integrasion omillar kombinasiyasi asosida takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-noyabrdagi PM265-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Sport psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM265a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir sportchilarda sport faoliyati motivlarini shakllantirish bo‘yicha model ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish